O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

TURKMAN ADABIYOTI
Turkman   xalqi   O`rta   Osiyoda   qadimdan   yashab   kelayotgan   turkiy   tilda
so`zlashuvchi   xalqlardan   birijir.  Ochig`ini   tan   olish   kerakki,   turkman   xalqi   o`z   milliy
sofligini   milliy   adabiyoti   va   madaniyatini   saqlab   qolgan.   Turkman   xalq   og`zaki   ijodi
miloddan avvalgi asrlardan to hozirgacha mazkur xalqning hayotidan ma'lumot beruvchi
asosiy   manbadir.  Xalq   og`zaki   ijodida   ertak,   ashula,   qo`shiq   va   doston   janrlari   keng
21


Aim.uz
tarqalgan. Xalq dostonlarining bir qismi Sharq klassik adabiyoti asarlari va diniy kitoblar
(«Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho»), mazmunini qamrab olgan bo`lsa, bir qismi
uchun ertak va rivoyatlarning syujetlari asosiy manba bo`lib xizmat qilgan. («Shabnam va
G`arib», «Zuhro va Tohir», «Asli va Karam»).
«Go`ro`g`li»   siklidagi   dostonlar   alohida   o`rin   tutadi.     Unda   hikoya   qilinishicha,
qadim   zamonlarda   Chambil   mamlakatining   hokimi   Jig`alibek   qarigan   chog`ida
hokimiyatni   o`zining   sevimli   o`g`li   Adibekka   topshiradi.   Adibekning   xotini   farzand
ko`rishi oldidan vafot etadi. Tez ora adibek ham dunyodan o`tadi. Ko`p o`tma bir cho`pon
Adibekning otasi Jig`alibekka podadagi echkilardan biri kunda qabristonga borib, u yerda
nimanigdir bolasini emizib qaytishini xabar qildi. Tekshirib ko`rsalar, echki Adibekning
xotini qabridagi bir o`g`il bolani emizib kelarkan. Go`rda tug`ilgan bu bolaga birovlar
Ravshan,  boshqalar  Go`ro`g`li  deb  nom  qo`ydilar. Yoshlikdan   bu  bola   sog`lom,   sho`x
bo`lib o`sadi. Oradan bir qancha vaqt o`tib, u bobosi bilan Xunxor nomli podsho saroyida
yashab   yurgan   paytlarida   Jig`alibekka   yaxshi   toy   tanlashni   buyuradi.   Jig`alibek
ko`rimsizgina,  nimjon  toyni  tanlaydi. Jahli  chiqqan  podsho  Jig`alibekning  ikki  ko`zini
o`yib oladi. Bobosi tanlagan G`irotni parvarishlab, Go`ro`g`li yurtiga qaytadi.tez orada
amakasining o`rniga hokim bo`ladi. Xalq dostonlarida Go`ro`g`li hamma vaqt adolatli,
dono hukmdor tarzida tasvirlanadi. U ko`p yurishlarda, janglarda mardlik, qahramonlik
ko`rsatadi. «Go`ro`g`li» dostonlari qisman sha'riy, qisman nasriy usulda yaratilgan.
Yozma adabiyot XI-XII asrlarda dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari shoirlarning
ijodi   ta'sirida   turkiy   (chig`atoy)   tilida   yuzaga   keldi.   XIV   asrda   turkman   yozma
adabiyotining yirik vakillari Burhoniddin Sivosiy va Imoniddin Nasimiylar yashab ijod
etdilar. Agar Sivosiy birinchi bo`lib aruz vazinini she'riyatga olib kirgn bo`lsa, Nasimiy
o`zining tasavvufiy she'rlari bilan haqiqatni aytishga harakat qildi. turkman adabiyotining
dastlabki   bosqichlarida   nasihatgo`ylik   motivi   yetakchilik   qilardi.   Keyinchalik   Ozodiy,
Maxtumquli, Mullo Napas kabi shoirlar mavzuni dvom ettirishdi.
XVIII-XIX asrlar turkman adabiyotining eng taraqqiy etgan davri hisoblanadi. Bu
davrning mashhur vakili Nurmuhammad G`arib Andalib Alisher Navoiyning ana'analarini
saqlagan holda «Layli va Majnun» dostonini yozadi. Nasr bilan nazmni vobasta etgan
mazkur doston shoir vafotidan so`ng og`izdan-og`izga ko`chib, xalq orasida keng tarqaldi.
Andalibning zamondoshi Mamatsayid Ozodiy «Va'zi Ozodiy» asraida turkman va fors-
tojik   tillarida   ajoyib   asarlar   yaratgan   bo`lsa,   Maxtumquli   o`zining   bir-biridan   go`zal
she'rlari biln turkman adabiyotini yuqori cho`qqiga olib chiqdi. Xivadagi Sherg`ozixon
madrasasida tahsil olgan Maxtumquli Sharq mumtoz adabiyotining yozishmalarini chuqur
o`rganib, turrkman poeziyasini shaklan va mazmunan yangi pog`onaga olib chiqdi. G`azal,
ruboiy, qit'a kabi janrlarda yozilgan asarlarda bir-biridan teran mavzular ko`tarildi. O`sha
vaqtdayoq   turkman   xalqining   ozodligini   kuylashga   intilgan   Maxtumquli   «Chaqiriq»
she'rini yozgan edi. XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan Saidiy va Zeliliy Maxtumquli
an'analarining   davomchisi   edilar.   Mulla   Napas   o`z   asarlarida   turkmanlarning   tarqoq
qabilalarini   birlashib,   ozodlik   kurashiga   otlanishini   baralla   kuylaydi.   «Gelmisham»
dostonida bu g`oya oshiq Nepes va uning ma'shuqasi misolida o`z ifodasini topgan bo`lsa,
«Zuhro   va   Tohir»   da   turkman   xalqining   an'anasi,   urf-odatlari,   o`ziga   xosligi   yorqin
tasvirlangan.  Ammo   bu   asrlarga   yondashuv,  ularning   talqini   Sho`ro   davrida   batamom
o`zgacha edi. Ko`pgina adabiyotlarda yozilgan eiki, mazkur qahramonlar eski urf-odat va
zo`ravonlikning qurboni bo`lgan edilar. Boboxonga o`xshagan qonxo`r podsholar sevgi
22


Aim.uz
uchun   kurashgan   sevishganlarning   o`z   holiga   qo`ymaydi.   Bu   xildagi   talqin
zamonasozlikdan boshqa narsa emasligini bugungi hayot shiddati yaqqol ko`rsatadi.
Oktyabr to`ntarishidan so`ng ijodini davom ettirgan Miskin Qilich, Bayram, Shoir,
Ko`rmullo, Mullo Murt, Durdi Qilich kabi shoir zamonaga qarshi chiqa olmay barcha
kuylagan   mavzularda   asarlar   yozishdi.   Ko`rmulloning   «Bolshevik»,   Durdi   Qilichning
«Zolimlar», «Kambag`allar», Mullo Murtning «Turkmaniston uchun azizsan», «Ozodlik»,
Alamishevning   «Sona»,   «Qizlar   dunyosi»,   Berdi   Kerboboyevning   «Odatning   qurboni»
singari asarlar shu davr mahsulotidir.
Anton Chexov, Lev Tolstoy an'analarini davom ettirgan O.Durdiyev, N.Sarixonovlar
«Orzu»,   «Oq   uy»,   «Shirin»,   «Kuyov»,   «Boyning   g`azabi»,   «Shukur   baxshi»   kabi
asarlarini yozib, turkman adabiyotidagi yangi qirralarni namoyon etdi.
Vatan urushi yillarida turkman xalqining front va front ortidagi hayotni tasvirlovchi
Berdi   Keboboyevning   «Dadil   qadam»,   romani,   K.Burunovning   «Keymir   ko`r»,
T.Esanovaning   «Shammat»,   O.Kavshutovning   «Juma»,   A.Karlievning   «Oyna»   asarlari
yaratildi.  Ammo   sof   sho`ro   hukumatining   soxta   vatanparvarligi   ifodalangan,   an'anaviy
qahramonlik asarlari ham yozildi. Ular sirasiga B.Kerboboevning «Aylar», Ya.Nasirlining
«Leytenantning o`g`li», Sh.Kekirovning «Ivan tog`a», O.Kavshutovning «Kopegdog` yon-
bag`irlarida», Beki Saytoqovning «O`g`ilning sovg`asi» asarlari mansubdir.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish