3 . 3 . Kra xma l va pa to k a
Kartoshka va makkajo„xori kraxmali savdoga chiqariladi.
Kartoshka
kraxmali
kartoshkadan olinadi. Kartoshka oldin yuviladi va qirg„ich
mashinalarda qirib undan bo„tka tayyorlanadi. Ezilgan bo„tka elakda chayqaladi.
Kraxmalning mayda donachalari suv bilan elakdan o„tadi va idishning tagiga
cho„kadi; keyin kraxmal suvdan ajratib olinadi, tsentrifugalarda qayta ishlanadi
va quritiladi. Sifatiga qarab, kartoshka kraxmali to„rt navga bo„linadi: ekstra,
oliy, 1 va 2- navlar (keyingisi faqat texnik maqsadlar uchun). Kraxmalni
navlarga ajratishda rangi, yaltiroqligi, sirtidagi qora nuqtalar (1
sm
2
dagi) va
tarkibidagi kul miqdori hamda nordonligi asos qilib olinadi.
Makkajo‗xori kraxmali
makkajo„xoridan olinadi, buning uchun
makkajo„xori doni qo„shilmalardan tozalanadi va 36-42 soat mobaynida
nordonlashtirilgan iliq suvda saqlanadi; keyin uqalanib, murtagi ajratib olinadi,
hosil bo„lgan bo„tqa ikkinchi marta yaxshilab maydalanadi, yuviladi, tinitiladi,
tsentrifugalanadi va quritiladi. Murtagidan esa makkajo„xori moyi olinadi.
Sifatiga ko„ra makkajo„xori kraxmali ikki navga - oliy va 1-navga bo„linadi.
Navlarga ajratish belgilari kartoshka kraxmaliniki bilan bir xildir.
Patoka
kartoshka yoki makkajo„xori, ba‟zan bug„doy yoki javdar
kraxmallaridan olinadi. Aralashmalardan tozalangan kraxmal suvda eritiladi,
nordonlashtiriladi va kraxmal suti tarzida kattakon bochkalarga yoki
avtoklavalarga solib qo„yiladi. shuning o„ziga bir oz sulfat kislotasi (quruq
kraxmal vazniga nisbatan 0,55-0,8%) yoki xlorat kislotasi (0,19- 0,25%)
qo„shiladi va eritma qaynatiladi. Bo„tqa quyuqlashguncha qaynatiladi, keyin
sovutiladi va idishlarga quyiladi.
Kraxmal patokasi ishlatilishiga ko„ra uch turga: karamel ishlab chiqarish
sanoatida foydalaniladi, murabbo tayyorlashda hamda boshqa maqsadlar uchun
ishlatiladigan glyukozaga bo„linadi. Karamel patokasi oliy nav va 1-navga
bo„linadi. Murabbo glyukozasi navlarga bo„linmaydi.
66
Patoka qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish va novvoylikda keng
qo„llaniladi. Yaxshi patoka cho„ziluvchan, rangsiz yoki nimrang, begona ta‟m
sezilmaydigan shirin va quyuq sharbat bo„ladi. Patokaga har xil
qo„shilmalarning qo„shilib ketishiga yo„l qo„yilmaydi.
Kraxmal 25, 50 va 60
kg
dan toza va quruq zig„ir, kanop yoki jut
qoplarga joylanadi
.
shuningdek u sig„imi
100
g
dan 1
kg
gacha qog„oz
pachka,
polietilen va tsellofan xaltachalarga ham joylanishi mumkin. So„ngra bu
pachkalar sig„imi
30
kg
gacha bo„lgan quruq, toza yog„och qutilarga joylanadi.
Kraxmal quruq, yaxshi shamollatib turiladigan, harorati ko„pi bilan 15°C
bo„lgan va havosining nisbiy namligi 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi
.
Qoplar maxsus o„rinlarga taxlab qo„yilishi kerak. Kraxmalni o„tkir hidli va
kuchli bug„lanuvchi mollar bilan bir joyda saqlash mumkin emas.
Patoka sig„imi
50 dan 300
kg
gacha bo„lgan bochkalarga joylanadi.
Patokani quruq, salqin, havo harorati 8-12°C bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |