1.
Psixologiya nimadan bahs etadi?
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir
qatorda ma`naviyat sohasida ham o`zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga keldi. YAngi jamiyat
odamlardan yangicha fikrlashni, o`z - o`zini milliy jihatdan anglab etishni, istiqlol tafakkuriga ega
bo`lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa
insonlar tafakkurini o`zgartiradi.” Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O`zbekiston Respublikasining
“Ta`lim to`g`risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko`p
jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning echilishi bilan bog`liq. Zamon talabiga mos
keladigan, raqobatbardosh, yuksak e`tiqodli, ma`naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko`nikma va malakalarga ega
mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Psixologiya grekcha
“psyuxe”- “jon, rux”, “logos” - “ta`limot”, “fan” degan so`zdan kelib chiqkan bo`lib, psixik faktlar,
ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixik faktlarga
quyidagilar kiradi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira,
tafakkur va xayol; - ruxiy holatlar yoki shaxsning hissiy-irodaviy sohasi - hissiyot, iroda; - ruxiy
xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar.
Professor V.Karimovaning fikricha, psixika - inson ruxiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni
(ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya`ni bilishimiz, anglashimizni ta`minlaydi. Professor
M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib,
u ob`ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo`ladi, sub`ekt faoliyatni ma`lum maqsad asosida
yo`naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks
ettirishning o`ziga xos usullari mavjud. Aks ettirishni “Venna diagrammasi” interfaol usuli yordamida
quyidagicha ifodalash mumkin:
jonsiz
materiya
jonli
materiya
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan,
ko`zguning aks ettirishi, suvdagi tasvir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik,
psixik aks ettirish turlari xos bo`lib, ong va o`z - o`zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks
ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Ob`ektiv borlikni to`g`ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi;
4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |