8.7. Laboratoriya tekshirishlari uchun tuproqdan namuna olish
Tuproqning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini tekshirish uchun
tuproqdan namuna olish 2 ta 25 m
2
li maydonda amalga oshiriladi. Maydonning
bittasi atrof muhitni ifloslovchi manbaga yaqin, ikkinchisi undan uzoqda bo’lishi
kerak. Tuproqdan namuna tanlangan joyning diagonallari bo’yicha tuproq burg’isi,
parmalovchi asbob yoki belkurak yordamida olinadi (8.7.1-rasm). Namunalar 5-8
joydan 0,8-1,5 kg atrofida olinadi. O’rtacha namuna miqdori 1-1,5 kg bo’lib, bu
namunalar har xil chuqurlikdan (0,25; 0,75; 1; 1,5m ) va tekshirish maqsadiga
ko’ra undan chuqurroq qismlaridan ham olinishi mumkin (8.7.2-rasm).
8.7.1-rasm. Tuproq burg’isi, parmalovchi asbob va belkurak.
498
8.7.2-rasm. Tuproqdan namuna olish
Olingan namunalar qopqog’i yaxshi yopiladigan bankalarga yoki polietilen
qopchalarga solinib, og’zi mahkam berkitiladi, raqamlanadi va kuzatuv xati
solinadi. Kuzatuv xatida namuna olingan joy chuqurligi, vaqti, tuproqdan namuna
olinayotgan vaqtdagi meterologik sharoitlar ham yozib qo’yiladi.
Kuzatuv xati:
- Masalan: Yer maydoni ….m
2
bulgan uchastkadan tuproq namuna olindi. Namuna
olishdan maqsad… Maydonni ifloslantiruvchi manbalar … (bor, yo`q). Tuproqdan
namuna …. kg olindi, … metr chuqurliklardan
Laboratoriyada tajriba o’tkazish uchun tuproq namunasi tabiiy sharoitlarda
yaxshi quritilgan bo’lishi kerak.
Bakteriologik tekshiruvlar uchun olingan tuproq namunalari sterillangan
asbob va idishlarga olinishi kerak. Olingan namunalar hajmi 200-300 sm
3
bo’lishi
lozim. Olingan namunalarning saqlanish muddati 1-20C haroratda 24 soatgacha.
Amaliy ko’nikmalar
1. Laboratoriya tekshirishlari uchun tuproq namunalarini olish:
- 25 kv.m 2 ta maydonchani belgilash (tekshiriluvchi va «nazorat»-toza
maydoncha);
- Har bir maydonchada 5 tadan nuqta belgilash (konvert usuli);
- Har bir nuqtada 0,3x0,3x0,2m li chuqurcha qazish;
499
- Pichoq bilan chuqurcha devorining yuzasi tozalanib, keraqli chuqurlikdan 300-
350g namuna olish;
- 5 ta nuqtadan olingan namunalar qo’shilib, aralashtirilib, 1 kg dan kam
bo’lmagan o’rtacha namuna olish, polietilen qopchalarga joylashtirish;
- Kuzatuv xatini rasmiylashtirish (namuna kim tomonidan, qachon, qaerdan
olinganli, namuna olish vaqtidagi ob-havo sharoiti, namunaning hajmi, namuna
olish chuqurligi va laboratoriyaga qanday tekshiruvlar uchun jo’natilayotganligi);
- Namunani laboratoriyaga jo’natish.
2. Tuproqning fizik-mexanik xossalarini aniqlash:
a) Tuproqning donadorligini aniqlash:
- Havoda quritilgan tuproqdan 200-300g tortish:
- Elaqlar to’plamidan olingan namunani o’tkazish:
- Har bir elakda ushlanib qolgan tuproq fraktsiyalarining massasini aniqlash:
- Fraktsiyalarni o’zaro % lardagi nisbatini hisoblash.
b) Tuproqning g’ovaqliligini aniqlash:
- Silindrga 200 kub sm tuproq (a) va shu silindrga 300 ml suv solish (v);
- Umumiy hajmni topish (s);
- Tuproqning g’ovaqliligini formula bo’yicha hisoblash
X = (V-S) x 100 / A; %
Mavzu bo’yicha test topshiriqlari
500
Tuproqning gigiyenik ahamiyatga ega bo’lgan xossalarini ayting:
A) fizik-mexanik, kimyoviy, mikrobiologikhisob
B) fizik-mexanik, tuzli tarkibi, radioaktivlik
D) fizik-mexanik, mikrobiologik, fiziologik
E) kimyoviy, mikrobiologik
2. Tuproqning fizik-mexanik xossalari qaysi javobda to’liq berilgan:
A) donadorligi, suv ushlash xususiyati, namligi, g’ovaqliligi, suv o’tkazuvchanligi,
kapillyarlikhisob
B) donadorligi, namligi, tuzli tarkibi
D) g’ovaqliligi, suv o’tkazuvchanligi, namligi, ifloslanishi
E) suv o’tkazuvchanligi, namligi
3. Yirik donador tuproq uchun xos bo’lgan xususiyatlar:
A) suv va havo o’tkazuvchanlik juda yaxshi, havo almashinuvi tez boradi va tez
quriydihisob
B) suv o’tkazuvchanligi yuqori, havo almashinuvi sekin boradi, namligi yuqori
D) havo o’tkazuvchanligi tez, sekin quriydi, uy-joy qurilish uchun yaroqsiz
E) bunday tuproq tez ifloslanadi, suvni sekin tortadi, havo tez almashinadi
4. Binolarni qurilishida tuproqning asosan qaysi gigiyenik xususiyati hisobga
olinadi:
A) kapillyarligi, suv o’tkazuvchanligihisob
B) havo o’tkazuvchanligi, donadorligi, tarkibi
D) g’ovaqliligi
E) donadorligi
5. Tuproqning g’ovaqliligi – bu:
A) namuna tuproqning g’ovaqlarini, shu miqdordagi tuproqning hajmiga bo’lgan
nisbati bo’lib, foizlarda ifodalanadihisob
B) tuproqning g’ovaqlarni suv bilan to’liq shimilish xususiyati
D) tuproqni orasidan havo va suvni o’tib ketish xususiyatini shu miqdordagi
tuproqning hajmiga nisbati
501
E) javoblarni barchasi to’g’ri
6. Tuproqning donadorligini baholash uchun qaysi asbob jihozlar kerak:
A) tuproq uchun elaqlar to’plami, o’lchov tarozi va toshchalarihisob
B) tuproq, metall shtativ, o’lchov silindri
D) elaqlar to’plami, o’lchov silindri, shisha naychalari, o’lchov tarozisi
E) quritish shkafi, tarozi, metall shtativ
Nazorat savollari:
Tuproqga gigiyenik ta’rif bering.
Tuproqning fizik-mexanik xossalarini ayting.
Tuproqning o’z-o’zidan tozalanish jarayonini tushuntirib bering.
Yuqumli bo’lmagan endemik kasalliklar va ularni oldini olish tadbirlari haqida
tushuncha bering.
Inson ekologiyasi haqida tushuncha bering.
ITT asosiy negativ oqibatlari nimadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |