Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
Chuvrindi uning amriga so‘zsiz itoat etdi. Onasi sog‘lom odamning ovozi bilan alik oldi. 
Buni eshitgan uy bekasi ajablanib, «astag‘firulloh» deb qo‘ydi-da, nari ketdi. 
— Xudoga shukr, kelding, — dedi onasi. — Bir gapni aytishim kerak. Shunda balki 
mendan rozi bo‘larsan, — onasi ko‘zini bir yumib, ochdi. — Otangning qaerga 
ko‘milganlarini bilib ol: hovlimizdagi baliqtutdan ikki qadam narida. Temir so‘rining 
tagida. 
Chuvrindi bu gap haqiqatmi yo o‘lim oldidagi alahsirashmi, bilmadi. Yana nima gaplari 
bor ekan, deb ko‘zlariga tikilib turaverdi. 
— Otang rashkchi edilar. Toqqa chiqib ketsalar ham tez-tez xabar olib turardilar. Men 
unda... pokiza edim. Otang tirikliklarida sira xiyonat qilmaganman. Bunaqa ish 
xayolimga ham kelmagan. O‘shanda pichanga ketdilar. Qaynonam... buving bilan 
munosabatimiz yaxshi emasdi. G‘alati odatlari bor edi... u kishi ham rashkchi edilar, — 
onasi shunday deb kulimsirashga harakat qildi, ammo bu kulimsirash ozg‘in yuziga 
ayanchli tus berdi. — Yolg‘iz o‘g‘illarini hatto mendan ham qizg‘anar edilar. Otangni 
kechalari ham chaqirib turardilar. Shunaqa asrardilar. Lekin... asragan ko‘zga cho‘p 
tushishini bilmagan ekanlar. Otang pichanga ketganlaridan keyin buving bilan aytishib 
qolib, uyimga ketdim. Sen hali qornimda eding. Uyga ketganimni kimdandir eshitib, bir 
kuni qorong‘i tushganida kelib qoldilar. Ortiqcha gap-so‘z bo‘lmadi. Dadam, akam bilan 
o‘tirib ichishdi, ovqatlanishdi. Keyin oralaridan gap qochdi. Yoqa bo‘g‘ishib qolishdi. 
Dadam bir urgan edilar... yiqilib, boshlari to‘nkaga urildi. Shu bilan oppa-osongina 
jonlari chiqdi-ketdi. — Onasi shunday degach, ko‘zlarini ohista yumdi. 
Chuvrindi bu holni ko‘rib qo‘rqib ketdi: o‘ldimi?! Shunaqa osonlik bilan jon berdimi? Yo‘q, 
onasi hali tirik edi. Og‘ir nafas oldi. Ko‘zlarini ochdi. 
— U kishini tut tagiga ko‘mdik. Odamlar bilib qolsa, dadam ham, akam ham ketar edilar. 
Otangning biznikiga kelganlarini odamlar ko‘rmagan ekan, bizdan gumon qilishmadi. 
Men esam... uyga sig‘may qoldim. Otangning ruhlari u uyda ham, bu uyda ham ta’qib 
qilaverdi. Tinchimni shaharda topmoqchi bo‘ldim. To‘g‘ri ishlab, to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri 
yashamoqchi edim. Odamlar darrov meni suyuqqa chiqarishdi. Seni tug‘masimdan oldin 
pokiza edim. Xudoga shukr, sen haromi emassan. Senga haromning tomchisi ham 
tegmagan. Buving bilan buvang tirnoqqa zor edilar. Shuning uchun ham seni ularga... 
qoldirdim. O‘zimning ota-onamga ishonmadim. Dadam bexosdan urib o‘ldirgan bo‘lsalar 
ham yomon ko‘rib qoluvdim. O‘zimni oqlamayman. Mayli, sen ham oqlama. 
Gunohlarimni bilaman. Seni tug‘ib qaynota-qaynonam bilan birga yashayversam ham 
bo‘lardi. Seni o‘g‘rincha tug‘ib, o‘g‘rincha tashlamasligim kerak edi... 
Dadil aytilayotgan gaplar asta o‘chayotgan shamdek      so‘na boshladi. So‘nggi so‘zlar 
shamchiroq singari titradi. Ko‘zlar yumildi. Yumilishi bilan bir tomchi yosh ojiz kipriklar 
orasidan sizib chiqdi. Shu dam darvoza ochilib, boshiga oq ro‘mol tashlagan ayol 
ko‘rindi. Uy bekasi shoshilib borib uni kutib oldi. Ayol erkak kishini ko‘rgach, yuzini 
to‘sdi. Chuvrindi nari ketdi. 
Ayol ayvonga chiqib bemorning yoniga o‘tirdi-da, avval pichirlab, so‘ng ovoz chiqarib 
duo o‘qidi, so‘ng «Yosin» surasini o‘qiy boshladi. Chuvrindining onasi ko‘zlarini 
yumganicha harakatsiz yotaverdi. Ayol surani o‘qib bo‘lib, dam solgach: 
— Egachi, ko‘zingizni oching, yaqinlaringizdan rozi bo‘ling, — dedi. — O‘lim haq. Hayot 
Olloh tomonidan bizga berilgan omonat. Mullaka, yaqinroq keling, siz ham rozi bo‘ling. 
— Roziman... 
Birgina so‘z... Tildan uchishi shunchalar og‘irmi? Yurakda tug‘ilgan so‘zning bo‘g‘izdan 
o‘tishi nechog‘li qiyin kechdi. Tildan uchishi esa yanada mushkulroq bo‘ldi. 
Ajabki... ona-bola bu so‘zni bir vaqtda aytdilar... 
— Endi, egachi, «la ilaha illoloh!» deng. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish