114
2. Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning
vazifalari.
3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi.
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik kategoriyalar.
Tarkib
topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan va u hozirda ham o‘zining
ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari pedagogikada
ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o‘sha
kategoriyalar malum
bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv
tarbiyaviy jarayonni
tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. O‘ayd etilgan pedagogik
kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik va o‘quv faoliyatining
qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida
maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan. Tan olish kerakki, pedagoglar ommasi
barcha davrlarda pedagogik faoliyatni qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Bu o‘rinda
pedagogik tushunchalarning tarif va tavsiflarining noaniqligi, ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi bazi
kategoriyalarning yetishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari o‘rtasida
o‘zaro uzviylikning mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan va bunday mulohaza
hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Ushbu fikr bizningcha quyidagi ikkita muammoning mavjudligi
bilan izohlanadi: birinchidan, kasbiy pedagogik ma’lumotga ega o‘qituvchilarning kasbiy mahorat
darajasining pastligi, ikkinchidan, maxsus pedagogik tayyorgarlik va savodxonlikka ega
bo‘lmagan pedagoglarning sonining salmoqli ekanligi.
Ta’lim natijalari o‘rganuvchining pedagogik jarayonlardan qanday salohiyat bilan
o‘tganligiga bog‘liq.
Pedagogik jarayon mohiyati-o‘qituvchining ta’lim oluvchi ishtirokidagi faoliyatida o‘z
aksini topadi, bunda pedagog qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘lida ta’lim oluvchiga yordam
beradi. Pedagogik yordamning mohiyati pedagogik jarayonni yo‘naltirganligi, tavsifi, shaxsni
shakllantirish va tarbiyalashda hal etiladigan vazifalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ifodalanadi.
Pedagogik yordam elon qilingan, ko‘rsatilgan, eslatilgan, tushuncha berilgan, yo‘naltirilgan,
haqqoniylashtirilgan, maslahat berilgan, kengashilgan, bartaraf etilgan, hamdardlik qilingan,
ilhomlantirilgan, qiziqish va hurmatni izhor qilgan, talabchanlikni qo‘llab-quvvatlagan hollarda
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: