Aim.uz
Belorus xalqi ko`p asrlar davomida san'at-adabiyot sohasida juda boy va xilma-xil
adabiy-madaniy merosga egadir. Juda ko`p belorus ertaklari, afsona va rivoyatlari, lirik va
tarixiy qo`shiqlari, maqol va hikmatli so`zlarida mehnatkash xalqning hayoti, uning orzu-
umidlari uz aksini topgan. Belorus adabiyotining ibtidosi Kiyev Rusining madaniyati,
yozma adabiyoti va xalq xalq og`zaki ijodiga borib taqaladi. XI-XII asrlarda Kiyev
Rusida yaratilgan asarlarning bir qismi Belorusiya tuprog`ida yaratilgan. XIII-XIV
asrlarda Belorusiya tuprog`i Buyuk Litva knyazligiga qo`shilgan bo`lsa-da, litvaliklarning
o`z yozuvi bo`lmagani uchun knyazlikda davlat tili belorus tili hisoblanardi, qonunlar,
yilnomalar shu tilda yozilardi. Ayni shu tilda boshqa tillardan tarjimalar ko`paydi. XVI
asrda «Litva statusi» yaratilib, uch marta nashr ettirildi. XVI asrda Litva knyazligi
mustaqilligini yo`qotib, Polshaga qo`shildi. O`z-o`zidan panlarning jabr-zulmi kuchaydi.
O`z davrining olimi Georgiy Skorina tarjimonlik va nashrlik
faoliyatini avj oldirib,
mavjud
holatni tasvirlashga harakat qilgan. Belorus adabiyotining XVI asr oxiri XVII asr
boshlarida yashagan yirik vakillari Vasiliy Tyapinskiy, Stefan Zizaniy, Afanasiy
Filippovich, Simon Budniy, Montiy Karpovich, Simeon Polotskiylar xalq manfaatlarini
yoqlab, katolik zug`umiga qarshi kurashni dav'at qildilar. 1697-yilda Polsha seymi belorus
tilida kitob nashr etish, sud, maktab va muassasalarda ish yuritishni man etdi. XIX asrning
20-30-yillarida beloruslar Rossiya bilan birlashgach, adabiy tilda jonlanish sezila
boshlandi. Mualliflarni noma'lum bo`lgan «Yeneidaning akasi», «Parnasdagi Taras»
asarlari ayni shu davr mahsulidir. Dunin Martsinkovich liberal-dvoryan adabiyoti
namoyandasi bo`lib, mazkur davrda «Qishloqi qil» libretto, «Gapon» dostoni, «Seyllar»,
«Cho`milish» she'riy hikoyalari, «Pan shlyaxtasi», «Sovchilik» pessalarini yozgan edi.
1863-yili dehqonlar qo`zg`aloni barobarida tug`ilgan publitsistik xalqchil shoir Franshin
Bogushevichni yetkazib berdi. Keyinchalik Bogushevich ortidan uning ishlarini Yanka
Luchina, Adam Gurinovichlar, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Aloiza Tyotka kabilar davom
ettirishdi. Eng muhimi, bu adiblar klassik adabiyotning estetik printsiplariga amal
qilganlar. Yanka Kupala Vataniga sadoqat ramzida «Igor jangnomasi» belorus tiliga
tarjima qilgan bo`lsa, Yakub Kolas «Yangi yer», «Simon muzikant» dostonlarini tugalladi.
XX asrning 20-yillarida adabiyot maydoniga K.Krapiva, K.Chorniy, A.Zaritskiy,
M.Linkov, shoirlardan A.Aleksandrovich, P.Glebka, P.Brovka, M.Xvedorovich o`zlarining
g`oyaviy sog`lom, badiiy jihatdan baquvvat asarlari bilan kirib keldilar. Ya.Movra,
A.Yakimovichlar belorus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar.
Dramaturgiyada V.Garbatsevich, ye.Romanovich, I.Gurstsiy, A.Zaritskiy, M.Gromshen
singari iste'dod egalari qalam tebratganlar. 1939-yilda G`arbiy Belorusiyaning Belorusiya
davlatiga qo`shilishi bilan adabiyot olamiga Maksim tank, F.Pestrak, M.Mashara,
A.Kuleshov, P.Panchenko, E.Ognetsvet, A.Staxovich, V.Kravchenko kabi yozuvchi va
shoirlar kirib keldi.
O`zbek-belorus adabiy hamkorligi kundan-kun yangi mohiyat kasb etib borayapti.
Belorus yozuvchilarining asarlari Mirtemir, Mirmuhsin, Mamarasul Boboyev, G`afur
G`ulom, Zulfiya tarjimasida o`zbek kitobxonlariga yetkazilgan bo`lsa, Alisher Navoiyning
«Farhod va Shirin» dostoni, Oybekning «Navoiy», Abdulla Qahhorning «Sinchalak»,
Sharof Rashidovning «Bo`rondan kuchli» asarlari Belorus adiblari tomonidan o`girilgan.
E.Ognetsvet «Salom O`zbekiston» she'rida o`zbek xalqiga bo`lgan muhabbatini
quyidagicha tasvirlaydi:
Menga atlas ko`ylak sovg`a qilibsan,
Shig`illashi menga shunday tuyuldi:
51
Aim.uz
Shahringda, Zulfiya, o`ynoqlab oqqan,
Sho`x Salor sharpasi kelganday bo`ldi.
1966-yil may oyida O`zbekistonda o`tkaziladigan belorus adabiyoti va san'ati
haftaligi bahonasida Yanka Kupala, Yakub Kolas, Kondrat Krapiva, miqola Avramchish,
Anton Balevich, Nina Taras kabi shoirlarning she'riy to`plamlari o`zbek tilida chop
ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: