0 ‘zaro teng munosabatlarni shakllantirish
Ijtimoiy ko^makka muxtoj bolalar bilan ruhiy aloqa ©‘matish
ko‘nikm alarini, muloqot m e’yorlari v a qoidalariga rioya qilinishini,
ularning shaxsiyatiga nisbatan hurm at va e ’tiborni, uning shaxsiy
m uam m olarini hal qilishga o ‘zini ja lb etishni va aql kuchi, bilimlari,
axloqi, tajribasi yordamida ta ’sir oMkazishni talab qiladi.
Q onuniylik ijtimoiy ishdagi asosiy m azm uniy tam oyillardan biri
sifatida qonunlar va unga asoslangan huquqiy hujjatlarga barcha
davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jam o at tashkilotlari va
fuqarolar tomonidan q at’iy rioya qilinishini taqozo etadi. M e’yoriy-
huquqiy hujjatlar shunday bir shaklki, unga davlatning siyosati, shu
jum ladan, ijtimoiy siyosat yo‘g ‘riladi. H uquqning roli va maqsadi
avvalo, siyosatni ro‘yobga chiqarish uchun xizm at qilishdir, biroq
bu rolni huquq faqatgina uning m e’yorlariga barcha tomonidan
rioya
qilingani
taqdirda
bajarishi
mumkin.
M ana
shunda
qonuniylikning birlamchi va asosiy talabi, jum ladan, ijtimoiy
ishdagi qonuniylikning talabi nam oyon boMadi.
Ijtim oiy ishning eng muhim m azm uniy tam oyillaridan biri
uning odam lar hayot faoliyati m uayyan sharoitlari bilan bogMiq-
ligidir. Bu tam oyilda ijtimoiy ish nazariyasi va am aliyotining birligi
namoyon boMadi, uni am alga oshirish esa aholini ijtimoiy qoMlab-
quvvatlashning, uning huquq va m anfaatlarini himoya qilishning
ilmiy asoslangan tarzda qoMlanishi va realligini ta ’m inlab beradi.
Hayot har doim nazariyadan ko‘ra boyroq, ko‘rsatm a va
yo‘riqnom alardan k o 'ra ko‘p qirraliroqdir. V aziyatlar v a hayot
faoliyatining shart-sharoitlari m uttasil o 4zgarib turishi. ijtimoiy
guruhlar va shaxslam ing m adaniyat darajasi, m a’lu m o tijin si, yoshi,
mehnat qobiliyati va malakasi, sogMigiga ko6ra turfaligi ijtimoiy
xizm atchilar duch keladigan ijtim oiy m uam m olam ing doimo
yangilanib turishi va o 'z ig a xos boMishini ta ’minlaydi. Shuning
uchun ham ijtimoiy ishning shaxs hayot faoliyati m uayyan
sharoitlari bilan bogMiqligi tam oyili, avvalo, m uayyan vaziyatni
tahlil qilish va baholash, insonning hayot sharoitiga ijtimoiy tashxis
212
qo'yishni nazarda tutadi. Bu tamoyil ijtim oiy xizm atchini ijtimoiy
vn/iyatdagi ijtimoiy ish m aqsadlariga erishish uchun bevosita
iihamiyatga molik xususiyatlarni aniqlashga yo'naltiradi. U mavhum
iiuzariyalarga, qoliplarga, inersiya va rasm iyatchilikka berilish
uchun yo‘l qo‘ymaydi.
Qobiliyatlarni aniqlab, uni rivojlanlirish
Ijtimoiy ko‘m akka muxtoj bolalarning qobiliyatlarini aniqlab,
uni rivojlantirishning muhim tashkiliy tamoyillaridan biri ularga
berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va tekshirishdir. Ijtimoiy
xizmatlarning nazorat qilish-tekshirish funksiyasi alohida bir soha
boim asdan uning ajralm as tarkibiy qismidir. Ijtimoiy xizm atlar va
boshqaruv organlari faoliyatidagi nazorat-qilish, tekshirish faoliya-
tining mazmuni davlat tomonidan aholi turli guruhlarini ijtimoiy
muhofazalash bo'yicha belgilangan tadbirlarning ro'yobga chiqa-
tilishini ta ’m inlashdan iborat.
Ijtim oiy ishning asosiy tashkiliy tamoyillaridan biri vakolat va
m as’uliyat, huquq va m ajburiyatlarning birligidir. Ijtimoiy xizm atlar
va
ulam i
boshqaruv
organlari
faoliyatini
o ‘rganish
shuni
ko'rsatadiki, ularning aniq faoliyat yuritishiga har bir ijtimoiy
xizmatchi o ‘z funksiya va vazifalarini aniq bilishi orqali erishiladi.
H ayot kichik m as’uliyat bilan ulkan vakolatiam ing birikishi
ma’muriy o ‘zi boMarchilik, yaxshi o ‘ylanmagan qarorlar qabul
qilish uchun qulay sharoit yaratishini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda,
kadrlarning katta m as’uliyatga va kichik vakolatga ega boMishi
tezkor, qat’iy harakat qilishga yoM qo‘ym aydi, am alda ijtimoiy
xizm atlar m utaxassislarining tashabbusini bo‘g ‘adi va m as’uli-
yatsizlikni keltirib chiqaradi. M ana shuning uchun ham ijtimoiy ish
bo‘yicha har b ir m utaxassisning vakolatlariga m utanosib tarzda
m as’uliyatini belgilash va ularga yuklatilgan funksional majburi
yatlarning aniq bajarilishini ta’m inlash ijtimoiy ish samarador-
ligining zaruriy shartidir.
Ijtimoiy ish nazariyasi va am aliyotida psixologik-pedagogik
tam oyillarga katta o ‘rin ajratiladiki, ular ijtimoiy ishning shakl va
usullariga, m ijozlarga ko‘rsatiladigan ta’sir usullariga qo‘yiIadigan
talablarni ifodalaydi.
Ijtim oiy ishning m ana shu guruhga kiruvchi aosiy tamoyil
laridan biri kompleks yondashuv tamoyilidir. Ijtimoiy ishdagi
213
kom pleks yondashuv bir tomondan ijtimoiy ish obyektiga o ‘tkaziln-
yotgan ta ’sirning bir butunligi va har tom onlamaligini ta ’minlasa,
ikkinchi
tomondan,
idorachilik,
m ahalliychilik
v a
ijtimoiy
m uam m olarni hal qilishdagi cheklanishlarga yoM qo‘ymaydi hamda
odam larning m anfaatlari, ehtiyojlari. kayfiyatlarini o 4rganishni,
ularning xulq-atvori, o ‘zini-o‘zi his qilishlariga o ‘tkazilayotgan
ta ’sirini bashoratlashni shuningdek, odam larda ehtiyoj va istaklar,
ularning kasbiy m as’ulligi, ijtimoiy mavqeyi, maishiy turmush
shart-sharoitlari va hayot tajribasi bilan bogMiq boMgan real
shaxslarni ko‘ra bilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |