Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Bilish  va  axborot. 
Keyingi  yillarda  «Axborot»,  «Axborot- 
lashgan  jamiyat»,  «Informatsion  portlash»  tushunchalari  tez- 
tez  ishlatilmoqda.  XX  asrning  eng  muhim  yutuqlaridan  biri  bu 
kompyuterlarning  yaratilganligidir.  Ularning  yaratilishi  bir  to­
mondan  inson  ongi,  tafakkuri,  kuch-qudratining,  ikkinchi  to­
mondan,  ana  shu  kuchga  tushadigan  yukning  yengillashishiga 
xizmat qiladigan vositani yaratish yolidagi urinishlarning natijasi 
boldi.  Asrimizning  o‘rtasida  paydo  bolgan  bu  vosita  shiddatli 
rivojlanish  yolini  bosib  o‘tdi.  Dastlab  sekundiga  minglab  ope- 
ratsiyalar  bajara  oladigan  kompyuterlar  bolgan  bolsa,  ularning 
bugungi  avlodi  10  millionlab  murakkab  operatsiyalarni  qoyil- 
maqom qilib uddalaydi.
Xo‘sh,  bularning inson ongi, bilishi va tafakkurining mohiyati 
bilan  nima  aloqasi bor?  Gap  shundaki,  kompyuterlar  ham inson 
tafakkuriga xos bolgan xususiyatlarga ega.  Ammo ular qanchalik 
murakkab  operatsiyalarni  bajarmasinlar,  inson  tomonidan  pro- 
grammalashtirilgan  jarayonlarnigina  amalga  oshiradilar,  undan 
tashqariga  chiqa  olmaydilar.  Insonning  fikrlash jarayoni  ongsiz- 
lik,  onglilik,  kechinmalar,  ijod  kabi  hodisalarni  qamrab  oladi. 
Kompyuter  esa  bunday  xususiyatlarga  ega  emas.  Shunday  ekan, 
kompyuterlar insonning muayyan yo‘nalishlardagi aqliy faoliyati-
144


ni  yengillashtirishga  xizmat  qiladi  va  o‘zining  yaratuvchisi  usti- 
dan hukmron bo‘la olmaydi.
Ayrim  tadqiqotlar  natijalariga  ko‘ra,  hozirgi  davrda  fan  soha- 
sida  erishilgan  natijalar  har  o‘n  yilda,  informatsiya  olish  esa  har 
3-4  yilda  ikki barobarga oshmoqda.  Ana shunday  sharoitda inson 
ongi,  uning xotira qudrati bu axborotlarni  o'zlashtira  oladimi,  de­
gan  savol  ko‘ndalang  bolmoqda.  Yangi  bilimlar,  axborot  oqimi 
unchalik kuchli bo‘lmagan yaqin olmishda tirishqoq kishi insoni­
yat bilimi  erishgan  asosiy  natijalarni  o‘zlashtira  olar  edi.  Bugungi 
kunda  faqat  fanning  turli  yo‘nalishlari  bo'yicha  yiliga  bir  necha 
million  kitob  nashr  etilmoqda.  Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  inson  eng 
yangi adabiyotlarni o‘rganib borishga harakat qilganda ham, uning 
har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan sahifa to‘g‘ri kelar ekan.
Kishilarning  paydo  bolgan  yangi  kitoblarning  aksariyatini 
jismonan  o‘qib  ulgurmaganligi  «informatsion  portlash»  keltirib 
chiqarayotgan oqibatlarning bir ko‘rinishi, xolos. Masalaning yana 
bir jihati  borki,  bu  inson  to‘plagan  bilim,  axborotning  ma’naviy 
eskirishi, keraksiz bolib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati 
tobora  tezlashib  bormoqda.  Masalan,  oliy ta’lim  sohasida bu ja- 
rayon  olti-yetti  yil,  kompyuter  texnologiyasi  sohasida  esa  bir  yil 
davomida  sodir  bolayotganligi  haqida  fikrlar  bildirilmoqda.  Bu 
agar siz  oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti yil bolgan bolsa, 
o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi kun talabi- 
ga javob  bermasligini  bildiradi.  Ana  shunday  sharoitda  kishilar­
ning  o‘z  bilimlarini  yuqori  darajada  ushlab  turishlari  ulardan 
doimiy  diqqat-e’tiborni,  o‘z  ustida  ishlashni  talab  qiladi.  Aks 
holda,  ta’lim dargohini  eng yuqori natijalar bilan bitirgan muta- 
xassis ham tez  orada chalasavod bolib  qolishi mumkin.
Umumlashtirib  aytganimizda,  bilishning  mohiyatini  tushu- 
nish,  u bilan bogliq bolgan jarayonlarni  ilmiy talqin  etish  olam 
va  odam  birligini  anglash  imkonini  beradi.  Ayni  paytda,  bilish 
mohiyatini  anglash  insonning  o‘zligini,  yashashdan  maqsadi, 
hayotining  ma’no-mazmuni  kabi  masalalarni  chuqurroq  tushu- 
nishga yol  ochadi.  Bu bilish va u bilan bogliq  masalalar har bir 
inson  hayotida  nihoyatda  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega  ekan- 
ligidan dalolat beradi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish