Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


-mavzu.  Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

7-mavzu.  Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
 
qadriyatlari.  Jamiyat va tarix falsafasi
«Jamiyat»  tushunchasining  mazmun-mohiyati. 
Insoniyat  azal- 
azaldan jamoa  bo‘lib  yashaydi.  Yer  sayyorasi  uning  abadiy  ma- 
koni,  umumiy Vatanidir.  Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyo- 
rada yashayotgan  odamlar  oilasini jamiyat  deb  atash  odat tusiga 
kirgan.  Demak,  umumbashariy  ma’noda  jamiyat  odamzodning 
umri,  hayoti  o’tgan  hamma  davri,  joy  va  hududi  bilan  bogliq 
barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti,  sivili­
zatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushiga nisbatan ham ushbu 
tushuncha qollanadi.  Har qanday holda ham,  u umumiy tushun­
cha bolib,  ayrim  odam  va  alohida  shaxs jamiyat  a’zosi  deb  ata­
ladi.  Har bir jamiyatning  o‘z  qiyofasi,  tuzilishi,  tarkibiy  qismlari 
mavjud bolishi tarixiy zaruratdir.  Muayyan jamiyat hayotiga xos 
bolgan yashash va taraqqiy etish sohalarining ham o‘ziga xos xu­
susiyatlari bor.  Bu masalani o‘rganish ayniqsa dunyo hamjamiyati 
va  0 ‘zbekiston hayotida tub  o‘zgarishlar  ro‘y berayotgani hozirgi 
davrda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
146


Jamiyat  bilan  bogliq  masalalar  azaldan  ko‘plab  mutaxassis- 
larning  diqqatini  tortib  keladi.  Fan  tarixida  bu  mavzuga  doir 
turlicha  qarashlar,  g‘oyalar  va  ta’limotlar  mavjud.  Bu  masalalar 
qadimgi  avlodlarimizdan  qolgan  «Avesto»  va  « 0 ‘rxun~Yenesey 
toshbitiklari»da,  Al-Xorazmiy,  Al-Buxoriy,  Al-Beruniy,  Najmid- 
din  Kubro,  Mirzo  Ulug‘bek,  Alisher  Navoiy,  Bobur  va  boshqa 
allomalarimiz  merosida  yorqin  ifodasini  topgan.  Sharq  siyosat- 
shunosligida jamiyat bilan bogliq masalalar Konfutsiy,  Kaykovus, 
Nizomulmulk,  Mirxond,  Xondamir,  Sharafiddin Ali Yazdiy kabi 
ko‘plab  allomalar ijodidan  o‘rin  olgan.
Ijtimoiy  taraqqiyot  davomida  jamiyat  to‘g‘risidagi  qarash­
lar,  g‘oyalar  va  ta’limotlar  rivojlanib  takomillashib  borganli- 
gini,  xususan  vatandoshimiz  Abu  Nasr  Forobiyning  ijtimoiy- 
falsafiy  qarashlari  tizimida  hamda  Amir  Temur  va  temuriylar 
sulolasining  jamiyat  rivoji  masalalariga  oid  nazariy  va  amaliy 
jihatdan  yondashganligida  ko‘rish  mumkin.  Xususan,  «Temur 
tuzuklari»da  qayd  etilgani  kabi:  «...  saltanat  qurish,  davlat  tu- 
tish  ishlarini  bir  tuzukka  bogladim   va  saltanatni  boshqarish 
haqida  qollanm a  (dasturulamal)  yozib  qoldirdim,  toki  far- 
zandlarim  va  avlodimdan  bolganlarning  har  biri  unga  muvo- 
fiq  ish  yuritsin,  mehnatu  mashaqqatlar,  ko‘p  harbiy  yurishlar, 
urush-talashlar  bilan,  Tangrining  inoyati  va  hazrati  Muham- 
madning,  unga  Tangrining  marhamatlari  va  salomlari  bolsin, 
tolei  baland  millatning  sharofati,  onhazratning  ulug'vor  avlodi 
va  qimmatli  sahobalariga  qilgan  muhabbat va  do‘stligim  orqali 
qolga  kiritgan  saltanatni  saqlagaylar»1.  Shuningdek,  mazkur 
mavzuga Ahmad  Donish,  Behbudiy,  Abdulla Avloniy kabi  mu- 
tafakkirlarimiz  ijodida ham alohida ahamiyat berilgan.  Hozirgi 
davrda  ham  ushbu  masalaga  doir  ko‘plab  kitoblar,  risolalar va 
qollanm alar  chop  etilmoqda.
Ta’kidlash  lozimki,  jamiyatning  mohiyatini,  tuzilishini,  qo- 
nuniyatlarini bilish,  ularga tayangan  holda boshqaruv  va  rahbar- 
lik faoliyatini tashkil  etish  muhim  ahamiyat kasb  etadi.  Shuning

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish