bildiradi. Lidiyaliklardan bir necha о‗n yillardan keyin Yunonistonning Egina
shahrida ham tanga zarb qila boshlangan. Bunda biz lidiyaliklarning ta‘sirini aslo
kо‗rmaymiz. Eginada tangalarni Lidiyadan о‗zlashtirmay mustaqil ravishda ixtiro
qilingan. Eginaliklar tangani sof kumushdan zarb qilganlar. Uning shakli ham,
tasvirlangan. Kо‗p о‗tmay, lidiyaliklar va eginaliklar ta‘siri ostida Yunonistonning
boshqa shaharlari, ularning Qora dengiz bо‗yidagi mustamlakalarida, keyin
mustaqil ravishda Eron, Rim, Hindiston, Xitoy va boshqa joylarda tanga zarb qila
Lidiya davlati Krez davrida (mil. av. 561-546 y) Kir II tomonidan (546 y)
qulatilgan. Keyin Bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga
tizimi tatbiq etilib, bu tizim Eronda keng tarqaldi
1
.
Tanganing zarb etilishi davlatning tashkil etilishi bilan ham bog‗liq. Biroq,
Lidiya tangasini davlatning tashkil topishi bilan
bog‗lash mumkin emas. Chunki
Lidiya yoki Eginga nisbatan Shumer, Akkad, Bobil va yunon shahar davlatlarining
taraqqiyoti yuqori darajada bо‗lgan, ammo ularda tanga zarb qilinmagan edi.
Lidiya va Eginda savdo-sotiq rivoji tangani kashf etilishiga olib keldi.
Qadimgi Yunoniston tangalarida ma‘budalar bilan birga muqaddas hayvonlar
tasvirlangan. Masalan, Afina tangalarida Afina ma‘budasinng bosh qismi yoki
boyо‗g‗li, Olimpiya tangalarida esa bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan.
Qora dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri
yeangalarida delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan. Xersonesda Deva
ma‘budasi, skiflarning tangalarida esa kamon tutgan chavandoz tasvirlangan.
Rim saltanatida imperatorlarning portreti va ular yuritgan siyosatni targ‗ib
qiluvchi shiorlar ham aks etgan. Tanga metalining sifati о‗sha davlatning
taraqqiyoti haqida ham ma‘lumot beradi. Masalan, qadimgi yunon tangalari ichida
Afina drahmasi yuqori sifati bilan ajralib turgan va yuqori baholangan.
Tangalardagi ramziy ma‘noni anglatuvchi belgilarning о‗zgarishi, davlatdagi
о‗zgarishlar bilan bog‗liq.
―Moneta‖ – sо‗zi qanday kirib kelgan?
Bunga javobni Rim kumush
tangalaridan olish mumkin. Birinchi marta ―moneta‖ sо‗zi miloddan avvalgi 45
yilda Tit Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. ―Moneta‖ sо‗zi Yunona
ma‘budasining yana bir nomi bо‗lib, uning sharafiga zarb etilgan tangalar moneta
deb atalgan.
Ma‘budani rimliklar ―Juno Moneta‖ deb ataganlar. Rimliklar Yunona
sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. Shu ibodatxonada miloddan
avvvalgi IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta tanga chiqarish ustaxonasi
ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis – asslar zarb qilingan. ―Moneta‖ sо‗zi tangalarning
о‗zida ham qayd qilingan. Xususan, miloddan avvalgi birinchi asr о‗rtalarida Rim
magistrati Tit Kariziy nomidan zarb qilingan tangalarning old tomonida nozik bir
ayol Yunona ma‘budasining tasviri va ―moneta‖ sо‗zini kо‗rish mumkin.
Keyinchalik bu sо‗z boshqa xalqlarga ham yoyilib ketdi va shu tariqa metall
pullarni kо‗pincha moneta deb atay boshladilar. Demak, ―moneta‖ sо‗zi aslida
lotincha bо‗lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: