O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Oqartirilgan qand-shakar

 ham oddiy qand-shakar kabi olinadi, ammo u 

bug„latishdan  oldin  yana  bir  marta  tozalanadi  (oqartiriladi).  Oqartirilgan  qand-

shakar oddiy qand-shakardan oqroq, kristallari  esa yaltiroqroq bo„ladi.  

Qand-shakar  qirralari  yaqqol ko„ringan oq, mayda kristallardan iboratdir. 

Sifatini  baholashda  uning  tarkibidagi  saharozaga,  shakarning  rangiga,  namligiga 

va  begona  qo„shilmalarning  bor-yo„qligiga  e‟tibor  beriladi.  Qand-shakar  tovar 

navlariga  bo„linmaydi.  Oq  qand  shakardan  olinadi.  Ishlab  chiqarish  usuliga 

qarab u - presslangan oq qand, quyma qand xossalariga ega bo„lgan presslangan 

oq  qand,  tez  eriydigan  presslangan  oq  qand,  quyma  oq  qand  va  bolalar  oq 

qandlariga  bo„linadi.  

Presslangan  oq  qand  vakuum-apparat  orqali  tsentrifugaga  uzatilgan  oq 

qand  massasidan  tayyorlanadi.  Tsentrifugada  kristallar  patokadan  ajratib  olinadi 

va  oqartiriladi.  Hosil  bo„lgan  ho„l  shakar  qoliplarga  solinadi,  to„g„ri  burchak 

shaklida  presslanadi, quritiladi,  keyin  to„g„ri shaklda ushatiladi.   

Bolalar  qandi  har  xil  qushlar,  hayvonlar,  samolyotlar  shaklida  ishlab 

chiqariladi  va  har  xil  rangga  bo„yaladi.  Qand  talqoni  qo„shimcha  mahsulot 

sifatida  quyma  qandni  qirqish  va  ushatish  vaqtida  hamda  oq  qandni  maxsus 




61 

 

maydalash  yo„li  bilan  hosil  qilinadi.  Donador  bo„lib  qolishdan  saqlash  uchun 



unga 3% gacha kraxmal  qo„shiladi.  

Oddiy  shakar  tarkibida  saxaroza  99%  dan  kam  bo„lmasligi, 

kristallarining  tuzilishi  bir  xil,  qirralari  yaqqol  ko„rinib  turadigan,  rangi  oq 

yaltiroq,  sochiluvchan,  quruq,  yopishmaydigan,  donalari  bir-biriga  yopishib 

qolgan  qumaloqlar  va  sariq  donalar,  begona  aralashmalar  bo„lmasligi,  suvda 

to„liq erib, tiniq eritma  hosil qiladigan  bo„lishi shart.  

Sariq  rangli,  nam  tortgan,  boshqacha  ta‟m  va  hid  beradigan,  ifloslangan 

va  suvda  toza  erimaydigan  shakar  savdoga  chiqarilmaydi.  shakarning  namligi 

0,14%  dan  yuqori  bo„lishi  mumkin  emas.  Tozalangan  shakarning  sifat  belgilari 

ham  yuqoridagicha  bo„lib,  uning  tarkibida  saxaroza  99,9%  dan  kam bo„lmasligi 

kerak.  

Oq  qand  toza,  salgina  ko„kimtirroq  oq  rangli,  dog„zis

 

va  boshqa 



qo„shilmalarsiz,  begona  ta‟m  va  hidlarsiz  bo„lishi  kerak.  Undagi  saxarozaning 

miqdori  ham  99,9%  dan  kam  bo„lmasligi  lozim.  Ushatilgan  presslangan 

chaqmoq  qand,  tez  eriydigan  presslangan  chaqmoq  qand  va  qand  talqonining 

namligi-0,2%;  quyma  qand  xossalariga  ega  bo„lgan  presslangan  chaqmoq  qand 

namligi-  0,25%; ushatilgan  quyma qand namligi  esa - 0,4% bo„ladi.   

20°C  haroratdagi  suvda  qirrasi  10 



mm. 

li,  maydalangan  quyma  qand 

kami  bilan  8  daqiqada;  ushatilgan  presslangan  qand  6  daqiqada;  quyma  qand 

xossalariga  ega  bo„lgan  presslangan  qand-7  daqiqada  va  tez  eriydigan  qand-1 

daqiqada  erib  bo„lishi  kerak.  Qand-shakar  va  oq  qand  I  yoki  II  kategoriyali 

zig„ir-jut  qoplarga  joylanadi,  bundan  tashqari  qog„oz

 

va  karton  qutichalarga 



hamda  fanera  va  yog„och  yashiklarga  joylanadi.  Qand-shakar  sof og„irligi 50 va 

60 


kg. 

dan, maydalangan quyma oq qand hamda presslangan chaqmoq qand- 40 



kg. 

dan,  tozalangan  shakar-  50 



kg 

dan  I  va  II  kategoriyadagi  toza, quruq zig„ir-

jut kanop qoplarga joylanadi.   

Qand  quruq,  yaxshi  shamollatib  turiladigan  omborlarda  o„tkir  hidli 

mollar  hamda  buyumlardan  uzoqda  saqlanishi  zarur,  chunki  u  namlanish  va  yot 



62 

 

hidlarni  o„ziga  qabul  qilish  xususiyatiga  ega.  shakar  saqlanadigan  xona 



havosining  nisbiy  namligi  70%  dan,  chaqmoq  qand  saqlanadigan  xonaniqi  80% 

dan  oshmasligi  kerak.  Qand  yuqori  va  past  haroratda  ham  saqlanaverishi 

mumkin,  ammo  xona  havosining  harorati  tashqi  havo  haroratidan  bir  muncha 

yuqori  bo„lishi  kerak,  chunki  tashqi  havodagi  ancha  iliq  suv  bug„lari  sovuq 

xonaga kirib, xona havosining  nisbiy namligini  keskin  oshirib yuboradi.  

Qand solingan qoplar quruq va toza chipta, brezent yoki sholchalar bilan 

qoplangan  maxsus  o„ringa  taxlab  qo„yiladi.  Agar  qoplar  namlansa,  qandni 

boshqa  quruq  idishga  bo„shatib  quyish  kerak.  Qand  solingan  qoplar  va 

yashiklarni  tashishda  ularni  kirlanish  va  namlanishdan  saqlash  uchun  ustiga 

brezent  yopib  qo„yiladi.  Yilning  fasli  va  savdo  korxonasining  joylashgan  joyiga 

qarab,  qand-shakar  uchun-  0,15-0,20%;  oq  qand  uchun-  0,20-0,25%;  qand 

talqoni  uchun 0,35% tabiiy  kamayish  ko„zda tutilgan.   

 


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish