3.Aralash
turdagi qurilishda kasalxonaning barcha asosiy somatik bo’limlari
bosh binoda, yuqumli kasalliklar, bolalar, tug’riqxona va poliklinikaga doir
bo’limlar alohida binolarda joylashtiriladi.
Markazlashgan va markazlashmagan turdagi kasalxonalardagi eng ijobiy
tomonlarni aralash turga kiruvchi kasalxonalar qurilishi o’zida mujassamlashtirgan
bo’lib, bunday kasalxona tarkibida o’zida barcha somatik bo’limlarni
joylashtiradigan bosh bino, hamda alohida qurilgan binolarda tug’ruqxona, bolalar
bo’limi, yuqumli kasalliklar bo’limi, dorixona, klinik laboratoriya va b. tashkil
etiladi. Bunday turdagi kasalxonalar qurilishi bizning respublikamizda keng
tarqalganligi bilan ahamiyatlidir. Keyingi o’n yilliklar mobaynida yirik davolash
majmualarini qurishda markazlashgan blok tizimidagi qurilish keng ko’lamda
qo’llanmoqda. Bunday turdagi kasalxonalarda alohida-alohida qurilgan va yonma-
yon joylashgan binolar bir-biri bilan maxsus o’tish yo’llari orqali bog’langandir
(mas., TTA klinikasi, RSHTYoIM (avvalgi 16-shahar shifoxonasi).
Kasalxonalarni joylashtirish uchun eng yaxshi sharoit aholi yashash
joylarining chetrog’idan tanlanganda yaratiladi. Ammo, shahar ichidagi kvartal
ya’ni iloji boricha bir kvartalnnig o’zi shifoxona uchun ajratilgan bo’lsa va bu joy
yashil o’simliklarga boy bo’lsa maqsadga juda muvofiq tushgan bo’ladi. har
qanday holda ham kasalxona uchun keladigan yo’llar iloji boricha qulay, keng
bo’lmog’i lozim.
120
Ixtisoslashtirilgan 1000 ta o’ringa mo’ljallangan bemor uzoq muddat
davomida davolanadigan kasalxonalar, maxsus tartibga ega bo’lgan (ruhiy,
yuqumli, sil, onkologik, teri-tanosil kasalliklar kasalxonalari shahar cherlarida yoki
yashil zonada aholi yashash joylaridan 500m uzoqlikda qurish maqsadga
muovfiqdir.
Kasalxona uchastkasi shovqin tarqatuvchi, atrof muhitni ifloslovchi
manbalardan uzoqroqda bo’lishi, sanoat korxonalari, transport qatnovi jadal
bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir
ishlab chiqarish zonalaridan uzoqda ya’ni sanitar-himoya zonasi talablariga rioya
qilgan holda qurish talab etiladi. Qurilish uchastkasini tanlashda shu joyning
shamollar guliga rioya qilishini lozim.
Korxonalarning sanitar tasnifi va sanitar-himoya zonalarining o`lchami SN-
245-71 da batafsil bayon kilingan.
Murakkab efirlar, su’niy teri, rangli metallar bilan ishlanadigan korxonalar
uchun sanitar-himoya zonasi 500m atrofida tashkil etiladi. 300m atrofida tashkil
etiladigan sanitar-himoya zonalari – cho’yan eritish, yog’och mahsulotlari, jun
mahsulotlarini, yog’ochdan olinadigan mahsulotlarni jipslashtirish uchun sintetik
smolalardan foydalanadigan korxonalar uchun ajratiladi.
100m sanitar-himoya zonalari metallarga ishlov berish sanoati, issiq sexlarga
ega bo’lgan korxonalar bo’yash va oqlash sexlariga ega bo’lgan to’qimachilik
korxonalari uchun ajratiladi.
50m li sanitar-himoya zonasi eritish sexlari bo’lmagan metallga ishlov berish
korxonalariga xosdir.
Qishloq xo’jaligiga doir korxonalar uchun:
1000m li zona parrandachilik fabrikalari;
500m li zona cho’chqachilik fermalari;
300m li zona qora mollar uchun fermalar;
100m li zona otxonalar, garajlar va texnik xizmat bo’yicha parklar;
121
50m li zona qishloq xo’jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar uchundir.
Kanalizatsiyaga doir chiqindi suvlarini tozalash korxonalarining quvvati 0,2
ming m
3
dan 50-500000m
3
gacha suvni kun davomida tozalash quvvatiga ega
bo’lsa, himoya-zonasi 150-400m atrofida va chiqindi suvlarini mexanik tozalash
inshootlari bo’lgan korxonalar uchun 200-1000m gacha qilib beriladi.
Qanday turdagi kasalxona qurilish bo’lishidan qat’iy nazar yer uchastkasining
maydoni yetarli va normativlarga muvofiq ajratilishi kerak.
Kasalxonaning yer uchastkasida quyidagi zonalar alohida ajratilishi kerak:
-yuqumli bo’lmagan davolash korpuslari zonasi
-yuqumli kasalliklarni davolovchi binolar zonasi
-bog’-park zonasi (er uchastkasining kam deganda 50% maydoni)
-poliklinika zonasi
-xo’jalik zonasi
-injenerlik inshootlari zonasi
Binolar orasidagi masofa 25-30m dan kam bo’lmasligi kerak, ammo binolar
ko’p qavatli bo’lsa, yonma-yon joylashgan binoning eng balandini 2,5-3 martalik
balandiligidan kam bo’lmasligi talab etiladi. Kasalxona uchun ajratilgan yer
uchastkasida binolarning o’zaro joylashishi shunday bo’lishi kerak-ki, yuqumli
kasalliklar bo’limlari yuqumsiz kasalliklar bo’limlaridan qat’iyan ajratilishi lozim.
Kasalxona tarkibidagi hamma binolarni qurish uchun ajratiladigan yer maydoni
umumiy maydonning 12-15% dan oshmasligi kerak.
Binolarning orientatsiyasiga katta e’tibor qaratish lozim, ayniqsa kasalxona
tarkibiga kiruvchi ayrim xonalar uchun, chunonchi intensiv terapiya palatalari
uchun g’arbiy orientatsiyaga umuman yo’l qo’yilmasligi kerak, huddi shunday
talab 3 yoshgacha bo’lgan bolalar palatalari bo’limi, bolalarning o’ynash xonalari
va h.k. Bizning respublikamizda jarrohlik, jonlantirish zallari, sektsion xonalar
uchun shimoliy, shimoli-sharqiy, shimoli-g’arbiy orientatsiyalarning bo’lishi
maqsadga muvofiqdir. Qolgan hamma xonalarning derazalari dunyoning hamma
tomonlariga qarab qurilishi mumkin, ammo IV iqlim kengligi sharoitida
122
xonalardagi mikroiqlimni yaxshilash uchun yozgi binolar, terassa, ayvonlar,
lodjiyalarni qurish va jihozlashni nazarda tutish kerak. Ruhiy kasalliklar va
onkologik bemorlarni davolash bo’limlari yoki shifoxonalari bundan mustasno.
Bemorlarga eng muvofiq sharoitni yaratish uchun yashil o’simliklarning
ahamiyati nihoyatda kattadir. Kasalxona uchastkasini ko’kalamzorlashtirish orqali
shu yerning mikroiqlimini yaxshilashga erishish mumkin, bundan tashqari yashil
o’simliklarning barglari havo tarkibida bo’ladigan chang zarrachalarini, ifloslanish
orqali havo muhitiga o’tuvchi zaharli kimyoviy moddalarni pasaytirishda muhim
gigiyenik ahamiyatga egadir. Shu bilan birga yashil o’simliklar havo muhiti orqali
tarqaluvchi mikroorganizmlarni yo’qotishda ahamiyat kasb etadi. Kasalxona
uchastkasining tevarak atrofi yoki perimetri bo’ylab yashil o’simliklar tasmasini
(zonasini) tashkil etish lozim, buning uchun yashil o’simliklar ekilgan tasma
maydonining kengligi 10-15m ni tashkil etmog’i kerak, kasalxona uchastkasining
o’zida esa yashil o’simliklarning zonasi uchun kam deganda 50% yer maydoni
ajratilishi kerak.
Binolarning ichki rejasi, xonalarning tarkibi bo’limning qaysi kasallikni
davolash uchun mo’ljallanganligi bo’yicha aniqlanadi. Davolash bo’limlarini
rejalashtirishning asosida bemorlarning tinchligini ta’minlash, bemorlar va
xodimlarning harakatini to’g’ri tashkil qilish yotadi. Palatalar bo’limiga kam
deganda ikkita kirish yo’li tashkil etish maqsadga muvofiqdir: bemorlar uchun
kirish yo’li binoning yon tomonidan, xodimlar va bemorlarning oldiga keluvchilar
uchun esa asosiy kirish eshigi mo’ljallanadi. Agar kasalxona markazlashgan turda
qurilgan va jihozlangan bo’lsa, u holda binoning yuqori qavatlari statsionarlar
uchun, pastki birinchi qavat xonalari tashhis qo’yish va xo’jalik bo’limlari uchun
xizmat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |