V III bob.
IJT IM O IY ISH X O D IM IN IN G M A JBU RIY A TLA RI
VA V A ZIFA LA R I. IJT IM O IY ISH XO D IM IG A
Q O 'Y IL A D IG A N TA LA B LA R
R eja:
8.1
Ijtim oiy ish xodim ining m ajb u riy a tlarin i um um insoniy
m unosabatlarda nam oyon boMishi.
8.2
Ijtim oiy ish xodim ining axloqiy m ajb u riy atlari.
8.3
O iialar bilan ijtim oiy ish olib borishda axloqiy
m uam m olar.
Ijtimoiy ish xodimi m ijozlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ish
amaliyotida bir qator m ajburiyatlarga am al qilishi lozim.
Ijtimoiy ishchining m ajb u riy a tla ri:
- va’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta’qiqlamaslik;
- Mijoz shaxsining sha’ni va betakrorligini hurmat qilib uni
harakatga, tashabbusga, ijodga undash;
- mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko‘rsatish, muammo va
vaziyatni tushunish, uning o ‘rniga o ‘zini qo‘y a bilish, nazokat va
odob ko‘rsata bilish;
- muloqotmand boMish, ochiq boMish, mijozni «gapirtira
bilish», birgalikda m uam m olam ing yechim ini aniqlash;
- atrofdagilar uchun kerakli v a qiziqarli boMish;
- mijoz v a uning atrofidagilar o ‘rtasida vosita, bogMovchi halqa
boMish, m ijozga ko‘rsatilayotgan xayriya yordam i orqali uning
sha’ni pastga urilishiga yoM qo‘ymaslik;
- mijoz bilan ishlashda norasm iy boMa bilish, mijozning o ‘z
muammolarini hal qilishda m aslahatchi, ko‘makchi vazifasini
bajarish; o 'zaro m unosabatlam i tenglik asosidagi dialogga qurish;
- doimo insonparvarlik va m ehribonlik nuqtayi nazaridan
yondashish;
- mijozni m uhokam a qilm aslik va unga tanbeh bermaslik;
206
- shaxs yoki odam lar guruhiga g ‘ayriinsoniy va diskriminatsion
yondashuvlaming oldini olish;
- mijozni jism oniy yoki ruhiy o ‘ng‘aysizlikdan, asabiy-
lushishdan, xavfdan v a haqoratlardan him oya qilish;
- o ‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini
saqlash, har qanday makrlar, birovlam i aldash, порок xatti-
harakatlarni istisno qilish;
- doim o faqatgina m ijoz manfaatlari yoMida harakat qilish;
- o ‘ziga ko‘makchilami topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlan-
tirishda jam oatchilik ko‘magini ta’minlash;
- faqatgina o ‘zi vakolatli boMgan doirada ish yuritish, o ‘z
ishining sifati uchun shaxsan m as’ul boMish;
- tashqi ta ’sir va bosimlarga berilmaslik;
- mijozni qoMlanilayotgan tadbirlar, unga ko‘rsatilayotgan
yordam xususiyati. yozuvlar, to‘p!anayotgan m a’lum otlar haqida
xabardor qilish;
- o'zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy m aqsadlar yoMida
foydaianmaslik;
- vaziyatlam i m uhokama qilish va baholashda faqat kasbiy
m aqsadlar bilan ishtirok etish;
- M ijoz ishonib bildirgan simi hurmat qilish v a uni fosh
etmaslik;
- ko'rsatilgan xizm atlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda
olish;
- bajarilgan ish uchun qim m atbaho sovg‘alar olmaslik;
- kasbiy bilimlari, m ahorati, malakasini uzluksiz oshirib
borishga intilish;
- o ‘z am aliy faoliyatini kasbiy bilim lar asosida tashkii etish;
- kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga
intilish;
- kasbiy o 'zaro m unosabatlar va o ‘zaro ta 'sir jarayonida
ham kasblar ishonchiga hurm at bilan qarash, nazokat va adolatni
saqlash;
- kim boMishidan q at’i nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat
qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish.
O datda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy m e’yorlam i
buzish yoki xatolar «beg‘am lik, m alakasizlik yoki oldindan o ‘ylan-
207
gan niyat tufayli kasbiy m e’yorlarni buzish» sifatida baholanadi.
Ijtim oiy ish xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon
munosabatda boMinayotgani haqidagi shubha to ‘g ‘risida xabar
berm aganlari, suiiste’molliklar, so‘z bilan haqoratlash yoki jism oniy
z o ‘ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik. xatti-harakatlar
yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga
xato natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud
tom onidan ta’qib qilinishi mumkin.
M alaka tavsifi bilan belgilangan m ajburiyatlam i bajarish uchun
ijtimoiy ish xodivni o 'zin in g quyidagi huquqlaridan keng foyda-
lanadi:
- m ijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya
hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash;
- maxsus m a’lum ot to 'g ‘risidagi diplom yoki sertifikat boMgani
taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish;
- m ijozlar ehtiyojlari bilan bogMiq m a’lum otlam i to ‘plash, aholi
orasida sotsiologik so ‘roviar, diagnostik tadqiqotlar o ‘tkazish;
- m ijozlarning ijtimoiy va shaxsiy m uam m olarini hal qilish
to ‘g ‘risidagi
rasmiy
so‘rovlar va
iltimoslari
bilan jam oat
tashkilotlariga, davlat m uassasalariga m urojaat qilish;
- o ‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu m uam m oning holati to ‘g ‘-
risida davlat idoralariga axborot berish;
- ijtimoiy tashabbus va faollik ko‘rsatganlari uchun ota-onalar,
oilalar, ijtimoiy ish ko‘ngiIlilarini taqdirlash to‘g ‘risida korxonalar
va muassasalar, tijorat tuzilmalari va jam oat birlashmalariga
takliflar kiritish;
- oiladagi tarbiya, ijtim oiy ishdagi tajribani om m aviy axborot
vositalari yordam ida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish;
- muayyan ijtimoiy muam m olarni hal qilishga qaratilgan jam oat
tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |