3.5. DPM kommunal nuqtai nazardan jihozlanishi
Har bir palataga issiq va sovuq suv beradigan qo’l yuvish chig’anoqlari
o’rnatilishi lozim. Devorlarning pardozi va pol yuzalari ularning tozaligini saqlash
uchun ishlov berishga qulay qilib jihozlanadi. Devorlarning bo’yog’i silliq,
yaltiramaydigan, yorug’ ranglarda bo’lishi talab etiladi (janubiy rumblarga qarab
qurilgan palata devorlarining bo’yoq ranglari sovuq tonlarda ya’ni ko’k-yashil,
shimoliy orientatsiyadagi palatalar uchun esa sariq ranglar). Palatalarning devorlari
0,8 m balandlikda moyli bo’yoq bilan bo’yalashi kerak.
Bemorlarni sifatli davolashdagi muhim sharoitlardan biri palatalarga toza
havoning kirib turishi va oqilona yaratilgan mikroiqlim sharoitlari hisoblanadi. Bir
bemor uchun havoni shamollatish hajmi soatiga 40-50 kub m dan kam bo’lmasligi,
havo almashtirish karraligi esa soatiga 2 tadan kam bo’lmasligi kerak. Bir soat
davomida xona havosini ikki martalik almashtirish tashkil etilganda palatadagi
havoning hajmi 1 ta bemor uchun 25-30 m
3
atrofida bo’ladi (AQSh, Germaniya,
Angliya). Frantsiya, Shvetsiya davlatlarida yangi qurilayotgan kasalxonalarda 1 ta
bemor uchun 23-25m
3
havo hajmi mo’ljallanadi. Shifoxonalardagi palatalarga
markazlashgan holda tozalangan havoni uzatish va xonadagi ifloslangan havoni
so’rib chiqarish shamollatish moslamalari orqali amalga oshiriladi. Bunda qish
kunlari beriladigan havo isitiladi, yoz kunlarida esa salqinlashtiriladi. Shamollatish
qanday moslamaga ega bo’lmasin, deraza oynalarining hammasi framuga yoki
deraza darchasiga ega bo’lishi lozim.
Bemor odam o’zining organizmidagi issiqlik almashinish jarayonini
boshqaraolmaydi yoki boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, u o’z organizmidagi
issiqlik muvozanatini boshqaraolmaydi. Bunda biz organizmda ro’y beradigan
issiqlikni ishlab chiqilishini va atrof muhitga uning uzatilishini nazarda
tutmoqdamiz. Shuning uchun palatalarda tashqi muhit sharoitini shunday tarzda
yaratish kerak-ki, u bemorlarda issiqlikni boshqarilish jarayonini zo’riqtirmasin.
Moskva
shahri
kasalxonalarida
bemorlarning
issiqqlikni
sezish
qobiliyatlarini o’rganishdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdi-ki,
126
qish fasli uchun havoning 50% lik nisbiy namligi sharoitida havoning komfortli
harorati 18,5-21
0
C ekanligi aniqlandi, yoz fasli uchun komfort chegara 24
0
C
atrofida bo’ladi.
Havoning harorati, uni almashtirish karraligi bir soat davomida shu
xonalarning qanday maqsadlarda foydalanilishiga bog’liq bo’ladi va bu me’yorlar
SanQ va M-0292-11 da o’z ifodasini topgandir (3.1.3-jadval).
3.1.3-jadval
Kasalxona xonalarning mikroiqlim ko’rsatkichlariga bo’lgan me’yorlar
Xonalar
Havo
harorati
Havo almashinish karraligi
Havo berish
Havo so’rish
Kattalar palatasi
20-22
0
C 1 koykaga 80m
3
Ikki karralik
Tireotoksikozli bemorlar uchun
palata
20-21
0
C
1 koykaga 80m
3
Ikki karralik
Jarrohlik, jarrohlikdan keyingi,
tug’ish zallari, kuyganlar palatasi,
jonlantirish palatasi
22-23
0
C
Soatiga
10
karradan
kam
bo’lmaslik
Yangi tug’ilgan, chala tug’ilgan,
ko’krak yoshidagi bolalar
palatalari
25-27
0
C
1 ta koykas uchun 80m
3
Yuqumli kasalliklar bo’limi
palatalari
22-24
0
C
2,5 2,5
Xodimlarning xonasi
23-24
0
C
1 1
Diagnostik labjratoriyalar
22-23
0
C
1 3
Sanitar ishlov berish
24-25
0
C
3 5
Murda saqlash xonasi
2
0
C
- 3
Xojatxona
18-20
0
C
O’zbekistonning issiq iqlimi sharoitida palatalardagi mikroiqlim sharoitlarini
tekshirish (Geller I.M., Lyubetskaya I.Z, 1956-1958) natijalariga ko’ra yoz faslida
havo harorati 30-35
0
C darajagacha ya’ni komfort me’yoridan 6-11
0
C gacha yuqori
bo’lishi kuzatilgan. Bunday nomuvofiq sharoitlar xonalarning sun’iy tarzda
sovutilishini (xona havosini konditsionerlashtirish, radiatsion sovutish), yozgi
xonalarni tashkil qilish, pavilon turidagi moslamalardan foydalanishni talab qiladi.
127
Jumladan, hozirgi kunda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy
markazi 800 o`ringa moljallangan bo`lib, yangi ammiakda ishlovchi havoni
sovutishning qayta yangilangan markazlashgan tizimi ishga tushirilgan. Havoning
bunday usulda sovutilishi inson salomatligiga zararining kamligi va ozon qatlamiga
hamda iqlim o`zgarishiga xavf solmaydigan ekologik sof texnologiy bo`lganligi
bilan ahamiyatlidir.
Jarrohlik, jonlantirish, xushsizlantirish xonalari va intensiv terapiya
palatalari havosini mo’tadillashtirish albatta zarurdir.
Kasalxonalar qurilishida markazlashtirilgan issiq suv orqali xonalarni isitish
keng ko’lamda foydalaniladi va bunda qish fasllarida turli maqsadalar uchun
foydalaniladigan xonalarda eng muvofiq mikroiqlim sharoitlarini yaratish mumkin.
Isitish asboblari odatda xonalarning tashqi devorlari yoki derazalar tagiga
joylashtiriladi va ular yuzasidagi harorat 85
0
Sdan ortib ketmasligi talab qilinadi.
Keyingi yillarda xonalarni isitish maqsadida xonalarning shifti, devorlari ichiga va
pollari tagiga isitish moslamasini o’rnatish sinab ko’rildi. Bunday isitish turida yoz
faslida xonalarning havosini moslamalar orqali sovuq suv yuritish orqali
salqinlashtirish ham mumkin, ammo bu turdagi isitish va sovutish turi ijobiy
baholanmayotir. Chunki devor orqali isitish turidan foydalanilganda devorlarning
harorati 33
0
C dan ortib ketmasligi kerak, tashqi devorning harorati esa 40-49
0
dan
oshmasligi lozim.
Palatalar tabiiy va sun’iy yoritilgan bo’lmog’i darkor, tabiiy yorug’likning
yetarli darajada bo’lishi uchun yorug’lik tushadigan oyna yuzasi pol yuzasiga
nisbatan 1:5, 1:6 nisbatda bo’lgandagina erishiladi (YoK). Sun’iy yoritilganlik esa
yoritish manbalaridan nurning xona devori yoki yoritish moslamalaridan qaytgan
nur hisobiga yoritilgan bo’lishi kerak. Yoritish asboblari bemor krovatining bosh
tomoniga o’rnatiladi, chunki xona bunday yoritilgan taqdirda manbadan
tarqalayotgan nur tutamlari bemorning ko’zini qamashtirmaydi. Bundan tashqari
palatalarda qo’shimcha tarzda tungi yoritish manbalarining bo’lishi ham maqsadga
128
muvofiqdir, bu manbadan tarqaladigan nurning jadalligi 3 lyuksgacha bo’lsa yetarli
hisoblanadi.
Bo’limlarda normal tartibni o’rnatish uchun palatalar koridorining bo’lishi
katta ahamiyatga egadir, chunki bunda hamma palatalarning hamda bo’limdagi
yordamchi xonalarning yeshiklarini shu koridorga chiqishi nazarda tutiladi. Shu
bilan birga koridor palatalar uchun toza havo bilan ta’minlovchi manba bo’lib
xizmat qiladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun bo’limdagi palatalar va
yordamchi xonalar koridor bo’ylab ikki tomonlama joylashtirilgan bo’lmog’i
darkor. Agar koridor bo’ylab xonalar bir tomonlama qilib joylashtirilgan bo’lsa,
xonalarning tabiiy shamollatilishi uchun eng yaxshi sharoit va koridorning doimo
yorug’ bo’lib turishi ta’minlanadi. Shuning uchun bizning iqlim sharoitimizda
bo’lim bo’ylab qisman ikki tomonlama qurilishni amalga oshirishga ruxsat etiladi:
bunda koridor uzunligining 60% da ikki tomonlama qurilishni tashkil etish
mumkin. Odatda koridorlarning kengligi me’yor bo’yicha 2 metrdan (poliklinika)
2,8m gacha (operatsiya bloki) bo’lishi kerak.
Sog’ayib borayotgan bemorlar uchun alohida palatalar tashkil qilinishi va
uning kattaligi 15m
2
dan kam bo’lmasligi lozim. Bemorlarni ovqatlantirish xonasi
bo’lim bo’yicha bitta bo’lsa yetarli deb hisoblanadi, unda ovqatlanishni tashkil
qilish va ovqat ist’emol qilishni davolovchi tadbir sifatida baholash kerak, chunki
bemorlarning ovqatxonaga chiqib ovqatlanishi undagi kasallikni sog’ayishga
o’tishidagi muhim davr ya’ni bosqich deb baholanishi kerak. Bo’lim ovqatxonasi
bo’limdagi umumiy koykalar sonining kam deganda 50% ga hisoblab tashkil
etiladi va u bir uchun 1,2 m
2
ni tashkil qilishi kerak.
Bo’lim xojatxonasi eng uzoqda joylashgan palatadan 25m dan ortiq
masofada bo’lmasligi kerak va uning tarkibida vannaxona (25 ta bemorga 1 ta,
yuvinish chig’anog’i (12 ta bemorga 1 ta jo’mrak), xojatxona (1 ta unitaz 10-15 ta
bemorga), ayollar uchun esa gigiyena xonasi tashkil etilgan bo’lishi kerak.
Bo’limdagi xodimlar uchun alohida xojatxona tashkil etilishi maqsadga
muvofiqdir.
129
Kasalxonalarning sanitar obodonlashtirilishiga doir muhim elementlaridan
biri uning sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, hamda kasalxonada hosil
bo’ladigan qattiq va suyuq chiqindilardan tozalashdir.
Davolash muassasalarining barchasi markazlashgan suv ta’minotiga, issiq
suv ta’minoti va kanalizatsiyaga ega bo’lishi kerak. Kasalxonada issiq va sovuq
suvni sarflash me’yorlari bo’limlarning turiga qarab, har bitta koyka hisobidan
tashkil qilinadi: mas., yuqumli kasalliklar bo’limlari va balchiq bilan davolash
shifoxonalarida 1 ta koyka uchun kuniga 500 l dan kam bo’lmagan suv sarfi
belgilangan bo’lsa, somatik kasalxonalar uchun 230-250 l qilib me’yor
belgilangan.
Kasalxonalarda hosil bo’ladigan chiqindi suvlar umumiy kanalizatsiyaga
oqizilishi kerak. Bunda ko’p profilli va ko’p koykali kasalxonalarning
ovqatxonalaridan hosil bo’ladigan chiqindi suvlari avval yog’sizlantirilishi lozim,
yuqumli kasalliklarni davolash bo’limlaridan chiqariladigan chiqindi suvlar
zararsizlantirilishi va so’ngra umumiy kanalizatsiya quvuriga oqiziladi.
Kasalxonalarda sanitariya-epidemiologiya tartibiga rioya qilish uchun hosil
bo’ladigan qattiq chiqindilardan tozalash va ularni tashqariga chiqarib
zararsizlantirish muhim ahamiyatga egadir. Markazlashtirilgan holda ahlatlar va
chiqindilarni yig’ish va chetlatishga doir xizmatchilar bo’lgan taqdirda ahlatlarni
maxsus yashiklarga yoki konteynerlarga yig’iladi va maxsus transport vositalari
yordamida uzohlashtiriladi. Agar bunday xizmat turi bo’lmasa, kasalxonaning
xo’jalik zonasi hududida ahlatlarni yoqish pechlarini qurish nazarda tutiladi va bu
ob’ekt kasalxonadagi davolash bo’limlaridan kam deganda 30m uzoqlikda qurilishi
kerak. Jarrohlik bo’limlari, tug’ruqxonalardan hosil bo’ladigan qattiq chiqindilar
albatta yoqib yuborilishi kerak. Yuqumli kasalliklar bo’limlaridan hosil bo’ladigan
chiqindilar alohida ahlat to’plash joylarida to’planadi va keyinchalik
zararsizlantiriladi. Bo’limlardagi xonalar, palatalar va u yerdagi yumshoq
inventarlarni changlardan tozalashdagi eng yaxshi usul chang so’rg’ichlari orqali
uzoqlashtirish yoki yo’qotish hisoblanadi.
130
600 tadan ortiq koykasi bo’lgan kasalxonalarda markazlashtirilgan chang
so’rish moslamalarini tashkil qilish nazarda tutiladi va bunday sharoitda chang
tozalash moslamalaridan hosil bo’ladigan shovqin darajasi palatalarda 45 dB dan
ortiq bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |