Tunning dardlari arimasdan tong ota boshladi.
Oy botdi.
O‘tli hasratlarning fig‘onlari mangulikning sukutiga g‘arq bo‘lib botsa edi.
Tong yorishib borardi. Ammo dil qorong‘uligicha qolaverardi. Har kun ahvol shu: dil
qorong‘i, dil og‘riydi, ba’zan ko‘zyoshlari yomg‘ir kabi quyiladi. Ko‘zlarni yosh kuydiradi.
Yuragi qiyma-qiyma, chilparchin, alamdiyda Zaynab tongni shu zaylda kutib olib, kunni
shu holatda uzatadi. Kech kirganda uning yolg‘izligi boshlanadi. Orom ko‘zlariga kela
qolmaydi, tunning tushlari kipriklarini yuma qolmaydi.
Kasalxonaning alohida xonasida, alohida e’tibor og‘ushida yotgan Zaynab yolg‘iz qolgan
kezlari boshini qaysi toshga urib yorishni bilmay qiynaladi. Yolg‘iz qolgan damlarida