Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Jahon sivilizatsiyasi. 
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G ‘arb 
sivilizatsiyalari,  mintaqaviy va hududiy  sivilizatsiyalarning  yaxlit, 
bir butun ijtimoiy tizimi bolgan umuminsoniyat,  sayyoramizdagi 
jamiyat  tushuniladi.  Bu  tushuncha,  umumiy  ma’noda,  zamini- 
mizda  yashagan  barcha  odamlarning  umumiy  makoni  bolgan 
Yer  yuzidagi  hayot,  tarixning  hamma  davrlarida  mavjud  bolgan 
davlat, jamiyat,  xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan 
bogliq jarayonlar majmuasini o‘zida aks ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsi­
yaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan,  Respublika- 
mizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p 
jihatdan  ana  shunga bogliq.  Hozirgi  paytda insoniyat  o‘z  rivoji- 
ning yangi bosqichiga ko‘tarildi.  U o‘zida moddiy ishlab chiqarish 
yutuqlarini,  insoniyat  tomonidan  orttirilgan  tajribalarni,  jahon 
miqyosida paydo bolgan muammolarni  oqilona  hal  etish yollari 
va usullarini mujassamlashtiradi.
0 ‘zbek xalqi  Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi.  Vatan 
va  onaning  muqaddasligi,  jamoaviylik,  o‘zaro  yordam,  tabiatga 
oqilona  munosabat,  mehnatsevarlik,  sabr-toqatlilik,  kattalarga 
hurmat,  kambag‘alparvarlik  va  boshqalar.  Sharq  sivilizatsiyasi- 
ga xos  belgilardir.  0 ‘zbekiston jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga 
ilm-fan,  axloq,  din,  san’at  va  madaniyat  sohasidagi  ulkan  yu- 
tuqlari  bilan  munosib  hissa  qo‘shmoqda.  Milliy mustaqillik yil­
larida  0 ‘zbekiston  o‘z  milliy  qadriyatlari,  ma’naviy  merosi  va
154


boy  madaniyatiga  tayanib,  Sharq  va  G ‘arbning  umumbashariy 
qadriyatlari  va  tajribalarini  ijodiy  o‘zlashtirib,  dunyoviy  sivili­
zatsiya yo‘lidan bormoqda.
Bugungi  tahlikali  dunyoda  insoniyatning  eson-omon  ya­
shab  qolishi  va  kelajakda  baxtiyor  bolishi  jahon  sivilizatsiyasi- 
ning  asosiy maqsadi  va yo‘nalishiga  aylanib  qoldi.  Shu  ma’noda, 
Yer  yuzidagi  har  bir  mamlakat jahon  sivilizatsiyasi  deb  ataladi- 
gan yaxlit tizimning turli tarkiblari bolib,  ularning o‘zaro ta’siri, 
hamkorligi  sivilizatsiyaning  takomillashuvi,  barqaror  yashashiga 
imkon beradi.
To‘g‘ri,  bu  tizim  tarkibida  Amerika,  Rossiya,  Xitoy,  Yaponi- 
ya  kabi  salmoqli  tarkiblar  ham  bor.  Ular  ko‘p  jihatdan  jahon 
tizimi  taraqqiyotiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  muayyan  jarayonlarning 
yo‘nalishlarini  belgilaydi.  Ammo  bu  tizimda  har bir  davlatning, 
kichkina  Vatikan  yoki  Lixtenshteyndan  tortib  German iyagacha, 
Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni,  o‘ziga  xos 
ta’sir kuchi va doirasi bor.  Shu ma’noda,  ularning har biri,  hudu- 
dining  katta-kichikligi,  aholisining  soni  qanchaligidan  qat’i  na- 
zar,  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotida  teng  ovozga  ega.  Demak, 
tarkiblar  tizimda  muayyan  tarzda  amal  qilgani  singari  har  bir 
mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim ele­
ment  sifatida kirib borgan.
Jahon  hamjamiyati  o‘zida  umumiylikni,  har  bir  mustaqil 
mamlakat  esa  ayrimlik  va  o‘ziga  xoslikni  ifodalaydi.  Bu  holda 
Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni  aks ettirsa, 
0 ‘zbekiston  alohidalikni  ifodalaydi.  0 ‘zbekiston  mustaqillikka 
erishganiga ko‘p bolmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z 
o‘rniga  ega.  Uning  Markaziy  Osiyodagi  mavqei  esa bu mintaqa- 
ning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Har  bir  xalq,  millat  o‘zining  betakror,  noyob  xususiyatla- 
rini  saqlagan  holda  mustaqil  rivojlanadi  va  jahon  hamjamiyati- 
ga  qo‘shilib  boradi.  Bunday  qo‘shilish  ko‘p  qirrali,  rang-barang 
bolib,  u  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy,  huquqiy,  davlat- 
lararo  munosabatlarni qamrab  oladi.
Jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilish  tabiiy-qonuniyatli  jarayon 
bolib,  har bir mamlakatning  har tomonlama taraqqiy etishi,  yer
155


yuzida umumiy xavfsizlik,  tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, 
tabiiy  resurslar,  ilm-fan  va  texnika  yutuqlaridan  keng  foydala- 
nishga,  ekologik  muvozanatni  ta’minlashga  imkon  beradi.  Mus­
taqil  taraqqiyot  yo‘liga  o‘tgan  xalqlarning  jahon  hamjamiyatiga 
qo‘shilishi,  umuminsoniy  qadriyatlarning  ustovorligini  e’tirof 
etish,  xalqaro  huquq me’yorlariga  amal  qilish,  inson huquqlarini 
himoya  etish,  demokratiya  tamoyillariga  amal  qilishda  yaqqol 
namoyon boladi.
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bolgan 
madaniyatning  rolini  anglash  muhimdir.  Agar  ishlab  chiqarish 
kuchlari  sivilizatsiyaning moddiy asosini  tashkil  etsa,  madaniyat 
ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarini  qamrab  oladi,  uning  qiyo- 
fasini,  o‘ziga  xos  rangini  belgilab  beradi.  Hatto  ishlab  chiqarish 
kuchlariga ham  o‘ziga xos xarakterlilik,  ahamiyatlilik beradi.  Bu 
bilan  madaniyat  ijtimoiy  hayotning  tashkillashuvini,  ya’ni  sivili­
zatsiyaning  shakllanishini,  mavjud  bolishi  va  rivojlanishini  bel­
gilab  beruvchi  o‘ziga xos  negiz  vazifasini  o‘taydi.  Demak,  sivili­
zatsiya  madaniyatning  konkret  namoyon  bolishini,  uning  real 
mavjud hayotini aks ettiradi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish