Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
XVI  b o b 
 
1 
 
Shahar markazidagi uch qavatli uyning yerto‘lasi keyingi paytda gavjum bo‘lmay qoldi. 
Yangi rahbardan qo‘rqibmi, «Volga»larda keluvchi aziz mehmonlar ham qadamlarini 
tortishdi. Asadbek bu holning vaqtincha ekanini bilardi. Katta yangi ish boshlaganda 
maydaroqlarining paytavasiga qurt tushadi. Odobli, ishchan, halol odamlarga 
aylanadilar. Kattaning e’tiboriga tushib yoki qo‘ltig‘iga kirib olgach, yana eski hunarlarini 
boshlaydilar. 
Asadbek ishonchli nozik odamdan yangi rahbar-ning avvalgilariga o‘xshamasligini 
eshitib, tungi mehmonlarning ishi pachava ekan-da, deb qo‘ydi. Ayni choqda, o‘zining 
ishlarini ham mulohaza qila boshladi. Yerto‘ladagi xonasiga barvaqt kelganining boisi 
ham shunday. 
Asadbek uydan chiqqani hamon xabardor etilgan Kesakpolvon u bilan ketma-ket yetib 
keldi. Chuvrindi ulardan ilgariroq kelishni odat qilgan, ular esa bunga ko‘nikib qolishgan 
edi. Shuning uchun ham Kesakpolvon xonaga kirishi bilan: 
— Mahmud ko‘rinmaydimi? — deb so‘radi. 
— Mahmud Hofiznikiga borishi kerak. Undan onasini ko‘rgani o‘tmoqchi edi. Onasi og‘ir 
emish, — dedi Asadbek. 
— Og‘ir bo‘lsa — o‘ladi, qaytaga yaxshi, qutuladi, — dedi Kesakpolvon yumshoq 
o‘rindiqqa yastanib o‘tirib.— Men bo‘lganimda bunaqa onani zahar berib bo‘lsa ham 
allaqachon o‘ldirib yuborardim. Mahmuding g‘irt ahmoq, o‘sha shiltani «onam» deb 
yuribdi. O‘lmasa yana yuradi. O‘lgani yaxshi-da. 
— Birovga o‘lim tilama. U Mahmudning onasi. Nima qilishni Mahmudning o‘zi yaxshi 
biladi,  u sening aqlingga muhtoj bola emas, — dedi Asadbek qat’iy tarzda. Kesakpolvon 
bu mavzuda gapirishni bas qilishi lozimligini uqdi. 
Asadbek «nozik» odamdan eshitganlarini, o‘zining xulosalarini Kesakpolvonga bayon 
qilgach, buyurdi: 
— Orqa-oldingni o‘nglab ollaring. Ayniqsa sen qadamingni o‘ylab bos. Hozir mayda-
chuyda ishlarga aralashmalaring. 
— Mayda-chuyda deganing nimasi, sen nima desang shuni qilyapmiz-ku? 
— O‘tgan kuni kimning mashinasini toptirib berding? 
— Ha, umi? Yaxshi tanishlar o‘rtaga tushishdi. Men toptirib berdim, shumo qilganim 
yo‘q-ku? 
— Toptirib berganing — o‘g‘irlaganing bo‘ladi. O‘zi o‘g‘irlab, soqqasini olib, qaytarib 
berdi, deyishadi. Mashinalarini kim tinchitgan bo‘lsa, o‘shanga borishsin. Biz ularni 
tanimaymiz. Salom-aligimiz yo‘q ular bilan. Yigitlaringga ayt, do‘konma-do‘kon izg‘ib 
yurishni to‘xtatib turishsin. Do‘kondorlaring ataganlarini o‘zlari olib kelib berishsin. 
Bergisi kelmaganlarga hozircha indamalaring. Buning o‘rniga tsexlarning ishini kuchaytir, 
savdo-sotiqqa zo‘r ber, taksichilaringni tindirma. 
— Tushundim. Vinzavod-chi? 
— Vinzavod haqida gap yo‘q. U bizniki, unga qaraydigan ko‘z o‘yiladi. 
— Shunaqa deysanu, lekin Hosilning g‘imirlashiga e’tibor bermayapsan. G‘ilayi turmaga 
boribdi. Qilich bilan uchrashibdi. Qilichni sen chiqarasan. Xizmatni esa unga qilsa-chi? 
— Ho‘kizning o‘lgisi kelib, boltadan toymasa, mayli, kimga xizmat qilsa qilaversin. Hosil 
vinzavodni tushida ham ko‘rmaydi. Agar Qilichdan umidvor bo‘lsa, bo‘laversin. Qilich 
nima? Pashshaning yulingan qanoti. Puf desak, uchadi ketadi. Yaxshi tanbeh berding, 
Qilich chiqqach, u seniki. Har qadamini poylaysan. Sal toydimi, nima qilishni o‘zing 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish