Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1837)
Rus adabiyotining dahosi, hozirgi zamon rus adabiy tilining asoschisi A.S.Pushkin
1799-yil 6-iyun kuni Moskva shahrida dvoryan oilasida tug`ildi. Otasi Lvovich Sergey
zamonasining ilg`or kishilaridan edi. O`z uyida fransuz va rus yozuvchilarining
kitoblaridan kutubxonasi bor edi. Uning ukasi, ya’ni A.S.Pushkinning amakisi Vasiliy
Lvovich Pushkin shoir bo`lib, karamzinchilar oqimida ijod qilardi. Aleksandr 12
yoshigacha uyida o`qidi, keyin uni 1811-yil sarskoye Selo shaharchasida yangi ochilgan
litseyga o`qishga berishadi. Bu litsey davlatning yuqori ishlari bo`yicha chinovniklar
yetkazib berardi. Litseyda u o`ziga Delvig, Pushin, Kyuxelbeker va shunga o`xshash
do`stlar orttirdiki, ular bir umrga qadrdon bo`lib qolishdi. 1817-yilda litseyni bitirgan
Pushkin Tashqi ishlar Kollegiyasida ish boshladi. Bu yerda u 1820-yilgacha ishladi. Shu
yerda u A.S.Griboyedov bilan tanishdi.
1820-yil 9-mayida Pushkin shaxsan Aleksandr I buyrug`iga asosan general Inzov
qo`l ostiga xizmatga yuborishadi. Shu yilning yoz oylarida Inzov ruxsati bilan Rayevskiy
oilasi bilan sayohatga boradi. U Shimoliy Kavkaz, Qrimda bo`lib, Simferopol va Odessa
orqali Kishinyovga qaytadi.
Kishinyovda u Pestel, Davidov, Yakushkin singari dekabristlar bilan tanishadi. Bu
yerda uning birinchi “janubiy” poemasi “Kavkaz asiri” yuzaga keladi (1822). 1823- yilda
ikkinchi poemasi “Bog`chasaroy fontani”, 1823-yilda esa o`zining “Yevgeniy Onegin”
she’riy romanini boshlaydi. 1824-26-yillarda yana surgun qilinadi.
Bu safar Pskov gubernyasiga qarashli Mixaylovskoye qishlog`iga yuborishadi.
Shaharda yurib o`rgangan Pushkin qishloqda judayam zerikadi. U ko`pincha bo`sh
vaqtlarini Osipova xonimning xonadonida o`takazardi. 1825-yil dekabr qo`zg`oloni va
uning mag`lubiyatidan juda ham afsuslanadi. 1826-yil 8-sentabrda u podsho Nikolay I
bilan uchrashadi. Bu yerda, ya’ni shoh qabulida u ochiqdan-ochiq podshoning savoliga
“men dekabristlar tomonida bo`lardim” deydi.
1829-yil u Kavkaz bo`ylab sayohatga chiqadi. Uning asl maqsadi surgun qilingan
dekabrist o`rtoqlari bilan uchrashish edi. 1830-yilda u Moskvaning eng go`zallaridan
bo`lmish N.Goncharovaga uylanadi. Lekin oradan 4 yil o`tar-o`tmas har xil gaplar, uning
oriyatiga tegadigan ig`volar ko`payadi. Uning N.Goncharova bilan oralari bir muncha
sovuqlashadi. Oxiri borib bu gaplar uni Gollandiya elchisi Gekkernning saqlab olgan
o`g`li – Dantesni duelga chaqirishga majbur qiladi. Duel payti og`ir yaralangan Pushkin
1837-yil 27-yanvar kuni 38 yoshida vafot etadi.
Pushkin ikki buyuk jahonshumul voqealar ta’siri ostida o`sib, ma’naviy ulg`aydi:
Vatan urushi va dekabristlar qo`zg`oloni.
U litseyda o`qib yurgan paytlarida Derjavin, Batyushkov, Jukivskiylarga o`xshab
yozishni istar va shularning asarlariga taqlid qilib o`z asarlarini yaratardi. Uning asarlari
yuqorida aytib o`tilgan shoirlarnikiga ko`ra barkamol yaratildi.
Uning litseyda o`qib yurgan paytlaridayoq “Shoir do`stimga” (1814), “Mening
do`stlarimga vasiyatim” (1815), “Mening epitadiyam” (1815), “Mening Aristorximga”
(1815), “Hijron”, “Ayriliq” nomli she’rlari odamlarning diqqat e’tiborini o`ziga tortgan
edi.
Pushkin janubga surgun qilingan paytlarida litseyda o`qib yurgan chog`larida
boshlab qo`yilgan “Ruslan va Lyudmila” poemasini yozib tugatdi.
57
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |