Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


-mavzu.  Bilish nazariyasi:  asosiy muammolari va yo‘nalishlari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

6-mavzu.  Bilish nazariyasi:  asosiy muammolari va yo‘nalishlari
Bilish  va  uning  shakllari. 
Bilishning  mohiyati,  shakllanish  va 
rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida 
muhim  o'rin  egallab  kelmoqda.  Inson  o‘z  bilimi  tufayli  borliq, 
tabiat,  jamiyatni  va  nihoyat,  o‘z-o‘zini  o‘zgartiradi.  Bilishga  qa­
ratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali 
usullarini  tadqiq  etish  falsafa  tarixida  muhim  ahamiyatga  ega. 
Shu bois  ham  falsafaning bilish  masalalari va  muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi  maxsus  sohasi  —  «Gnoseologiya»  vujudga  keldi 
va  u  qadimgi  lotincha  «gnozis»  —  bilish  va  «logos»  —  fan,  ilm 
ma’nolarini anglatadi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli ja- 
rayondir.  Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini 
hal  etish  bilan  shug‘ullanadi.  Har  bir  tarixiy  davr  jamiyatning 
rivojlanish  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  gnoseologiya  oldiga  yangi 
vazifalar  qo‘yadi.  Xususan,  XVII  asr  o‘rtalarida  yevropalik  fay- 
lasuflar  ilmiy  bilishning  ahamiyati,  haqiqiy  ilmiy  bilishlar  hosil 
qilishning  usullarini  o‘rganish,  ilmiy  haqiqat  mezonini  aniqlash 
bilan  shug‘ullandilar.  Tajribaga  asoslangan  bilimgina  haqiqiy  bi- 
limdir,  degaji g‘oyani olg‘a surdilar.
XVIII  asr  mutafakkirlari  ilmiy bilishda  inson  aqli  imkoniyat- 
lariga,  ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alo­
hida urg‘u berdilar.  Buyuk nemis faylasufi I.  Kant bilish natijalari- 
ning haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari 
haqida bahs yuritdi.  Gnoseologiya oldida inson olamni bila  oladi- 
mi,  degan masala keskin qo‘yildi.  Insonning bilish imkoniyatlariga 
shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi.
Bilish nima?  Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g£risida 
bilimlar  hosil  qilishga  qaratilgan  aqliy,  ma’naviy  faoliyat  turi- 
dir.  Inson  o‘zini  qurshab  turgan  atrof-muhit  to‘g‘risida  bilim  va 
tasavvurga  ega  bolmay  turib,  faoliyatning  biron-bir  turi  bilan 
muvaffaqiyatli  shug‘ullana  olmaydi.  Bilishning  mahsuli,  natijasi 
ilm  bolib,  har  qanday  kasb-korni  egallash  faqat  ilm  orqali  ro‘y 
beradi.  Shuningdek, bilish insongagina xos bolgan ma’naviy ehti- 
yoj,  hayotiy zaruriyatdir.
136


Insoniyat  ko‘p  asrlar  davomida  orttirgan  bilimlarini  umum­
lashtirib  va  keyingi  avlodlarga  berib  kelganligi  tufayli  ham  o‘zi 
uchun  qator qulayliklarni yaratgan.  Inson  faoliyatining har  qan­
day turi  muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida  yangi bi- 
limlar hosil  qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qi­
lish butun insoniyatga xos bolgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita 
hayotiy  ehtiyojdan,  farovon  hayot  kechirish  zaruratidan vujudga 
kelgan  va  rivojlangan.  Insoniyatning  ancha  keyingi  taraqqiyoti 
davomida  ilmiy  faoliyat  bilan  bevosita  shug‘ullanadigan  va  il­
miy  nazariyalar  yaratuvchi  alohida  sotsial  guruh  vujudga  keldi. 
Bular  ilm-fan  kishilari  bolib,  ilmiy  nazariyalar  yaratish  bilan 
shug‘ullanadilar.
Bilishning ikki shakli: 

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish