105
tarbiya ishlarining holatini aniqlashga va takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga
asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat
qilishining uyg‘un holda olib borilishi har bir o‘quvchiga o‘zi erishgan yutuqni ko‘rib,
mohiyatini anglashga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishga
imkon beradi.
O‘quvchilarni o‘z ustida muntazam ravishda ishlash, ijobiy shaxsiy fazilatlarni
takomillashtirish, jamoaviy ishlash kabilarga o‘rgatadi. Nazoratning barcha funksiyalaridan
majmuaviy foydalanishdan maqsad ta’lim-tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini
oshirishga erishishdir. Ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini nazorat qilishga qo‘yilgan pedagogik
talablar sirasiga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1 .Nazoratning individual xarakterga egaligi, har bir o‘quvchi ishini nazorat qilishni
ko‘zda tutib, boshqa o‘quvchi yoki guruh o‘quvchilarining umumiy natijasi bilan aralashtirib
yubormaslik yoki
aksincha;
2. Nazorat o‘tkazilishining muntazamliligi, uning o‘quvchilarning boshqa o‘quv-bilish
faoliyati bilan uyg‘unligi;
3 .Nazoratning turli shakllaridan unumli foydalanib, uning ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi funksiyalarini ta’minlash, nazoratni o‘tkazishga o‘quvchilar qiziqishini
oshirish;
4 .Nazoratning
har tomonlamaligiga erishish;
5 .Nazoratning obyektiv bo‘lishi. O‘qituvchining noo‘rin, subyektiv, xato baholovchi
xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik;
6. O‘quv predmeti va bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni nazarda
tutuvchi tabaqalashtirilgan
yondoshuvga amal qilish;
7 .Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar.
Yuqorida zikr etilgan talablarga amal qilish nazorat ishonchliligini oshiradi, ta’lim-
tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va to‘g‘ri bajarilishiga imkon beradi.
Nazoratning mazmuni, turlari va amalga joriy etish metodlari:
Nazoratning mazmuni, didaktik vazifalari, o‘quv predmetlarining o‘ziga xos
xususiyatlari, ta’lim bosqichi, o‘quvchilarning tayyorgarlik va rivojlanganlik darajasi kabi
omillarga ko‘ra aniqlanadi. Eng muhimi nazoratda o‘quvchilar o‘qituvchidan yoki boshqa
manbalardan o‘zlashtirganlarini to‘lig‘icha qaytarib berishni maqsad qilib olmasligi zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega, chunki u dinamik
o‘zgarish, maxsus hamda shaxsiy fazilatlarning shakllanishini, onglilik va faollik, o‘qib-
o‘rganishga qiziqishni uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur.
Respublikamiz ta’lim muassasalari amaliyotida nazoratning joriy, oraliq (davriy) va
yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi.
Joriy nazorat - o‘qituvchi tomonidan asosan har bir mashg‘ulot (dars)da o‘quvchining har
kunlik ishini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi. Bunday nazoratdan oldin o‘qituvchi avval
o‘tilgan materialni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganligi bilan tanish bo‘lishi zarur. Buning
uchun o‘quvchilarning yozma ishlari, jurnaldagi qaydlarni o‘qituvchi mukammal o‘rganishi
zarur
bo‘ladi. Joriy nazorat muntazam ravishda yaxlit guruh va har bir o‘quvchining ishini kuzatish
yo‘li bilan darsning barcha bosqichlarida, ya’ni yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash va
qo‘llash bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin. Bunday ko‘rinishdagi nazorat o‘quvchilar
tomonidan muntazam ravishda mustaqil ishlarni bajarishga bo‘lgan intilishini oshirishga, sinf
xonasidagi va uy ishlarini bajarishga, o‘qib-o‘rganishga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishga
nisbatan javobgarlik his-tuyg‘ularini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv yarim yilligi
va yilning tugatilishi bilan o‘tkaziladi. Bunday nazorat orqali nisbatan katta hajmdagi o‘quv
materialini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatining natijalari tekshiriladi.
Yakuniy nazorat - o‘quv yilining oxirida, shuningdek, o‘quv kursi o‘rganilib
bo‘lingandan so‘ng joriy va oraliq nazorat natijalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat metodlari: bu ma’lum usullar yordamida o‘quvchilarning o‘quv – bilish faoliyati
va o‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini aniqlash yo‘llari majmuasidir.
106
Amaliyotda kuzatish bilan birga og‘zaki va amaliy nazorat metodlari keng ko‘lamda
qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud.
Og‘zaki nazorat qilish metodlariga: o‘quvchilarni so‘rash, texnologik xaritalar, chizmalar
(texnik yoki texnologik) hujjatlarni o‘qish kabilarni kiritish mumkin. Beriladigan og‘zaki
savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil, sintez, isbotlash, qiyoslash va solishtirish,
kabi mantiqiy fikrlash yo‘llari haqida tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur.
Yozma nazorat metodlari: o‘zining vaqtni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir.Bunda
o‘quvchilarning mustaqillik darajasi yuqori bo‘lib, bir yo‘la butun guruhning tayyorgarlik
darajasini aniqlashga erishiladi..
Kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri ta’lim-tarbiya
jarayonini takomillashtirish hisoblanadi. Ana shu maqsadda O‘MKHT Markazi buyurtmasiga
binoan maxsus ijodiy guruh “O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakasini baholash mezonlari”
ishlab chiqilishi shart. Bunday talablarning qo‘llanishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga yagona talablarni ta’minlaydi, imkon qadar yuqori va ilmiy saviyada maxsus fanlar
va ishlab chiqarish ta’limini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayon ishtirokchilarida
javobgarlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, mehnat natijasini baholashda rasmiyatchilikni bartaraf
etadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: