Tangalar paydo bo„lguncha ayriboshlash vositasi bo„lib xizmat qilgan
narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.
Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining
tosh asridan boshlanganligini isbotlaydi. Inson о‗z mehnati mahsulotlarini
ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u
tanqis ashyolarni pul о‗rnida ayirboshlay boshladi. Bunday tovar-pul muomalalari
mintaqalarda turli kо‗rinishda amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada
―kauri‖ nomli chig‗anoqlar pul vazifasini о‗tagan. Ular ayrim elatlarda ibtidoiy
jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX asrigacha savdo vositasi bо‗lib
kelgan va kauri chig‗anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha
vaqtgacha muomalada bо‗lgan. Ular milodning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI
asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar
mavjud bо‗lganligi aniqlangan. Umuman olganda, kauri va shunga о‗xshash
kо‗pgina narsalarni inson о‗z qо‗li bilan yaratishga intilgan va shuning uchun
ayrim arxeologik qazilma ishlarida ma‘dan yoki toshdan yasalgan taqlidiy
kauriylarni ham uchratish mumkin. Bundan tashqari– qoramol, harsang, it tishi,
chо‗chqa dumi, ma‘dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida
qо‗llanilgan. Odamzod о‗zi uchun qulay pul shaklini ixtiro etguniga qadar, mazkur
―pul‖larni tabiatdan olib savdo vositasi sifatida ishlatib turgan. Bunday pullar
jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichlarida о‗zini oqladi. Ammo vaqt о‗tishi
bilan ular davr talabiga javob bermay qoldi.
1
Федоров-Давыдов Г.А. Монеты рассказывают. – М.: Педагогика, 1990. – Б. 35.
Ayriboshlash har doim va turli sh aroitda qiymati birdek
о‗zgarmaydigan, qо‗llash oson bо‗lgan baho о‗lchovini taqozo qilardi.
Mana shunday savdo shartlariga yangi paydo b о‗lgan metall pul javob
bera boshladi, bu о‗z navbatida savdo muomalasida mavjud b о‗lgan
pulning barcha mavjud shakllar ini siqib chiqardi. Metall pullar
qismlarga bо‗linishi, qimmat yombini arzon qilish mumkinligi
jihatidan ham ahamiyatli edi. Tilla va kumushdan tayyorlangan pullar
esa eng qulay va qiymatli pul hisoblanardi.
Kishilar asta-sekin ma‘lum og‗irlikdagi yombilarni tayyorlay
boshladilar. Lekin metall pullarda hali aldanish imkoniyati yashirinib
yotardi. Chunki, kishilar mis, q о‗rg‗oshin singari arzon metallarni
oltin va kumush parchalariga aralashtirar edilar. Hukumat bu
firibgarliklarga chek qо‗yish maqsadida о‗zi zarb qilgan metall
pullarga muhr bosib chiqara boshladi. Insonlar qattiq jazo choralariga
qaramay, bunday hol davom etavergani sababli, hukmdorlar о‗z quymalarini
muhrlashga, ya‘ni ularda biror tasvir yoki tug‗ro–gerbni ifodalashga odatlandilarki,
bu bilan quymalar haqiqiyligi davlat tomonidan kafolatlanadigan bо‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |