Bilish obyekti.
Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va
boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun
ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar
bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy,
konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish
obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha
bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib,
bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajra-
tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |