Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   643
Bog'liq
Mantiq

Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli. 

Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 

1.  Inson  va jamiyat  uchun ikkinchi  darajali  ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar.  Bu shunday qadriyatlarki, 

ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi. 

2. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat moddiy va ma’naviy 

qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, jamiyatning normal faoliyat 

ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadriyatlardir. 

3.  Oliy  qadriyatlar  –  bu  o‘z  ahamiyatiga  ko‘ra  eng  yuksak  darajada  turuvchi,  odamlarning  fundamental 

munosabatlari va ehtiyojlarini aks  ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz nafaqat inson shaxs sifatida 

kamol  topa  olmaydi,  balki  jamiyat  ham  normal  hayot  kechira  olmaydi.  Oliy  qadriyatlarning  mavjudligi 

doimo  individning  shaxsiy  hayoti  chegarasidan  chetga  chiqish  bilan  bog‘liq.  Ular  individni  uning  o‘zidan 

yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. 

Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda umuminsoniy xususiyat kasb etadi. 

Insonning o‘zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun boshqa odamning va 

umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‘z hayotining qimmati nima bilan o‘lchanadi? Tafsilotlarga 

berilmay  shuni  qayd  etamizki,  bu  savollarga  javoblar  aniq  va  uzil-kesil  bo‘lishi  mumkin  emas.  Gap 

shundaki,  individning  boshqa  odamlarga  qiziqishi  odamlar  qandayligigagina  emas,  balki  uning  o‘zi 

qandayligiga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunga  yana  shuni  qo‘shimcha  qilish  joizki,  inson  hayotining  va 

insonning  qimmati  to‘g‘risidagi  masalaning  qo‘yilishi  tarixiy  sharoitlar  bilan  bevosita  bog‘liq.  Masalan, 

O‘rta  asrlarda  feodal  o‘z  krepostnoyini  o‘ldirishi  jinoyat  hisoblanmagan  va  jazoga  tortilmagan.  Hozirgi 

vaqtda  har  bir  kishining  yashash  huquqi  tan  olingan  va  odam  o‘ldirish  u  yoki  bu  tarzda  jazolanmaydigan 

mamlakat  mavjud  emas.  Xullas,inson  –  alohida,  mutlaq  qadriyat.  Qolgan  barcha  qadriyatlar  inson 

manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Har bir shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi. 

Biroq uning maqsadi ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo‘lishi mumkin.  




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish