Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab
bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy -
Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi
esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti -
harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus
termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy
va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni
mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj
faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy
Instinktiv - biologik
faollik
Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan
yo`naltirilgan.
Hamkorlikdagi faoliyat emas, to`da bo`lib yurish,
biologik maqsadlar (oziqlanish, himoyalanish)ga
asoslangan.
Kishilik
jamiyati
hamkorlikdagi
faoliyat
asosida tashqil topgan har bir harakat inson
uchun hamkorlikdagi faoliyatdagi o`rniga
ko`ra ahamiyatlidir.
Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular
o`rtasidangi
sababiy
bog`lanish
va
munosabatlarni
aniqlash mumkin
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)
lar asosidagi xatti – harakatlar, ko`nikmalar yakka
tartibda hosil bo`lib hayvonning yashash uchun
tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon
bo`ladi
Tajribani berish va o`zlashtirish muloqotning
ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar
tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari
orqali amalga oshiriladi
YOrdamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin,
ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi.
Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga
ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va
qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar
yarata oladi
Tashqi muhitga moslashadi
O`z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi
dunyoni o`zgartiradi
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo`lishi mumkin. Biroq odam,
masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat
talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo`lgan
faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
YUqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o`rtasidagi farqlar aks ettirilgan.
Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada
bo`lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: