iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy tarzda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy
aloqalari, mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rejalashtirish doimo bozor qonunlari
asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqiyosida amalga
oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchining talabi bo’lmasa bu
tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarni sifat
38
ko’rsatkichlarini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish
tamoyillarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro mehnat
bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish
tovarlarni yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika
texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish
tovarlarni raqobatini oshirishga olib bormoqda. Shu borada rivojlangan
mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o'zlarining ishlab korxonalarining
yangidan ta’min etilish shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali
oshib borichiga olib kelmoqda.
Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarni
boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan ta’min etilishi.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab chiqarish
davrida ish uskunalarini ekspluatatsiya potensiali ta’min etishdagi iste’molchilar
talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatkichlarini boshqarish ma’lum tomonga
yo’naltirish uchun qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ta’sir
etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda asosiy
omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda sifatli mahsulotlarni
yaratishda 4 ta faktor katta rol’ o’ynaydi.
─Ishlab chiqarishdan oldingi davrni proektlash ya’ni loyihalash davri
deyiladi;
─Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;
─Mahsulotlarni etkazish davri;
─Mahsulotlardan foydalanish ya’ni iste’mol davri.
1-davrda. Ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish davrida
shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf
ko’rsatkichlarini yuqori darajaga yetkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish
lozim. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har
bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab
39
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat
ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularning bozor sharoitida
raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq xojaligida yangi turdagi
sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish
davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o'zgaruvchan bo’ladi.
Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tomonlama tahlil qilib
ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotning miqdori, ularning
potensialiga ya'ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga bog’liq.
Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assartimentidagi
mahsulotlarini yaratish ishlab chiqarishni rivojlantirishga
texnologiyalarni
yaratishga asosiy omil bo’ladi.
Mahsulot sifati uning ma'lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini
belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir. Mahsulot sifati uning barcha
xususiyatlarini emas, balki mahsulotning ma'lum ehtiyojlarini qondira olish
imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Mahsulot sifatini
boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish va iste'mol qilishda uning sifatini
zarur darajasini belgilash tayinlash va sifatini muntazam nazorat qilish hamda unga
ta'sir qiluvchi shart─sharoit va omillarni sobitlik bilan ta'sir ettirish orqali amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: