109
Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga
guvoh bo‘lib turibmiz (16-chizma).
Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida
ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi
ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga binoan tasniflanishi V.S. Kukushin,
G.K. Selevko., G. Berdiyev kabi ko‘plab olimlar tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lib, ularni chizma
tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (17-chizma).
Mustaqil respublikamiz ta’lim sohasidagi islohatlar ta’lim-tarbiyaning samarali omillaridan
keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida ongli hamkorlik munosabatlarini
yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va milliy mentalitetini
hisobga olishni taqozo
qiladi.
Bu xayrli ishga respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi qudrat o‘z ulushlarini
qo‘shmoqdalar.
Biz ko‘p sonli pedagog olimlar va amaliyotchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga
qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini ta’min etuvchi omillardan
oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan bo‘lib,
o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini emas, balki ularni ongli, mustaqil izlanuvchan
faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va shaxsiy fazilatlar muhim
qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan..
O‘quvchilar shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik his-tuyg‘ulari tanqidiy
fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi. Bunday omillar
nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini
rivojlantirish, namoyon etishiga shart-sharoit yaratish uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning jadal rivojlanishi, moddiy va ma’naviy
qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati orqali amalga oshadi. Agar o‘quvchi
o‘zining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa, barcha xatti-harakatlari tashqi tazyiq
natijasida
amalga oshirilib, o‘zlashtirgan bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan shaxs rivojlanishida irsiyat, ta’lim tarbiya, muhit bilan birga shaxsiy faoliyat
muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Shaxs faoliyati uning ichki dunyosi, tafakkuri
kechinmalari, diqqati, xayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining mahorati o‘quv
materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan
holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-motiv, hissiyot, shaxsiy fikr va xatti–harakatlar
vositasida namoyon bo‘ladi.
Demak, faol ta’lim o‘quvchi o‘quv-bilish faoliyatini ongli tashkil etish bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, muammoli izlanish, tadqiqotchilik, dialogik va poliologik muloqot va munosabatlarni talab
etiladi.
Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan va yetarli darajada tadqiq
etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va prinsiplariga
asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga aylantirishning maqbul
shakl, yo‘l, vositalaridan foydalanish, shart-sharoitlarini yaratish hamda ulardan oqilona
foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan
imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt sarf etgan holda har tomonlama mukammal bilim, va
shaxsiy fazilatlarni shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, shaxsiy
fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi
ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv
materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini shakllantirish hamda mahsuldor o‘quv-
bilish faoliyatlarini tashkil etishda binar yoki integrativ dars, ishchanlik yoki rolli o‘yin, evristik
suhbatdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur vaziyatda ta’lim-tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsad
bilan albatta mutanosib bo‘lishi kerak.
tizimdir.