6.6.
Bolalar muassasalarini loyihalashtirish, jihozlanishiga gigiyenik
talablar
Bolalar muassasalari ta’lim tarbiya muassasasi hisoblanib bolani shaxs
sifatida rnivojlantirish asoslarini shakllantirish, uni bilimga bo’lgan qiziqishlarin,
madaniy etnik ehtiyojlarini, birlamchi mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish,
salomatligini saqlash va mustahkamlash uning vazifasi bo’lib hisoblanadi. Bu
rejalarni amalga oshirish uchun maktabgacha bolalar muassasalari, umumta’lim
maktablari, «maktab-bog’cha» turidagi o’quv tarbiya muassasalari, kasb-texnik
kolledjlari, akademik litseylar qurish va qayta qurish lozim bo’ladi.
298
Shuning uchun bolalar va o’smirlar gigiyenasi vrachlari faoliyatida bolalar
va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurish ustidan ogohlantiruvchi
sanitariya nazoratini o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurilishiga gigiyenik
talablar:
1. O’quv tarbiyaviy muassasalari loyihalari turlari ularning nechta o’ringa
mo’ljallanganligiga qarab ishlab chikiladi. Bu aholini yashash joyiga qarab (shahar,
qishloq va h.k.) to’g’ri keladigan loyiha tanlashga imkon beradi.
2. Bolalar va o’smirlar muassasalarini aholi yashash kvartallari ichida
joylashtirganda havo muhitining holati, shovqin bo’lishi, uylardan kelish qulay
bo’lishi, ko’chada jarohatlanishning oldini olish hisobga olinishi kerak. Bunda
bolalar muassasasining hamma tomonidan perimetri bo’yicha uylar o’rab turadi,
transport magistrlari esa 100 m dan uzoqroqdan o’tadi. Bolalar muassasasini
kvartallar ichidagi yo’l yuzasida joylashtirish mumkin, lekin bu kichikroq yo’llar
bo’lib, ahyon-ahyonda faqat yengil transport yuradigan bo’lishi kerak .
3. Kvartallar aro kattaroq, doim transport serqatnov bo’lgan yo’l yuzlarida
joylashtirish mumkin emas. Bu yo’llardan eng kam masofa 500 m bo’lishi kerak.
4. Barcha bolalar va o’smirlar muassasasining albatta yer uchastkasi bo’lishi kerak.
Yer uchastkasidan yil davomida o’quv –tarbiya ishlari mehnat va jismoniy tarbiya,
to’la qonli faol dam olish, bolalarni chiniqtirish va boshqa sog’lomlashtirish
tadbirlarini o’tkazish maqsadida foydalaniladi. Har bir bolalar muassasasining
yer uchastkasi o’lchami rejalashtirilishi, jihozlari ulardagi o’quv-tarbiyaviy
ishlarning xususiyatiga bog’liq bo’ladi va o’ziga xos sanitariya normalari bilan
belgilangan.
5. Yer uchastkasi albatta ko’kalamzorlashtirishgan bo’lishi kerak, chunki yashil
o’simliklar mikroiqlimni yaxshilaydi, havoda yengil ionlar sonini ko’paytiradi,
organizm tonusini oshiradi, gazlanish va changlanishni kamaytiradi, shovqinni
yutish va to’sish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ular shovqin darajasini
299
pasaytiradi.
gigiyenik
talab
va
me’yorlar bo’yicha yer maydonining
ko’kalamzorlashtirilgan maydoni 50% bo’lishi kerak.
6. Muassasa binosi yer maydonida qizil chiziqdan 25 m chetlatib quriladi.
7. Atrofdagi yer maydoning perimetrii bo’ylab yashil o’simliklarni bo’lishi
ko’chadagi shovqin va ifloslanishlardan yaxshi himoyalanishini ta’minlaydi.
Binoning arxitektura – rejali tuzilishi quyidagilar bilan belgilanadi:
- bolalar jamoalarining yosh asosida ajratilgan bo’lishi ta’minlangan
- turli xonalarning ishlatilish maqsadga qarab birlashtirilishi
- asosiy xonalarni ularga kamroq shovqin va ifloslanishlar kirishini hisobga olib
ratsional joylashtirish
- binoda bolalar harakat qilish yunalishlari qarama-qarshiliklariga yo’l qo’ymasdan
ba’zi bir xonalar o’rtasida qulay va funktsional bog’lanishlar bo’lishini ta’minlash;
- yorug’lik tartibini ta’minlashni optimal hal qilish (derazalarni to’g’ri
orientatsiyalash imkoniyati, yetarlicha yorug’lik koeffitsienti va tabiiy yoritilish
koeffitsientini ta’minlash, insolyatsiya davomiyligini hisobga olish va boshqalar).
- havo issiqlik tartibini ratsional hal qilish (havoning turli xil xonalarda hajmi
yetarli bo’lishi, uni bolalar xonada o’tirganlarida almashtirish, ular chiqib
ketganlarida esa shamollatish imkoni bo’lishi lozim).
8. Bino asosiy xonalari qaysi tomonga orientatsiyalanishini hal qilganda optimal
yoritilish, insolyatsiyalanish va bu omillarining havo muhitiga qanday ta’sir qilishi
mumkinligi hisobga olinadi.
300
Quyosh nurlarining organizmning tonusi va kasalliklarga qarshi kurashish
xususiyatlarini oshirishi hammaga ma’lum.
Ultrabinafsha nurlar «D» provitaminni «D» vitaminga aylantiradi. Shuning
uchun suyaklarning o’sishi va shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar esa mikroblarga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari, tabiiy yoritilganlikning ruhiy ta’siri ham bor, yetarlicha yorug’
xonalarda odamlarning yaxshi, ko’tarinki kayfiyati bo’ladi.Barcha iqlim hududlari
uchun bolalar muassasalari asosiy xonalari uchun janubiy va janubiy-sharqiy
orientatsiya optimal deb hisoblanadi. Chunki bunda o’quv jarayoni kechish
vaqtlarida, kunning birinchi yarmida xonalar yaxshi yoritilgan bo’ladi. Janubiy
orientatsiyalangan xonalarda kuz, qish va bahor fasllarida insolyatsiya vaqti uzoq
bo’ladi.
Bunda xonalar havosi quyosh nurlari bilan yetarlicha isitilganligi uchun
xonalarning deraza, eshiklarini ochib, tez-tez shamollatib turish mumkin.II. III va
IV zonalarida xonalarning derazalarini g’arbga qaratib qurish mumkin emas.
Chunki bunda kunning ikkinchi yarmida quyosh nurlari xonaning eng cheka
burchaqlarigacha kirib, uni kuchli isitib yuboradi. Bolalar qisqa muddat bo’ladigan
va ularning ishlashlari uchun tekis, tarqoq yorug’lik kerak bo’ladigan sinf
xonalarining derazalarigina shimol tomonga qaratib qurish mumkin. Masalan,
kabinetlar, chizmachilik, rassomlik xonalari, ovqat tayyorlash, kir yuvish xonalar
uchun esa shimoliy orientatsiya optimal hisoblanadi.
Ikkita yonma-yon yoki qarama-qarshi devorlarida derazalari bo’lgan xonalar
orientatsiyasini istagancha qilish mumkin va bu xonalarni shamollatish qulay.
Bizning IV iqlim zonamizda tik tushuvchi quyosh nurlaridan saqlanish uchun
o’quv xonalari derazalariga quyoshni to’suvchi moslamalar o’rnatiladi (jalyuzalar
va h.k.).
IV iqlim mintaqasida maktab va Bog’chalarning xonalari derazalarining optimal va
yo’l qo’yish mumkin bo’lgan orientatsiyalari 6.6.3. – jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |