O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

XX ASR TOJIK ADABIYOTI
Murakkabli   va   ko`p   qatlamligi   bilan   XX   asr   tojik   adabiyoti   namoyandalari
sermahsul ijod qildilar desak mubolag`a bo`lmaydi. Sadriddin Ayniy, Mirzo Tursunzoda,
Abdullays   Lohutiy,   Misaid   Mirshakar   kabi   adibu   shoirlar   garchand   sho`ro   davrini
kuylagan bo`lsa-da asarlarining qat-qatida yashirin ma'nolar ham mavjud.
SADRIDDIN AYNIY (1878-1954)
XX   asr   tojik   va   o`zbek   adabiyotining   buyuk   namoyandalaridan   biri   Sadriddin
Ayniydir. U o`zining «Doxunda», «Qullar» romanlari, «Odina», «Etim»,  «Sudxo`rning
o`limi» singari qissalari to`rt qismdan iborat «Esdaliklar» asarlari orqali yangi xildagi,
zamonaviy tojik adabiyotiga asos soldi, shuningdek, qardosh o`zbek madaniyati, adabiyoti
va san'ati taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko`rsatdi. Shu sabali Ayniy ijodi ikki xalq uchun ham
qadrlidir. U XX asrdagi o`zgarishlarning shohidi sifatida milliy ozodlik harakatini ham,
Oktyabr to`ntarishining fojeali oqibatlarini ham ko`rdi.
Sadriddin Ayniy 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi Soktare
qishlog`ida   tug`ilgan.   O`n   yil   davomida   Mir   Arab,   Olimjon   Badalbek,   Hoji   Zohid,
Ko`kaldosh madrasalarida tahsil oldi. Firdavsiy, Jomiy, Ro`dakiy, Navoiy kabi buyuk so`z
san'atkorlarining   asarlarini   qunt   bilan   o`qidi.   Uning   ilk   she'ri   1895-yilda   «Guli   surx»
sarlavhasi bilan dunyo yuzini ko`rdi. O`sha vaqtdagi siyosiy ahvolga to`g`ri baho berishda
Sadriddin  Ayniyga   ma'rifatparvar   shoir  Ahmad   Donishning   «Navodir   ul-vaqoe»,   Xoja
Marog`iyning   «Ibrohimbekning   sayohati»   asarlari   katta   dasturilamal   bo`ldi.   Sadriddin
Ayniyning asrimiz boshlaridagi faoliyati xalqni ilm-ma'rifatli qilishga bag`ishlangandir. U
Buxoroda   yangi   usuldagi   maktab   ochib,   «Yoshlar   tarbiyasi»   nomli   darsligini   tuzdi.
Adibning «Odina» (1924), «Qulbobo yoki ikki ozod» (1928) qissalari, «Doxunda» (1930),
«Qullar»   (1934)   romanlari   uning   nomini   jahonga   tanitdi.   Keyinchalik   «Etim»,
«Sudxo`rning o`limi» qissalari, «Esdaliklar» asar tojik va o`zbek adabiyotining sezilarli
yutuqlaridan biriga aylandi.
Sadriddin Ayniy Tojikiston Fanlar akdemiyasining haqiqiy a'zosi, O`zRFA faxriy
a'zoi   etib   saylangan.   Uning   «Tojik   adabiyotidan   namunalar»,   «Firdavsiy   va   uning
«Shohnoma»mi»,   «Kamol   Xo`jandiy»,   «Shayxurrais   Abu   Ali   ibn   Sino»,   «Ustod
Ro`dakiy», «Alisher Navoiy», «Mirza Abdulqodir Bedil» singari ilmiy tadqiqotlari hanuz
18


Aim.uz
o`z   ahamiyatining   yo`qotgani   yo`q.  Ayniy   Tojikiston   Fanlar   akademiyasining   birinchi
Prezidenti sifatida qardosh xalqi ilmi, madaniyati rivojiga samarali hissa qo`shdi. U Fitrat,
Abdulla   Qodiriy,   Cho`lpon,   Oybek,   G`afur   G`ulom,   Hamid   Olimjon   kabi   o`zbek
san'atkorlari, tala  tilshunos va adabiyotshunoslari bilan samarali ijodiy hamkorlik qildi.
ayniyning   deyarli   barcha   asarlari   o`zbek   va   chet   tillarga   nashr   etilgan.   O`zbek   tilida
adibning   8   jildlik   mukammal   asarlari   to`plami   nashr   etildi.     U   1954-yil   16-iyulda
Dushanbeda vafot etdi. Uning xotirasi xalq orasida abadiylashtirildi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish