adriyatlar shaxs va jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari bilan belgilangani bois, ular
murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo‘ladi. Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida tirik mavjudot
107
sifatidagi inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy boyliklar, moddiy yashash
sharoitlari – turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘liqni saqlash va sh.k.) va insonning ijtimoiy mohiyatiga,
uning ma’naviy tabiatiga bog‘liq bo‘lgan oliy qadriyatlar yotadi. Birinchi guruhga moddiy (utilitar)
qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar kiradi. qadriyatlarning birinchi guruhi insondan
tashqarida yotuvchi maqsad bilan belgilanadi, ikkinchi guruh ichki asosga ega.Moddiy, utilitar qadriyat
vositaning qimmatidir, zero, narsaning foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu vazifa
bilan belgilanadi. O‘z vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Moddiy,
utilitar qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu-
siyat kasb etadi va o‘zidan tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar
faoliyat maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi.
SHunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson ma’naviyati
uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi. Ularga ma’naviy ijodkorlarning uch tipi:
donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir.
Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos
insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini
nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental
xususiyat kasb etadi: ular boshqa biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga
bo‘ysunadi va oliy qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Oliy qadriyatlarning
yana bir xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq madaniyatining o‘zagi hisoblanadi. Madaniyatda
odamlarning fundamental umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti
mujassamlashadi. Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do‘stlik, mehribonlik, ishonch, oila), turmush tarzi
qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi tasavvurlar) o‘z ifodasini
topadi. Oliy qadriyatlar yo‘l tanlash vaziyatlarining cheksiz to‘plamida ro‘yobga chiqadi.
SHunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: