Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

106 



 

da’vat  etadi.  Bu  faoliyat  samarali  yoki  samarasiz,  puxta  o‘ylangan  yoki  spontan  va  tartibsiz  bo‘lishi 

mumkin.  Ehtiyojlar tashqi  muhit  predmetlari  va  sharoitlariga  yoki  ichki,  ma’naviy uyg‘unlikka  erishishga 

muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni, 

o‘zlari  yo‘naltirilgan  mavjud  borliqni  ham,  o‘z  manbai  sanalgan  sub’ektning  muhim  xususiyatlarini  ham 

tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga 

yo‘naltiruvchi  mo‘ljallar,  mayllar  va  manfaatlarda  o‘z  rivojini  topadi.  Aynan  ehtiyojlar  inson  ongining 

nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari 

o‘zgaruvchan,  harakatchan,  o‘zaro  bog‘langan  va  bir-birining  o‘rnini  bosishga  qodir.  Ularning  ayrimlari 

vujudga  keladi,  ba’zilari  yo‘q  bo‘ladi,  ayrimlari  aktuallashadi,  ba’zilari  ikkinchi  darajali  ahamiyat  kasb 

etadi.  Inson  ehtiyojlari  sifat  jihatidan  cheksiz  va  kengayishga  qodir,  zero,  ularning  shakllanishi 

individlarning  bir-biri  va  jamiyat  bilan  ijtimoiy  aloqalarining  ko‘p  sonliligi  va  intensivligini  aks  ettiradi. 

Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy 

va  ma’naviy  hayotning  o‘z  me’yorlari  va  qadriyatlari  bilan  rivojlanishi,  inson  ma’naviy  hayotining 

jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar 

ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar 

nisbatan  barqarordir;  ehtiyojlar  ierarxiyaviy  bo‘lib,  ularning  ierarxiyasi  muntazam  ravishda  o‘zgaradi, 

qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu 

hayotning  har  qanday  sohasida  yuz  bergan  yangiliklarga  nisbatan  ancha  keng  tarqalgan  muxolifatni 

izohlaydi.  Masalan,  rim  imperatorlari  xristian  dinining  qimmatini  tan  olgunlariga  qadar  xristianlar  asrlar 

mobaynida  quvg‘in  qilinganlar.  Belorusiyalik  mashhur  rassom  Mark  SHagalning  o‘ziga  xos  ijodi,  garchi 

butun  dunyoda  yuksak  baholangan  bo‘lsa-da,  o‘z  vatanida  hanuzgacha  tan  olinmagan  va  uncha  ma’lum 

emas.  Sezann  ijodi  rassomning  o‘limidan  keyingina  tan  olingan,  uning  tiriklik  paytida  esa  mazkur  buyuk 

musavvirning  asarlari  Parijdagi  zamonaviy  san’at  ko‘rgazmalarida  biror  marta  ham  namoyish  etilmagan, 

chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan 

izohlanadiki,  ehtiyojlar  anglanishi  yoki  anglanmasligi  yoinki  noto‘g‘ri  anglanishi  mumkin.  SHu  sababli 

amalda muhim  hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi,  amalda qimmatga  ega  bo‘lmagan  narsa esa, 

yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin. 




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish