Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar
Ob’ektiv
Sub’ektiv
Jihozlarning
tuzilishi
Jihozlarning holati
ish sharoiti
Fiziologik
CHarchoq
(toliqish)
Salomatlik
psixik munosabat o`z kuchiga ishonish kayfiyat
Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga
ega emasligi bilan ajralib turadi. Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga
yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi
mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin.
4. Faoliyatning asosiy turlari
Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq
holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining
asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va
shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo
bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning
kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat
shaklini ola boradi.
Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va
uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’
uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash
uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin
faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan
o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu
kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham
o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini
yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli,
qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini
bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning
shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.
Ta`lim.
O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi
ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z
maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati
ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni
oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv
olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti
bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni
egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda
ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar
bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq
bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini
o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib
boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari
uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga
ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz
kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish,
talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi
barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga
qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy
tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday
iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar
va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z
mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan
narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan
oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan
hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi.
Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu
faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z
hissalarini qo`shishga da`vat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat
qilishga undashimiz zarur. Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |