2. Faoliyatning tarkibi
Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini
kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni
ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini
anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat
tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni
o`ylaydi.
Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi
tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari
tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati
so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini
faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga
qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq
yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari
harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan
iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni
ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon
bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi
harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni
ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular
uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu
harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda
amalga oshiriladi.
Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma`lum vaziyatini va
qiyofasini saqlab turishi ta`minlaydigan harakatlar, (turish, utirish) organizmning bir joydan ikkinchi
joyga o`rin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani ta`minlaydigan harakatlar, ifodali
harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud.
Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma`lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat.
Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo`naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan
bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang`ida yurish, og`ir va engil narsani boshqa
joyga olib qo`yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko`tarish harakatlari bir - biridan
farq qiladi.
Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini
erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yo`li bilan doim nazorat qilib boriladi va to`ldirilib turiladi.
Unday nazorat sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi.
Odamning maqsadini ko`pchilik hollarda ayni shu choqda ko`z o`ngida yo`q narsalar va lekin ularning
harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bo`lgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada,
kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan bo`ladi. Xuddi ana shu
tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu
ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |