yangi haqiqatlarni anglab olishiga yordam beradi. 1664 yilda uning
«Maksimalar yoki
axloqiy mushohadalar»
(«maksima» lotincha asosiy qoida, degan ma’noni anglatadi)
nomli mashhur kitobi nashr etiladi. Bundan tashqari uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Shahzoda de Marsiyyak madhiyasi» (1649 y), «Laroshfukoning o‘z portreti» (1658 y),
«Esdaliklar» (1662 y).
Laroshfukoning o‘zi tan olishicha, u aksariyat hikmatli so‘zlarni g‘azab otiga minib,
bekor o‘tirgan chog‘larida yozgan.
Faylasufning fe’l-atvori shu qadar tushkunlikka moyil bo‘lganki, uning kulganini yil
davomida atigi bir yoki ikki marta ko‘rishgan.
Lev Tolstoy Laroshfukoning hikmatli so‘zlar to‘plami bilan tanishgach, shunday deb
yozgandi: «… Garchi bu kitobda birgina haqiqat – izzattalablik inson xatti-harakatining
harakatlantiruvchi kuch degan g‘oya ilgari surilgan bo‘lsa-da, muallifning turlicha
yondashuvi tufayli bu fikr har gal yangicha va hayratlanarli bir tarzda talqin etilgan.
Ushbu kitobni zo‘r ishtiyoq bilan o‘qib chiqdim. U odamlarni nafaqat o‘ylashga, balki o‘z
fikrini aniq, jonli, lo‘nda va nafis tarzda ifodalashga o‘rgatadi. Uyg‘onish davridan buyon
Do'stlaringiz bilan baham: |