Mahsulot tushunchasi
umumlashtiruvchi bo'lib, ham mahsulotni o'z ichiga oladi.
Sifat masalasi
─xo'jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat
─bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini
oshirish provard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq
qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va sotsial
vazifalarni muvofaqqiyatli hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal o’stirishdan
butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini keskin ortishdan boshqa yo’l
yo’q. Vazifa ishlab chiqarishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish barcha
sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat. O’zbekistonga bozorga xalq
iste'mol tovarlar ishlab chiqarish sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el
investorining kirib kelishi ta'min etilmoqda. Sifatning mos ravishda ishlab
chiqarish va O’zbekiston tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish O’zbekistonga
ko’proq valyuta tushirish va shu bilan O’zbekiston rivojini ta'min etish.Yuqori
41
sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona foydalanish va ularni
tejamli ta'minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or texnologiya jarayonlarini ishlab
chiqarishga joriy etish. Rahbar xodimlarga, injenerlarga, konstruktorlarga,
loyihachilarga, texnologiya va mutaxassislarga bog’liq. Mamlakatimizda mehnat,
homashyo, yoqilg’i, energetik resurslari juda ko’p. Asosiy fondlarimiz ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli hamma joyda va har ishda
tejamkor bo’lish jamoat mulkiga omilkorlik bilan yondashish ihtiyorimizda
bo’lgan insonning qo’li va aql-zakovati bilan bunyod etilgan narsalarning
hammasidan mohirona to’la-to’kis va oqilona foydalanish iqtisodiy siyosatning
o’zagi bo’lmoqda. Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini
oshirish mehnat intizomini mustahkamlash ularni mehnatga insonparvarlik
munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash texnik jihatdan asoslab berilgan. Mehnat
normalari brigada xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish
belgilangan ish hajmini kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sifatsiz mahsulot tayorlanganlik va
realizatsiya uchun shuningdek mahsulotni lozim darajada saqlaganlik standartlar
haqidagi talablar va texnika shart-sharoitiga rioya qilganligi uchun iqtisodiy jazo
choralarini qo’llash joriy etishni qo’llashlikni kengaytirish zarur.
Tovarlarni sertifikatlashtirish sohasida ISO ning faoliyati.
O’zbekiston mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo
bozoriga olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar
mavjud.Ular quyidagilardir:
Tovar sifati
Xizmat sifati
Mahsulot sifati
42
─-ISO - xalqaro standartlash tashkiloti;
─MEK - xalqaro texnik korxonasi;
─MIK - xalqaro markaziy banki;
─ASMO - standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab mamlakatlarining
tashkilotlari;
─KOPANT - Janubiy Amerika standartlashtirish qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etishda ma'lum bir tovar ishlab chiqarishni
ko’zda tutib davlatlar kelishib shu mahsulot va tovarga ishlab chiqarish uchun shu
tovarni
bunyod
etadigan
mutaxassislar
xalqaro
standartlarni
yaratadi.
Respublikamizda mahsulot sifatini oshirishda ko’pgina ishlar olib borilmoqda
chet el investitsiyalari joriy qilinmoqda. Jumladan AQSH, Yaponiya, Germaniya,
Janubiy Koreya, Chexiya, Fransiya, Gollandiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar
bilan qo’shma korxonalar qurilgan. Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va
arzonga tushirish shartidir. Shu sababli universal ya'ni hamma ish bilan mashg’ul
firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida
ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tomoni bor:
─birinchidan mehnat unumdorligini oshiradi, harajatlarni pasaytirib foydani
oshirish imkonini beradi;
─ikkinchidan sifatli tovar chiqarishni binobarin tovarni bozorda yaxshi
sotilishini ta'minlaydi.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja
qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurslar talab qiladi
yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so’mlik mahsulot olish
uchun 1 kvt elektor energiya sarf qilinsa ilg’or texnologiya sharoitida 0.5 kvt
sarflanadi. Demak energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi.
Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma'lumotlarning kengayishi, chiqarilayotgan
mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi butunlay yangi bosqich
uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi.
43
Ishlab chiqarishda standartlarga rioya etish undagi talabni qoidalariga amal
qilish mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi. Standartlarda ishlab chiqarishda
amalga oshiriladigan hamma ishlar, shu jumladan korxona bo’limlarining
funksiyalari aniq va ravshan belgilab beriladi. Korxona standartlari davlat hamda
soha standartlariga amal qilingan holda tuziladi va ularni ishlab chiqarish bilan
uzluksiz bog’laydi. Korxona standartlari quyidagilarga javob berishi lozim:
─Nima standartlashtiriladi;
─Nimaga asoslanadi (GOST);
─Kim bajaradi yoki kim ta’minlaydi;
─Qachondan qachongacha bajariladi.
Korxona standart tayyorlashda va uni ishlab chiqarishga joriy etishga
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
─ Mahsulot sifati sistemali suratda yaxshilab borish muhim siyosiy va
iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan vaziyatdir. Bu vaziyatni tinmay amalga oshirib
borish moddiy texnika bazasini yaratilish ichiga munosib hissa qo’shishi demakdir.
Bugungi kunda sifat problemasi xo’jalik faoliyatiniig hamma jihatlarini qamrab
oladi. Yuqori sifat bu mehmat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini
oshirish provard natijada esa jamiyatning ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq
qondirish demakdir[11,12].
Do'stlaringiz bilan baham: |