Tavarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash fanining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishidagi ahamiyati



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana03.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#314835
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflashni mamlakat iqtisodiyotidagi orni

I.3.

 

O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish va sertifikatsiyalash 

axborotlar markazi, uning tovarlarni akreditatsiyalash va sifatini 

boshqarishdagi roli 

O’zstandart standartlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining milliy 

tashkiloti  hisoblanadi.  O’zstandartning  standartlashtirish  sohasidagi  faoliyatining 

asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 



 a) 

O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish davlat tizimining amal qilishi va 

takomillashuvini  ta'minlash  respublika  standartlari  va  texnikaviy  shartlarini 

mahsulotning  raqobatbardorligini  ta'minlash  maqsadida  davlatlararo  standartlar 

(GOST), xalqaro, regional standartlar va etakshi xorijiy mamlakatlar (firmalar)ning 

milliy standartlari bilan uygunlashuvini ta'minlash; 



b) 

Standartlar  va  texnikaviy  shartlarda  mahsulotlar  (jarayonlar,  xizmatlar)ning 

sifatiga oid aholining hayotiga, sog’ligi va mol-mulkiga xavfsizlikni ta'minlashga, 

atrof-muhitni  muhofaza  qilishga,  resurslarni  tejashga,  qo’shhilib  va  bir-birini 

almashtirib ishlashga majburiy talablarni belgilash; 

c) 

Korxonalar  va  tashkil  otlarda  ularning  idoraviy  bo’ysunishidan  va 

mulkchilikning  shaklidan  mustasno  holda  mahsulot  (jarayonlar,  xizmatlar)ning 

sifatini iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat yo’li 

bilan baholash nazorat qilish va kuzatish olib boriladi. 

Standartlashtirish  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  O’zbekiston  Respublikasi 

davlat axborotlar markazining tarixi 1923 yil 18 apreldan boshlangandir. Shu kuni 

Turkiston Respublikasi HKK qaroriga binoan “O’lchovlar va tarozilar to’g’risi”da 




22 

 

nizomi  tasdiqlandi  va  Ichki  savdo-sotiqni  yo’lga  qo’yish  bo’yicha  qo’mita 



huzurida o’lchovlar va tarozilar Turkiston byurosi tashkil  qilindi. [5,6] 

Toshkent  shahrida  savdo-sotiqda  qo’llaniladigan  O’lchov  asboblari  va 

tarozilarni tekshirish palatasi tashkil  etildi. Uning ta'sir doirasiga butun Turkiston 

Respublikasi  kirgan  edi.  1924  yilda  standartlar  va  o’lchov  vositalari  ustidan 

dastlabki davlat nazorati laboratoriyalari (DNL) tashkil  qilindi. 

   1924  yilda  Tekshirish  palatasi  O’rta  Osiyo  O’lchov  asboblari  va  tarozilar 

palatasiga 

aylantirildi. 

Qirg’iziston, 



Tojikiston 

va 


Turkmaniston 

Respublikalarida metrologiya xizmatining to’ng’ichi bo’lgan edi. 

   1930  yil  martida  O’zbekiton  Xalq  Komissarlari  Kengashi  huzurida 

Standartlashtirish bo’yicha  qo’mita  tashkil    etildi.  1931  yilda u  O’lchov  asboblari 

va  tarozilar  palatasi  bilan  birlashtirildi.  Urushdan  keyingi  yillarda  har  bir  viloyat 

markazida  davlat  nazorati  laboratoriyalari  (DNL)  tashkil    etildi.  Ularning  ichiga 

O’zbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi O’lchov asboblari ishi qo’mitasi vakili 

rahbarlik  qilgan.  1966  yilda  DNL  standartlar  va  o’lchash  texnikasi  ishini  davlat 

nazoratidan  o’tkazish  O’zbekiston  Respublikasi  laborotoriyasi  (O’zSMM)ga 

aylantirildi.  1922  yilda  O’zSMM  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat 

markazi (O’zstandart) qilib qayta tashkil  etildi. 

MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar hukumatlari boshliqlarining Kengashida 

1992 yil 13 martdagi majlisda standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish 

sohasida  kelishilgan  siyosatni  amalga  oshirish  to’g’risida  qabul  qilingan  bitimga 

binoan  (Moskva)  standartlashtirish  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  sohasida 

davlatlararo  Kengash  tuzildi.  Bu  Kengash  zikr  qilingan  sohalarda  kelishilgan 

siyosat yurgizishi to’g’risida o’zaro kelishilgan qarorlar ishlab chiqadi. O’zstandart 

to’la huquqli vakil - davlatlararo Kengash a'zosi bo’lib hisoblanadi. 

Kengash quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 




23 

 

─standartlashtirish  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  sohasida  davlatlararo 



hamkorlik qo’shma faoliyatining turli nufuzli yo’nalishlari va shakllarini ishlab 

chiqish va kelishib olish

─asosiy yo’nalishlarni, ilmiy tadqiqotlarni, ilmiy - texnikaviy dasturlar, rejalar 

va loyihalarni ko’rib chiqish va qabul qilish. 

     1993-yil  yanvarida  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  va  Rossiya 

Federasiyasi 

Hukumati 

o’rtasida 

standartlashtirish 

metrologiya 

va 

sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik to’g’risida  MDH dagi boshqa mamlakatlar 



bilan  ham  ana  shunday  bitimlar  tuzilgan.  1993  yilda  Standartlashtirish  bo’yicha  

xalqaro 


tashkilot 

(ISO)ning 

qaroriga  binoan  O’zstandart  O’zbekiston        

Respublikasining  Standartlashtirish  bo’yicha  milliy  idorasi  sifatida  ana  shu     

tashkilotning a'zosi etib qabul qilindi. 

        O’zstandartning 

standartlashtirish 

metrologiya 

va 

sertifikatlashtirish 



sohasidagi  ikki  tomonlama  hamkorlik  rivojlantirilmoqda.  Turkiya  standartlari 

instituti  va  HHR  ning  texnika  nazorati  bo’yicha  Davlat  Byurosi  bilan  bitimlar 

imzolangan. 

Standartlashtirish  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  va  mahsulot  sifatini 

tekshirish  sohasida  tadqiqotlar  olib  borish  va  kadrlar  tayyorlash  O’zbekiston 

standartlash  metrologiya  va  sertifikasiya  instituti  (O’zSMSI)  tomonidan  olib 

boriladi.  Metrologiya  aniqlik  beruvchi  fanlar  bo’lib,  u  xalq  xo’jaligining  barcha 

tarmoqlarida va sohalarida juda keng qo’llaniladi. Metrologiya fani fizika, ximiya, 

matematika,  mexanika,  astronomiya,  geologiya  va  boshqa  fanlarning  o’lchov 

birliklarining tashkil  etadi.  

Standartlashtirish  qo’mitasi  barcha  ishlab  chiqarish  tashkilotlarini  tasdiq 

etilgan standartlar bilan taminlash, amaldagi o’lchagich asboblarini nazorat qilish, 

mahsulotlarga sertifikat berish ishlarini amalga oshiradi[7]. 

 

 



 


24 

 


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish