Aim.uz
parishonu rangi za'faron. Yashash uchun majbur mavjud tuzumni maqtashgan. Mana bu
satrlarga e'tibor bersangiz maqsad yanada oydinlashadi:
Sen ham ulug` Sharqning haqiqiy o`g`li,
Qadim el farzandi ekaning to`g`ri!
Sening o`kangda ham har sahar yuvosh,
Ufqdan jilmayib chiqadi quyosh.
Sening o`lkangda ham bahor kuladi,
Tabiat jamoli nurga to`ladi.
U bahor quyoshi sochsa-da ziyo,
Umidlar daraxti ko`karmas aslo.
Undan mehnat ahli ko`rmaydi rohat.
Zolimlar cho`ntagi to`ladi faqat,
Bu xilda yashashlik sen uchun odat,
Kelgindilar esa topadi rohat.
Darhaqiqat, millat o`zligidan, millat merosu an'ana-urf-odatlaridan mahrum
etilgach, uning boshida nur sochgan quyosh qalbidagi muzni erita olmaydi, umidlar
daraxtini ko`kartirmaydi. «Kelgindi» lar uchun bu rohat. Shoir qarshilantirish usulidan
foydalanib, yana o`zining «ozod» yurtini, farovon hayotini maqtaydi:
Mening diyorimda o`zgacha bahor,
Bahorki, er-ayol yashar baxtiyor.
Tabiat yashnab, gul ochilishidan.
Ko`katdan turli hid sochilishidan.
Daryo, soylar to`lib mavjlanishidan,
Qushlarning
sayrashi avj olishidan,
Go`zalroq bahor bor - mehnat bahori.
Elim qozongan shon-shavkat bahori.
Ikki Sharqlik kishining siymosi sho`ro davrida jabrdiyda va jabr zulm qiluvchi
tarzida talqin etilgan. Aslida shoirning dardi, maqsadi o`zga. U do`st niqobini kiyib,
terisini shilgan, vahshiy, ochko`z, tekinxo`r, doimo uning don-dunini yig`adigan «do`sti»ni
tasvirlaydi. Shu boim «Nyu-Yorklik», «Londonlik» zolim deya murojaat etadi:
Do`st niqobin kiyib, bosib yeringni,
Shilib oladilar qotgan teringni.
Tunu kun vahshiydan ochko`z tekinxo`r,
Nyu-Yorklik, Londonlik zolimlar mudom.
Xalqingga qiladi ajalni «in'om»,
Shu sabab ko`zingda
tinmaydi yoshing,
Baland ko`tarilmas g`am boshgan boshing.
«Sho`ro Sharqining» yutuqlari ko`p, ya'ni xalqlar bir-biriga mehribon, bir Vatanda,
bir ulug` oilada, xavf-xatar yo`q, insonning qadri baland, bu yurtda har narsa muqaddas,
go`zal, qand kabi shirin. «Kosa tagida nim kosa» qabilidagi fikrlarda zikr etilganlarning
teskarisi ifodasini topadi. Ayni shu Moskvaning g`amxo`rligi bois azaldan bir-biriga
mehribon, quda-anda bo`lib kelgan xalqlar alohida jumhuriyat niqobi ostida ajratildi, bir
oila deb yashash garchi targ`ib etilsa ham bir millatning manfaati, , qarashlari, o`yu-fikri
yuqori mavqeni egalladi. Shu saba shoir «Shunday farq qiladi ikki Sharqimiz!», deb
alohida urg`u beradi.
20
Aim.uz
«Osiyo ovozi» asari lirik janrning eng go`zal namunasi bo`lish barobarida Mirzo
Tursunzodaning saohiyati baland shoirligidan dalolat. Birinchidan, unda Sharq mumtoz
adabiyotining azaliy an'anasi o`z ifodasini topgan. Ikkinchidan, Sharqning azaliy, qo`hna
va abadiy o`tmishi ta'sirchan ifodalangan. Uchinchidan, shiru, shakar, uslubi asarning
mavqeini ko`targan. To`rtinchidan, fors-tojik adabiyoti, qolaversa, dunyo adabiyotining
go`zal shoirlari Sa'diy, Hofizlarning uslubiy o`ziga xosligi aks ettirilgan. Asarning
nomlanishi- «Osiyo ovozi» da ham ayricha ma'no bor. «Osiyo ovozi»- Osiyoning azaliy,
qo`hna tarixi, buguni asardan-asrga sayqal topadigan tarixiy merosi, qadriyatlari.
Osiyo gapirar, tinglang ovozin!
Jo`shqin
daryo mavjin, hayqiriq sozin!
Osiyo uyg`ondi, uxlamas uyg`oq,
Bo`ldi rostlik, do`stlik u bilan o`rtoq.
Shoirning fikricha, Osiyo hamma vaqt uyg`oq, jo`shqin daryoga o`xshaydi. U hech
vaqt uxlagan emas. Shu bois unga qorong`i kecha, hayqiriqli to`lqin ta'sir qilmaydi.
Uyg`oqlikka ishonsang Hofizning baytlarini esaga ol:
Hofiz she'rin eslang-Sharq faryodin,
Chekkan nolasin, ohu dodin:
«Shabi toriku bimi mavju girdobe chunin hoil
Kujo donad holi mo sabukboroni sohilho».
(Tarjima: Tun qorong`u, to`lqin xavfi, girdob to`sig`i ko`z oldimizda, qirg`oqdagi
yuki yengil kishilar bizning ahvolimizni qayoqdan bilsinlar).
Osiyoni o`zining onasiday bilgan Mirzo Tursunzoda uni hech bir mamlakatga mengzita
olmaydi. Sabab u tengsiz, ta'rifga zor emas. Uning obod bog`i, mevali daraxtlari bor. Bu
bog`ni hech kim g`orat qilolmaydi. Asar oxirida shoir lirikk chekinish qilib, o`zining
go`zal qishlog`iga nazar tashlaydi:
Shu onda qishlog`im yodimga tushdi,
Zilol suv, irmog`im yodimga tushdi.
Yuksalgan tog`lari tushdi yodimga,
Qaynar buloqlari tushdi yodimga.
Suvi kiyikdan ham chaqqonroq yurar,
Tunda unda yulduz ko`rinib turar.
Garchand muallif asarida Moskvani ham kiritgan bo`lsa-da, o`zining baxtli
yashayotganini satrlarga singdirsa-da, mohiyat mazmunida erksevarlarning irodasini hech
narsa yenga olmaydi, Osiyo xalqlari shubhasiz mustaqillikka erishadi, degan g`oya
mavjud:
Lekin
irodani hech kim bukolmas,
Erksevarlar yo`lini hech kim to`solmas.
Erk! Deb yangramoqda Osiyo sasi,
Qayna, ey Osiyo xalqin nafasi!
Do'stlaringiz bilan baham: