XIX-XX ASR TOJIK ADABIYOTI
Bu davr adabiyotiga baho berish har tomonlama mantiq bilan ish yuritishni talab
qiladi. Avvalo, 1860-yillardan boshlab Rusiya imperiyasi yurtimizni bosib oldi. O`z-
o`zidan barcha narsalar shu buyuk davlat ravnaqiga sarflandi. Xalqning hayotiga, ma'naviy
dunyosiga batamom o`zga xalqning urf-odati-yu udumlari zo`rlab kiritildi. Ziyoli qatlami
mazkur holatdan chiqishning birdan-bir yo`li deb ma'rifatni tushunishadi. Shu bois
ma'rifatparvarlar bir bayroqostida birlashib, ijod qilishdi. Afsuski, mazkur
ma'rifatparvarlarning ijodi faqatgina istilochilar nuqtai nazaridan tahlil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |