Tavarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash fanining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishidagi ahamiyati



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana03.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#314835
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflashni mamlakat iqtisodiyotidagi orni

0

10

20

30

40

50

60

70

80

90

2008

2009

2010

2003

2011

2012

2013

2014

2015

2016

 

       O’zbekiston  Respublikasida  standartlashtirish  ishlarini  tashkil    etish 

muvofiqlashtirish va ta'minlashni: 

─xalq  xojaligi  tarmoqlarida  -  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi 

O’zbekiston 

Davlat 

standartlashtirish 

metrologiya 

va 


sertifikatlashtirish axborotlar markazi (O’zstandart); 


27 

 

    ─qurilish  industriyasi  sohasida,  shu  jumladan  loyihalash  va  konstruksiyalashda    



O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo’mitasi; 

    ─tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tartibga  solish  hamda  atrof  muhitni  

ifloslanishidan  va  boshqa  zararli  ta'sirlardan  muhofaza  qilish  bo’yicha  - 

O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi; 

─tibbiy  maqsadlardagi  mahsulotlar,  tibbiy  texnika  ashyolari,  dori  darmonlar 

sohasida hamda Respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, tovarlarni sanitariya-

gigenik, 

shuningdek 

import 

bo’yicha 

O’zbekiston 

Respublikasiga 

keltirilayotgan  mahsulotlarni  inson  salomatligi  uchun  sanitariya-gigenik 

talablirini  O’zbekiston  Respublikasi  Sog’likni  saqlash  vazirligi  tomonidan 

amalga oshiriladi. 

                        Standartlashtirish ishlarini o’tkazish. 

O’zstandart O’zbekiston Respublikasini Qonuniga muvofiq standartlashtirish 

ishlarini  o’tkazishning  umumiy  qoidalarini,  manfaatdor  tomonlarning  davlat 

boshqaruv  organlari,  jamoat  birlashmalari  bilan  olib  boradigan  hamkorlikdagi 

ishining  shakl  va  usullarini  belgilaydi.  O’zstandart,  Davlat  arxitektura  va  qurilish 

qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Sog’likni saqlash vazirligi 

o’z  vakolatlari  doirasida  Standartlash  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  O’zbekiston 

Respublikasining Standartlash sertifikasiya va metriologiya to’g’risidagi qonuni va 

O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasida  standartlashtirish  sohasidagi  munosabatlar 

Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 

Xalqaro  shartnomalar  va  bitimlar  basharti  xalqaro  shartnoma  yoki  bitimda 

O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  ta'riflanganidan  o’zgacha  qoidalar 

belgilangan  bo’lsa,  u  holda  xalqaro  shartnoma  yoki  bitim  qoidalari  qo’llaniladi. 

Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston 

Respublikasida  standartlashtirishga  doir  quyidagi  toifadagi  normativ  hujjatlar 

qo’llaniladi: 

 

Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar




28 

 



 

O’zbekiston Respublikasining standartlari

 

Tarmoq standartlari; 



 

Texnik shartlar; 



 

Korxona standartlari; 



 

Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 



Standartlashtirishga 

doir 


normativ 

hujjatlar 

jumlasiga, 

shuningdek 

standartlashtirish  qoidalari,  normalari,  texnik-iqtisodiy  axborot  klassifikatorlari 

ham  kiradi.  Mazkur  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qo’llash  tartibi  O’zstandart 

tomonidan  belgilanadi.  Xalqaro  (davlatlararo,  mintakaviy)  standartlar  va  xorijiy 

mamlakatlarning  milliy  standartlari,  shuningdek  xalqaro  qoidalar  va  normalar 

O’zbekiston  Respublikasi  ishtirok  etgan  shartnoma  yoki  bitimlarga  muvofiq 

qo’llaniladi.  Ushbu  standartlar,  qoidalar  va  normalarni  Respublika  hududida 

qo’llash  tartibini  O’zstandart  va  davlat  boshqaruvining  boshqa  organlari  o’z 

vakolatlari  doirasida  belgilaydilar.  Standartlashtirishga  doir  normativ  hujjatlar 

vatanimiz  hamda  chet  texnikasining  zamonaviy  yutuqlariga  asoslangan  va  

O’zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bo’lishi  lozim. 

Normativ  hujjatlarsiz  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilishga  yo’l 

qo’yilmaydi.  O’zbekiston  Respublikasining  manfaatlari  himoya  qilinishini  va 

ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  raqobat  qila  olish  imkonini  ta'minlash  uchun 

asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo’ljallangan, an'anaviy texnologiyalarning 

imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi[7,9]. 

Chet  iste’molchilarga  yetkazib  beriladigan  mahsulotga  doir  standartlar  va 

ularga kiritilgan o’zgarishlar tegishlicha O’zstandart, Davlat arxitektura va qurilish 

qo’mitasi,  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo’mitasi,  Sog’likni  saqlash  vazirligi 

organlarida  yoki  ularning  ishlab  chiquvchi  joylashgan  yerdagi  mintakaviy 

organlarida haq  to’lanmasdan davlat  ro’yxatidan  o’tkazilishi lozim. Mahsulotning 

atrof-muhit,  aholining  hayoti  sog’ligi  va  mol-mulkiga  havfsizligini  ta'minlash 

uchun,  texnikaviy  va  axborot  jihatdan  mahsulotning  bir-biriga  mos  kelishi  va 

o’zaro  almashinuvchanligini,  ularni  nazorat  qilish  usullari  birligi  va  tamg’alash 



29 

 

birligini  ta'minlash  uchun  standartlarda  belgilanadigan  talablar,  shuningdek  



O’zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadigan  boshqa 

talablar davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub'ektlari rioya etish uchun 

majburiydir. 

        Standartlarda  mahsulotni  yaratish  ishlab  chiqish  va  yetkazib  berish 

shartnomasiga  kiritilgan  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  o’zga  talablar  ham 

belgilab  qo’yilishi  mumkin.  Import  mahsulot,  basharti  u  O’zbekiston 

Respublikasida  amal  qilayotgan  standartlarning  majburiy  talablar  qismiga 

muvofiqligi  tasdiqlanmagan  bo’lsa,  yetkazib  berilishi  va  belgilangan  maqsadda 

ishlatilishi  mumkin  emas.  Standartlashtirishga  doir  normativ  hujjatlarning 

sertifikatlashtirishda  qo’llanilishi  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  majburiy 

sertifikatlashtirilishi  lozim  bo’lgan  mahsulotni  standartlashtirishga  doir  normativ 

hujjatlar  sertifikatlashtirishni  amalga  oshirishda  rioya  etiladigan  talablarni, 

shuningdek  ushbu  talablarga  muvofiqlikni  nazorat  qilish  va  sinash  usullarini  o’z 

ichiga olishi lozim. 

        Ko’rsatib  o’tilgan  hujjatlar  masulotning  sertifikatlashtirish  tizimida 

belgilangan  qoida  va  tartiblarga  muvofiq  qo’llanilishi  lozim.  Xo’jalik  faoliyaty 

sub'ektlari  standartlarning  majburiy  talablariga,  standartlashtirishga  ta’alluqli 

boshqa qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan davlat nazoratini O’zstandart, Davlat 

arxitektura  va  qurilishi  qo’mitasi,  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo’mitasi, 

Sog’liqni  saqlash  Vazirligi  va  ularning  hududiy  organlari,  shuningdek  boshqa 

maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida amalga 

oshiradilar. 

       Idoraviy  bo’ysinuvchi  va  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar  xo’jalik  faoliyati 

sub'ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy 

shaxslarning  mahsuloti,  shu  jumladan  sertifikatlashtirilgan  mahsulot  (ishlab 

chiqarish  tayyorlash  saqlash  tashish  foydalanish  ta'mirlash  va  chiqindini  foydali 

suratda  ishlatish  bosqichlarida)  davlat  nazorati  ob'ekti  hisoblanadi.  Xo’jalik 



30 

 

faoliyati sub'ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni 



yaratishlari shart. 

 Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi. 

Standartlarni majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini: 

─standartlarni  nazorat  qilish  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  va 

Qoraqalpog’iston Respublikasi bosh davlat inspektorlari

─standartlarni nazorat qilish bo’yicha viloyat, shahar bosh davlat inspektorlari; 

─standartlarni nazorat qilish bo’yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. 

Standartlarning  majburiy  talablariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat  nazoratini 

amalga  oshiradigan  davlat  inspektorlari  davlat  boshqaruv  organlarining  vakillari 

hisoblanadilar. 

Davlat inspektori: 

─xo’jalik  faoliyati  sub'ektining  xizmat  va  ishlab  chiqarish  binolariga  moneliksiz 

kirish; 

─xo’jalik faoliyati sub'ektidan davlat nazoratini o’tkashish uchun kerakli hujjatlar 

va ma'lumotlarni olish; 

─davlat  nazoratini  o’tkazishda  xo’jalik  faoliyati  sub'ektining  texnik  vositalaridan 

foydalanish va mutaxassislarni jalb etish

─standartashtirish bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning 

majburiy  talablariga  muvofiqligini  tekshirish  uchun  mahsulotlarning  namunalari 

hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning 

qiymati 

va 


sinovlarni 

(tahlillarni, 

o’lchovlarni)  o’tkazish  harajatlari 

tekshirilayotgan  xo’jalik  faoliyati  sub'ektlarining  ishlab  chiqarish  chiqimlariga 

kiritiladi; 

─mahsulotni  yaratish  ishlab  chiqarishga  tayyorlash  realizatsiya  qilish  (yetkazib 

berish  sotish),  undan  foydalanish  (uni  ishlatish)  mahsulotni  saqlash,  tashish  va 

chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining 

aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ko’rsatmalar berish; 



31 

 

─xo’jalik  faoliyati  sub'ekti  tekshiruvdan  bo’yin  tovlagan  taqdirda  mahsulotni 



realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega. 

Standartlarni 

nazorat 

qilish  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  va 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  bosh  davlat  inspektorlari,  standartlarni  nazorat 

qilish bo’yicha viloyat,  shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: 

─standartlarning  majburiy  talablari  buzilganligi  uchun  xo’jalik  faoliyati 

sub'ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish

─standartlar  buzilishida  aybdor  bo’lgan  xo’jalik  faoliyati  sub'ektlarining 

mansabdor shaxslarini ma'muriy javobgarlikka tortish; 

─tekshirilgan  mahsulotni  u  standartlarning  majburiy  talablariga  nomuvofiq 

bo’lgan  hollarda  realizatsiya  qilishni  (yetkazib  berishni,  sotishni),  undan 

foydalanishni  (uni  ishlatishni)  taqiqlash  yoki  to’xtatib  qo’yish  to’g’risida 

ko’rsatmalar berish; 

─standartlarning  majburiy  talablariga  nomuvofiq  bo’lgan  va  davlat 

ro’yxatidan  o’tkazilmagan  import  mahsulotni  realizatsiya  qilishni  man  etishda 

mutlaq huquqiga egadirlar. 

Davlat  inspektorlarining  mahsulotni  realizatsiya  qilishni  (yetkazib  berishni, 

sotishni)  man  etish  yoki  to’xtatib  qo’yish  to’g’risidagi  ko’rsatmasini  buzganlik 

uchun  xo’jalik  faoliyati  sub'ektlari  O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  jarima  to’laydilar.  Xo’jalik  faoliyati  sub'ektlari  berilgan 

ko’rsatmalar  va  qarorlarni  bajarmagan  taqdirlarida  davlat  inspektorlari  zarur 

materiallarni  prokratura  organlariga  yoki  sudga  oshiradilar.  Davlat  inspektorlari 

zimmalariga  majburiyatlarini  bajarmagan  yoki  lozim  darajada  bajarmagan,  davlat 

yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

javobgarlikka tortiladilar. 

Davlat  yo’li  bilan  standartlashtirish  va  nazorat  qilishga  doir  ishlarning 

moliyaviy ta'minoti standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: 




32 

 

─xalqaro  (davlatlararo,  mintaqaviy)  standartlarni,  standartlashtirish 



qoidalarini, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok 

etish; 


─aniq  standartlashtirish  ob'ektlari  bo’yicha  qonun  hujjatlarini  ishlab  chiqish 

shuningdek  standartlarning  tarkibiy  tashkiliy-texnik  va  umumtexnik  majmuilarini 

ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta'minlash; 

─texnik-iqtisodiy  axborot  klassifikatorlarini  ishlab  chiqish  ular  to’g’risida 

axborot  tayyorlash  va  nashr  etish,  shuningdek  ularni  barcha  manfaatdor 

foydalanuvchilarga yuborish

─standartlashtirish  bo’yicha  umumdavlat  ahamiyatiga  molik  ilmiy-tadqiqot 

va o’zga ishlarni olib borish

─standartlarning  majburiy  talablariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat  nazoratini 

olib borish; 

─standartlar  fondini,  texnik-iqtisodiy  axborotlar  klassifikatorini,  xalqaro 

(davlatlararo,  mintaqaviy)  standartlarni,  standartlashtirish  qoidalari,  normalari  va 

tavsiyalarini, 

xorijiy 


mamlakatlarning 

milliy 


standartlarini, 

shuningdek 

standartlarga muvofiqlik belgisi bilan  tamg’alangan mahsulot va xizmatlar Davlat 

reestrini shakllantirish hamda yuritish

─standartlashtirish  sohasida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

aniqlaydigan o’zga ishlar davlat yo’li bilan moliyaviy ta'minlanishi shart. 

Nashr  qilingan  (qayta  nashr  qilingan)  standartlarni,  texnik-iqtisodiy  axborot 

klassifikatorlarini,  mahsulot  va  xizmatlar  Davlat  reestriga  kiritilgan,  standartlarga 

muvofiqlik  belgisi  bilan  tamg’alangan  mahsulot  va  xizmatlarni  nashr  qilingan 

(qayta  nashr  qilingan)  katalogini  sotishdan  belgilangan  tartibda  olinadigan 

mablag’lar,  shuningdek  ushbu  qonun  qoidalarini  buzganlik  uchun  undiriladigan 

jarima  mablag’larining  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

belgilaydigan  tartibda  davlat  nazorati  organlariga  yo’llanadigan  qismi  ham 

standartlashtirish  standartlarning  majburiy  talablariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat 

nazoratiga  doir  ishlarni  moliyaviy  ta'minlash  manbalar  bo’lishi  mumkin. 



33 

 

Respublika  byudjeti  mablag’laridan  to’liq  yoki  qisman  ta'minlanadigan  lavha, 



dasturlarini  ishlab  chiqishda  mahsulot  sifatini  normativ  jihatdan  ta'minlash 

bo’limlari nazarda tutilishi lozim. 

Standartlar  qo’lanilishini  rag’batlantirish  Davlat  standartlari,  shu  jumladan 

istiqbolga 

mo’ljallangan, 

an'anaviy 

texnologiyalarning 

imkoniyatlaridan 

ildamlashgan dastlabki talablarni o’z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi 

bilan  tamg’alangan  mahsulotni  ishlab  chiqaradigan  xo’jalik  faoliyati  sub'ektlarini 

iqtisodiy qo’llab-quvvatlashni va rag’batlanishni kafolatlaydi. 

Mahsulot  ishlab  chiqarishni  amalga  oshirayotgan  va  mahsulotlarni 

standartlarga  muvofiq  belgisi  bilan  tamg’alash  huquqini  olgan  xo’jalik  faoliyati 

sub'ektlarini  iqtisodiy  qo’llab-quvatlash  va  rag’batlantirish  chora-tadbirlari 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

O’zstandart  metrologiya  sohasida  quyidagi  vazifalar  amalga  oshirgan  holda 

O’zbekiston Respublikasining milliy organi deb belgilanadi: 

─o’lchovlar birligi va haqqoniyligini ta'minlash fizik kattaliklar birliklarining 

etalonlarini saqlash tegishli darajada ushlab turish va rivojlantirish

─Davlat metrologiya nazoratini olib borish; 

─moddalar  va  materiallarning  standart  namunalarini  attestasiya  qilish 

yuzasidan ishlarni tashkil  etish; 

─idoraviy  metrologiya  xizmatlar,  sinash  markazlari,  o’lchov,  kalibrlovchi 

laboratoriyalarni akkreditasiya qilish. 

O’zstandartning  hududiy  idoralari  ko’rsatilgan  vazifalarni  bajarish  uchun 

yuqori  darajadagi  aniqlikka  ega  bo’lgan  asbob-uskuna  va  o’lchov  vositalarining 

andozaviy  parkiga  egalik  qiladiki,  ulardan  uchtasi  ishchi  etalon  va  231  tasi 

namunaviy andozaviy o’lchovlarning 15 ta turi bo’yicha tekshirish o’tkazadi. 

         Zamonaviy  yuqori  aniqlik  bilan  ishlaydigan  etalon  laboratoriyalari  o’lchov 

texnikasi  va  asbob-uskunalari  bilan  jihozlangan  bo’lib,  yangi  binoda  10  kv.metr 

sahnaga ega bo’lgan maydonni ishg’ol qiladi[7,10]. 



34 

 

Idoraviy  metrologik  xizmatlar  jami  20  ta  vazirlik  idora,  uyushma,  konsern, 



320  ta  korxona,  tashkilotlarda  asbob-uskunalarni  tekshirish  va  ta'minlash  huquqi 

bilan ish olib bormoqda. O’zstandart O’rta Osiyo respublikalariga va G’arbiy Sibir 

korxonalari  va  tashkilotlaridan  keltirilgan  ba'zi  o’lchov  vositalarini  tekshirib 

berishni  ham  ta'min  etmoqda.  O’zbekiston  Respublikasida  o’lchov  birligini 

ta'minlashning  Davlat  tizimi  vujudga  keltirilgan.  U  MDH  davlatlarining  huddi 

shunday o’lchov tizimlari va xalqaro tartiblar bilan chambarchas bog’langandir. 

O’zstandart  sertifikatlashtirish  bo’yicha  O’zbekiston  Reepublikasining 

milliy  idorasi  hisoblanadi.  O’zstandartning  asosiy  vazifasi  Respublikada 

mahsulotni 

sinab 


ko’rish 

va 


sertifikatlashtirish 

birinchi 

navbatda 

sertifikatlashtirilishi  darkor  va  eksport  qilinayotgan  mahsulotni  (jarayonlarni, 

xizmatlarni) sinab ko’rish va sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil  etishdan 

iboratdir. 

        O’zstandart  tomonidan  sertifikatlashtirishning  milliy  tizimi  asosini  tashkil 

etuvshi  muhim  tashkiliy-metodik  hujjatlar  ishlab  chiqildi.  1993-1995  yillar 

mobaynida  O’zstandart  negizida  oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini, 

maishiy kimyo o’yinchoqlari, poyafzal, past voltli asbob-uskunalar, maishiy elektr 

asbob-uskunalarini sinash bo’yicha 19 ta sinov markazlari bilan bir vaqtning o’zida 

mustaqil  sinash  markazlarini  tashkil    etilib  akkreditasiyadan  o’tkazilgan.  

O’zstandart  tizimida  oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini,  poyafzal  past 

voltli  asbob-uskunalarni  sinash  bo’yicha  laboratoriyalar  vujudga  keltirilgan  va 

attestasiya  qilingan.  Samarqand,  Fargona,  Qo’qon,  Qashqadaryo  va  Buxoro 

SMSRMlarida  oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining  tarkibida  nitritlar, 

og’ir metallarning tuzlari borligini tekshirish yuzasidan laboratoriyalar tuzilgan va 

attestasiya qilingan. O’zstandart bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi mustaqil 

davlat  deb  e'lon  qilinishi  munosabati  bilan  standartlashtirish  metrologiya  va 

sertifikatlashtirish Respublikada milliy tizimini vujudga keltirish zaruratidan kelib 

chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tomonidan 1992 yil 

2  martda  O’zbekiston  Respublikasida  standartlashtirish  bo’yicha  ishlarni  tashkil  




35 

 

etish  to’g’risidagi  93-sonli  qaror  qabul  qilindi  hamda  O’zbekiston  Respublikasi 



Vazirlar Mahkamasi huzurida Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish 

O’zbekiston davlat markazi (O’zdavstandart ) tashkil  etdi. 

Qarorga binoan O’zdavstandart tarkibiga: 

─Qoraqolpog’iston,  barcha  viloyat,  Qo’qon  va  Chirchiq  standartlashtirish 

metrologiya va sertifikatlashtirish regional markazlari (SMSRM); 

─O’zbekiston Etalonli ishlab chiqarish birlashmasi; 

─Standartlari magazini kiritildi. 

Respublikada  qonuniy  negizni  vujudga  keltirish  maqsadida  O’zbekiston 

Respublikasining  Standartlashtirish  to’g’risidagi,  Metrologiya  to’g’risidagi  va 

mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonunlar qabul qilinganki, 

ular standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish davlat tizimining huquqiy, 

tashkiliy va iqtisodiy aloqalarmi ta'min qiladi[9,11]. 




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish