Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 –Mavzu: Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari. va ularni tadqiq etish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

5 –Mavzu: Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari. va ularni tadqiq etish 
metodlari 
Reja: 
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik 
muammolari. 
2. 
Olimlar tomonidan ilmiy pedagogik tadqiqotlar uch guruhga bo‘linishi. 
3
.
Pedagogik tadqiqot metodlari amalda nazariy va empirik turlarga bo‘linishi. 
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari. 
Ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligini  oshirish  muammosi  shu  paytgacha  pedagogik 
jarayonning  alohida  elementlarini  takomillashtirish,  o‘qish  muddatini  oshirish,  o‘quv  guruhida 
o‘quvchilar  sonini  kamaytirish,  tor  ixtisosliklarini  kiritish,  yangi  shakl,  metod  va    vositalardan 
foydalanish yo‘lidagi izlanishlar kabi yo‘llar bilan amalga oshirilgan.
 
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ilmiy tashkil etish quyidagilarni nazarda 
tutadi: 
-  o‘quvchilar,  o‘qituvchilar  va  muhandis-pedagoglar  ishlashi  uchun  imkon  qadar  yaxshi 
shart-sharoit yaratish; 
-  o‘quv  kabinetlari,  laboratoriyalar  va  ustaxonalarini  tashkil  etish,  ularni  davr  va  istiqbol 
talablari darajasida jihozlash; 
-    o‘quv  ustaxonalari,  laboratoriya,  mashq  maydonlari  va  kabinetlarni  zamon  fani, 
texnikasiga mushtarak jihozlar, priborlar, mexanizmlar, moslamalar, asbob-uskunalar, ko‘rsatmali 
qo‘llanmalar, texnik vositalar bilan jihozlash
-  zamonaviy  fiziologik,  sanitariya-gigiyena  va  estetik  talablar  asosida  o‘quv  xonalari, 
laboratoryailar, ustaxonalar uchun mebellar tayyorlash; 
-  har  bir  o‘quv  kabineti,  ustaxona,  laboratoriyalarda  o‘qituvchi,  muhandis-pedagoglar  va 
o‘quvchilar uchun barcha zaruriy  asbob-uskunalarga ega ishchi o‘rinlarini tashkil etish
-  oqilona  mehnat  va  dam  olish,  shuningdek  sanitariya-gigiyena    shart-    sharoitlarini 
yaratish; 
- ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z vaqtida sifatli materiallar, asbob- uskunalar, o‘quv-meyoriy, 
texnik-texnologik  hujjatlar  va  o‘quv  ma’lumotnoma  adabiyotlari  bilan  ta’minlanishini  yo‘lga 
qo‘yish, laboratoriya amaliy  ishlarini oldindan tayyorlab qo‘yish va h.k. Shu sohadagi ko‘p yillik 
amaliy  faoliyatimiz,  kasb-hunar  ta’limi  nazariyasi  va  amaliyotini  tahlil  etish,  soha  mutaxassislari 
bilan o‘tkazgan suhbatlarimiz bu sohada quyidagi majmuaviy xarakterga ega bo‘lgan muammolar 
mavjudligini ko‘rsatdi: 
kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb-hunar ta’limi tizimida  kadrlar salohiyatini tubdan 
yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish masalasi, 
uzluksiz ta’limni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, biroq uni amalga 
oshirish  bo‘yicha  tegishli  chora-tadbirlar  yetarli  darajada  ishlab  chiqilmaganligi  sababli  yuqori 
salohiyatli  pedagog  kadrlarning  boshqa  sohalarga  ketib  qolish  hollari  kuzatilmoqda,  natijada 
ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligi  pasayib  ketmoqda  va  bu  holat  o‘z  navbatida  kadrlar 
tayyorlash sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
 
rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarning mavjud emasligi;  
rahbar va boshqaruv kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga 
bo‘lgan ehtiyojlarning muntazam ravishda va tizimli o‘rganilmasligi; 
rahbar va   boshqaruv  kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish 
muammolari bo‘yicha ilmiy– tadqiqot va loyiha ishlarining yetarli darajada olib borilmayotganligi; 


 
21 
joylarda kadrlar zahirasini tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
mavjud malaka oshirish kurslarining kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha 
ixtisoslashtirilmaganligi; 
malaka  oshirish  jarayonida  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnalogiyalaridan  yetarli 
darajada foydalanilmayotganligi; 
muhandis-pedagog  kadrlar  tayyorlashda  sohalar  bo‘yicha  hududlarda  kadrlarga  bo‘lgan 
ehtiyoj,  ularning  malaka  darajasiga  bo‘lgan  mehnat  bozori  talablari  yetarli  darajada 
o‘rganilmaganligi; 
oliy  ta’lim  muassasalarining  o‘quv  reja  va  dasturlari  mazmuni  bilan  kasb-hunar 
kollejlaridagi ta’lim mazmuni orasida nomutanosibliklar mavjudligi
O‘MKHT  muassasalari  muhandis-pedagogik  kadrlarining  malakasini  oshirish  maqsadida 
tegishli  oliy  ta’lim  muassasalarida  tashkil  etilgan  malaka  oshirish  fakultetlari  va  markazlarining  
aksariyat qismi yetarli darajada zamonaviy modiy - texnika bazasiga va o‘quv-uslubiy ta’minotga 
ega emasligi;  
ta’lim  muassasalari  va  o‘qituvchilar  sifatiga  baho  beruvchi  tizim  mexanizmi 
ishlamayotganligi;  
O‘MKHT  tizimida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  pedagog  va  muhandis-pedagoglar  orasida 
nafaqat pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlar, balki, diplom bo‘yicha mutaxassisligi mos 
kelmaydiganlar sonining ko‘pligi;  
O‘MKHT tizimi uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy 
adabiyotlar,  huquqiy-meyoriy  hujjatlar,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarini  o‘z  vaqtida  va  sifatli 
yaratish  ishlarini  amalga  oshiruvchi  va  muvofiqlashtiruvchi  ixtsoslashtirilgan  metodik  markaz 
mavjud emasligi; 
kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini nazorat qilishning jamoat nazorati mexanizmi 
yaratilmaganligi. 
o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  bilimi,  malaka  va  ko‘nikmalarini  baholashning  barcha  ta’lim 
turlari uchun yagona va sodda reyting tizimi yaratilmaganligi; 
ta’lim  xizmatlari  ko‘rsatish  bozorini  shakllantirishda  davlat  ta’lim  muassasalari  bilan 
raqobatga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  tashkil  etilishi  sust  darajada 
ekanligi; 
kasb-hunar  kollejlari  o‘quv  rejalaridagi  umumta’lim  fanlarining  hajmi  yildan-yilga 
ko‘payib borayotganligi tufayli bitiruvchilarning kasbiy mahoratlari pasayib ketayotganligi
uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan integrasiyalashning puxta mexanizmi ishlab 
chiqilmaganligi;  
oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  tayyorlanayotgan  kadrlarning 
amaliy  ko‘nikmalari yetishmayotganligi;  
mehnat  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  vazirligi  tomonidan  kichik  mutaxassislarning 
mehnat bozoridagi o‘rni hanuzgacha aniq belgilab berilmaganligi; 
kasb-hunar  kollejlari  faoliyatining  ishlab  chiqarish  amaliyoti  bilan  bevosita  bog‘liq 
bo‘lganligi,  har  qanday  amaliyot  uchun  esa  xom  ashyo  va  materiallar  zarurligi,  lekin  ular  uchun 
alohida byudjet mablag‘lari ko‘zda tutilmayotganligi;  
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining olib 
borilishi yetarli darajada emasligi;  
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998y. 23.sentabr dagi 406-sonli qarori 
bilan  qishloq  xo‘jalik  tayyorlov  yo‘nalishlariga  ixtisoslashtirilgan  kasb-hunar  kollejlariga  o‘quv 
xo‘jaliklari uchun yer maydonlari ajratib berilishi kerak edi, amalda bu qarorning joylarda yetarli 
darajada amalga oshirilmayotganligi; 
yer  maydoni  va  muayyan  ishlab  chiqarish  bazasiga  ega  bo‘lgan  kasb-hunar  kollejlarida 
mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  uchun  boshlang‘ich  kapital  mablag‘larining 
manba’larining aniqlanmaganligi; 
ta’lim  muassasalari  o‘quvchilarini  ta’lim-tarbiya  jarayonidan  tashqari  ishlarga  (qishloq 
xo‘jaligi ishlari, metall yig‘ish, majburiy obuna va x.k) jalb etilayotganligi


 
22 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarini  bitirib,  lisey  va  kollejlarga  kirgan  o‘quvchilar  o‘zlari 
uchun butunlay yangi bo‘lgan ta’lim muassasasidagi ijtimoiy muhitga tez kirisha olmaganliklari;  
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirib, kasb-hunar k o l l e j - l a r i g a   o ‘q i s h g a   k i r g a n  
o ‘q u v c h i l a r n i n g   s h a x s i y ,   individual  psixofiziologik  xususiyatlari,  umumiy  o‘rta  ta’lim 
dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, ijtimoiy sharoitlari,  istak - xohishlarining turli - tumanligi 
kasb - hunar kollejlari ta’lim dasturlarida hisobga olinmaganligi;  
o‘quv  -  uslubiy  majmualarning  hamda  ta’lim  jarayoni  didaktik  va  axborot 
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish  sekinlik  bilan amalga oshirilayotganligi; 
o‘rta 
maxsus, 
kasb-hunar 
ta’limi 
uchun 
zarur 
moddiy 

texnika, 
o‘quv - uslubiy  va   kadrlar   bazasini  tayyorlash  tugallanmaganligi; 
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshmayotganligi; 
ta’lim      muassasalarini      maxsus      tayyorlangan      malakali      pedagog  kadrlar          bilan     
ta’minlash, 
ularning 
 
 
 
 
faoliyatida 
 
 
 
 
raqobatga 
asoslangan muhitni vujudga keltirish to‘liq amalga oshmayotganligi; 
Ta’lim          xizmatlari            ko‘rsatish            bozorini              shakllantirish 
mexanizmlari  to‘liq  yaratilmaganligi  va  shu  kabi  ko‘p  sonli  majmuaviy  muammolar 
mavjudligidan darak bermoqda. 
Har  qanday    pedagogik  tadqiqot  maxsus  dastur  asosida  o‘tkaziladi.  Tadqiqot  natijalari 
ilmiy yangilik va  amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi zarur.Tadqiqot  mantiqi turli bosqichlarni ko‘zda 
tutadi. 
Ilmiy  pedagogik    tadqiqot    amaliyot  uchun  yangi  muhim  bilimlarni  olishga  yo‘naltirilgan 
ilmiy faoliyat jarayoni  va natijasidir. Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalari ta’lim-tarbiya tuzilmasi, 
mazmuni  va  texnologiyasi,  tashkil  etish  shakllari,  metodlari  va  vositalarini  takomillashtirishga 
imkon beradi. 
2. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish