Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

113 



 

mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham  yaqqol  ko‘rishimiz mumkin.  Ana shunday ta’limotlardan 

biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro 

aloqadorlik  jarayoni  tahliliga  qaratilganligi  edi.  Bu  ta’limotga  ko‘ra,  odam  borlig‘i  olam  borlig‘i  bilan 

bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining 

eng  murakkab  shakllaridan  biri  bo‘lgan  odamning  tabiati  ham,  shubhasiz  o‘sha  to‘rt  unsur  bilan  bog‘liq 

bo‘ladi.  Zardo‘shtiylik  diniy-falsafiy  qarashlarida  ta’kidlanishicha,  inson  iymon  e’tiqodining  uchta  yirik 

tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda yozilishicha, 

iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. Xususan bergan so‘zning 

ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va 

hiyonatdan  holi  bo‘lish  iymon-e’tiqodlilik  alomatidir.  «Avesto»da  axloqiy  ideal  voqelik  bilan  shunchalik 

chambarchas  bog‘liqki,  gap  haqiqat  yoki  yolg‘on,  yaxshilik  va  yomonlik,  hayot  va  o‘lim,  go‘zallik  va 

xunuklik  haqida  boradimi,  barchasi  hayotiy  amallar  orqali  er  yuzida  boylik  va  ezgulik  bunyod  etishga 

qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini 

saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»

40

. Zardushtiylik ta’limotida 



jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib, 

ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu 

so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-

falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. 

Moniy  (216-277)  qarashlari  Zardo‘sht  qarashlaridan  farq  qilar  edi.  Moniy  o‘zining  axloqiy  ta’limotini 

yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi 

ushbu  kitobdagi  ma’lumotlar  Avestoda  uchraydigan  ezgulik  va  yovuzlik  o‘rtasidagi  kurashni  yangicha 

davomiy  ko‘rinishidir.  V-VI  asrlarda  tarqalgan  yana  bir  diniy-falsafiy  ta’limot  mazdakiylik  edi.  Mazdak 

ta’limotiga  muvofiq  olamda  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  ongli  va  ma’lum  bir  maqsadga  qaratilgan  bo‘lmog‘i 

lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi 

ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda 

barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga 

asoslanishi  darkor.  U  jamiyatda  xotinqizlar  va  erkaklarni  teng  huquqliligini  talab  qilib  chiqqan  birinchi 

islohotchi  edi.  Musulmon  faylasuflari  ham  odam  bilan  olam  orasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  muammolarini 

bilishga  intildilar.  Odam  deb  ataluvchi  mavjudotni  kim  yaratgan?  Odamlar  qanday  unsurlardan  tashkil 

topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati, 

ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu savollarga javobni 

musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr 

surasining  26  oyatlarida  dastlabki  odam  (Odam  Ato)  suratini,  Olloh  qora  botqoqdan,  ya’ni  loydan 

yasaganligi,  keyin  unga  tiriklik  ya’ni  jon  ato  etganligi,  Momo  Havoni  esa  Odam  Atoning  chap  biqinidan 

yaratilganligi habar qilinadi.  

Musulmon  madaniyati  –  ma’naviyatining  nazariy-uslubiy  asoslarini  shubhasiz,  islom  dinining  ikki  yirik 

muqaddas  manbasi:  Qur’oni  karim  va  Hadisi  sharif  tashkil  etadi.  Musulmon  falsafasida  hadisshunoslik 

o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Buyuk  hadisshunoslardan  Imom  Buxoriy  7275  ta  sahih  hadislarni  to‘pladi.  Bu 

hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon 

hadislarni  to‘plashda  va  uni  har  tomonlama  tahlil  etishda  o‘ta  fidoiylik  qildi.  Ayniqsa,  hadislar  to‘g‘riligi, 

ishonchliligining  darajasini  aniqlashda  o‘z  ustozi  Imom  Buxoriydan  ham  o‘tib  ketdi.  Bunday  nozik  ishni 

bajarishda,  u  ichki  ezoterik  uslubdan  foydalandi.  Birinchidan,  u  payg‘ambarlar  hadislarini  vujudga  kelishi 

manbalarini  o‘rgandi  va  uning  mazmunini  tushuntirib  berdi.  Ikkinchidan,  har  bir  hadisni  islom  manbalari 

                                                           

40

 Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish