O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

EMILIAN  BUKOV
Moldavan     adabiyotining   yirik   arboblaridan   yemilian   Nesterovich   Bukov
Bessarabiyaning janubidagi Yangi Kiliya shahrida 1909-yilda Bog`bon oilasida tug`ilgan.
Kishinyovdagi litseyda o`qigach, Buxarest universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan.
Taraqqiyparvar rumin jurnallari bilan hamkorlik qilib, o`z maqolalarida V. Mayakovskiy
ijodini targ`ib etgan. Xalqning kelajagiga ishonch g`oyasi shoirning «Unumli mehnat»,
«Quyosh so`zi», «Xitoy» to`plamlariga kirgan she'rlarida o`z ifodasini topgan. Moldavan
xalqini ozod ko`rish-shoirning maqsadi. U «Zanjining duosi» she'rida bu g`oyani go`zal
tarzda tasvirlaydi asar qora zanjining Ollohga iltijosi bilan boshlanadi. Tasvirlanishicha,
zanjining yakkayu yagona Zayresjon ismli qizi oq tanli janobning tayog`i ostid vafot etadi.
Iltifoting tutmagil darig`,
Ey xudoyim,mendek qulingga.
Men g`ing demay, iltijo qilib,
Boshim eggan edim yo`lingga.
Mening xo`jam-oq tanli janob,
Oppoq kun-u, oq bulutday oq.
Shunday ekan, axir nega u-
Sen tangrining sevgan bandasi-
Bo`ldi mening yagona qizim-
Zayresjonning shum kushandasi?!
Uning qamchisidan Zayresjon,
Shakarqamish niholsimon.
Shart kesilib tag-tugi bilan,
Ko`z o`ngimda jon berdi-ku jon!
Zanji   barcha   kulfatlarni   Xudodan   ko`radi,   shakkoklik   qilib   jamiyatdagi   nafratini
ham unga bildiradi.
Zulm tig`i yetdi suyakka,
Noilojdan yondim, hayqirdim,
54


Aim.uz
Gunohkorman, osiy bandangman.
Zanjining eng so`nggi jang-imtihoniga dav'ati aslida shoirning so`zi, armoni, o`tinchidir.
Dav'at etgum zanji avlodin, 
Eng so`nggi jang, zo`r imtihonga!
Bayroq qilib qutlug` qonimiz,
Ko`rsataman jumla jahonga!
Emilian   Bukov   birin-ketin   «Mening   Moldovam»,   «Dnestrda   bahor»,   «Mening
Vatanim», «She'rlar» she'riy to`plami, «Reut shahri» she'riy romani, «Tug`yonli Dunay»
dramalarini yozdi. Shoirning asarlari ko`p tillarga tarjima qilingan.
ANDREY LUPAN
Moldavan   adabiyotining   yirik   arboblaridan   biri   Andrey   Lupan   Rezin   tumaniga
qarashli Mixuleni qishlog`ida 1912-yilda tug`ilgan. Bessarabiyada ozodlik o`rnatilgach, u
qishloq xo`jalik institutida tahsil oladi. Urush yillarida avval u temiryo`lchilar batalonida,
keyin   Penza   va   Kuybishev   shaharlaridagi   harbiy   ob'ektlarida,   Kuznetssk   metallurgiya
zavodida ishlagan.
 
Andrey Lupan shoir va dramaturg sifatida mashhur. Ijodini 1932-yildan boshlagan
shoir tez fursat ichida «She'rlar», «Unitilmas kun», «Mamnuniyat qo`shiqlari», «Qahqaha
va gunoh» to`plamlarini nashr etdi.
Ko`hna tarix qonuni,
Azaldan ayon.
Doim umid ketidan,
Intilar inson.
Barcha so`zu ijodlar,
Hikmatlar aro.
Har kim o`zga keragin,
Izlar doimo.
Moldovan  dostonchiligini «Unitilgan qishloq», «Yuzma-yuz», «Yangi kuz» asarlari
bilan boyitgan Andrey Lupan o`z kitobxonlariga A.Pushkin, N.Nekrasov, V.Mayakovkiy
asarlarini   tarjima   qilib   berdi.   O`zbek   kitobxonlari   esa   shoir   asarlarini   Erkin   Vohidov
tarjimasida mutolaa qilishga muvaffaq bo`lishgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish