111
hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta
asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda
xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi.
Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, xudo
podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni yaratishdan muddaosi, uni
butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon
xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon
bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo
bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi
ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan aqida o‘rta
asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga
uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb
va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian
falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr
falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki hisoblanadi. Ya’ni,
o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki olamini har tomonlama
o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, inson yaxshilikni biladi, biroq undagi
erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka
qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni
insonning eng oliy kuch-qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va
noaniq narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi
38
. O‘rta
asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik falsafa
ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha munosabatlarni ham
belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan o‘zgarishlarni bilishga qadam
qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga
qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi, uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni
muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma
Akvinskiyning ham diqqat markazida bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy
muammolari haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat
doirasida o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish uchun
yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng bo‘lishiga
mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan ezgulikning asosini tashkil
etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq
mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar, ertaklar,
dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan atrof-muhitda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto
ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli,
salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Asta-sekin o‘sha qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik,
barcha ishlarni uddasidan chiqa olish salohiyati odam, tirik mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma
narsaga qodir bo‘lgan. Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida
ko‘rishimiz mumkin. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob
38
Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. Тошкент: “Тафаккур” 2009, 338 b
Do'stlaringiz bilan baham: |