Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi.
Inson
dunyoga kelar ekan, atrof-*muhitga va unda kechayotgan voqea-
hodisalarga bolgan munosabati orqali uning tabiiy didi shakllan-
sa, voqea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etishi va bahola-
shi jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi va
estetik mezoni orqali uning estetik didi namoyon boladi. Estetik
did insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari,
moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi.
Aynan shu uyg‘unlik insonning tabiiy, axloqiy
va estetik didining
mutanosibligini anglatadi.
Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va
undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi.
Estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qa-
rashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik bilimlar va qa-
rashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga,
idrok qilish jarayonining o‘ziga singib ketishi, shaxsning mustah-
kam axloqiy e’tiqodiga aylanishi lozim.
Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka
odam va jamiyat estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mu-
jassamlashtiradi. Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab
Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga
xos bolgan insonning tug‘ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka
tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib
bolmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir.
Shu boisdan ham «did to‘g‘risida bahslashmaydilar». Lazzatlanish
obyekti bolgan hissiylik, nafosat barcha uchun barobar darajada
ahamiyatlidir, u faqat mazkur shaxsning o‘zigagina emas, balki
hammaga yoqadi. Inson o‘ziga yoqqan
narsalarni boshqalarga ham
yoqadi deb o‘ylaydi. Demak, didlar uchun umumiy hisoblanadigan
tomonlari ham bor. Shu sababli did to‘g‘risida bahslashish asosli-
dir. Kant ikkala mulohazani antinomiya sifatida ta’riflaydi. In
son amaliyotining boy va xilma-xilligi ma’naviy munosabatlarning
ham boy va xilma-xil bolishiga olib keladi, did esa, ularning eng
muhim namoyon boladigan tuyg‘ularidan hisoblanadi.
Alohida shaxsning estetik didi uning betakror hayotiy tajri-
basi zaminida shakllanadi. Tabiiyki, alohida tarbiya sharoitlari,
364
hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta’siri ostida u yoki bu estetik
qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari,
badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong
bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan
badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy
did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p
jihatdan uning ustiga quriladi, lekin
u bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o'rtasidagi tafo-
vut ularning turlicha idrok etish obyektlariga ega bolishi bilan
bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga,
ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Badiiy did
hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.
Xuddi Shuningdek, estetik did axloqiy did bilan mutanosib-
likda rivojlanib boradi. Zero, insonning qalb nafosati va ezgu ax
loqiy qiyofasi uyg‘unlikda uning go‘zalligini yaxlitlikda namoyon
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: