Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
qulfning ochilishi uchun kifoya edi. Valya balkondagi yolg‘iz erkakka qarab turib 
«Akademik»ning aqli joyida shekilli?» deb o‘yladi. 
Ertasiga peshinga qadar ham uyda o‘tirishdi. Valya kimningdir qo‘ng‘iroq qilishini kutdi. 
Qo‘ng‘iroq bo‘lgach, Zelixonga «ozodlik e’lon qilindi». Ular ikkovlashib, sevishgan er-
xotin singari sayrga chiqdilar. 
Sayrning to‘rtinchi kuni sohildagi restoranga bordilar. Nimqorong‘i restoran gavjum edi. 
Ko‘z nimqorong‘ilikka ko‘nika boshlagach, Zelixon odat bo‘yicha atrofga razm sola 
boshladi. Cholg‘uvchining chap tomonida o‘tirgan yigit uning diqqatini tortdi. Jingalak 
sochli yigitning yonboshdan ko‘rinishi unga kimnidir eslatdi. «Bo‘lishi mumkin emas», 
deb o‘ylab nigohini undan oldi. Ammo nigohi o‘ziga bo‘ysunmay o‘sha jingalak sochga 
qadalaverdi. Bu orada kuy yangrab, bilgan ham, bilmagan ham o‘rnidan turib raqsga 
tusha boshladi. Jingalak sochli yigitni nazardan qochirmaslik uchun Zelixon Valyani 
raqsga tortdi. 
Zelixon unga yaqinlashdi. Ko‘zlariga ishonmadi — Jamshid! O‘lgan odamni, yana 
murdasi yoqib yuborilgan odamning ovqat yeb o‘tirishini ko‘rib, esi og‘ib qoldi, deb 
bo‘lmas. Ha, boshqa bir odam hayratdan dong qotishi mumkin, badaniga yengil titroq 
yugurishi ham mumkindir. Lekin Zelixonda bunday holat yuz bermaydi, yuz berishi 
mumkin ham emas. Chunki u hayoti davomida bunaqa hodisalarni ko‘p uchratgan. «O‘z 
qo‘lim bilan o‘ldirdim», degani «Bo‘ri» tirik yurganidan keyin, bu Jamshid nima ekan? 
O‘zi-chi? Hozir ovuldagilar uni achinish bilan eslashayotgandir. Kimningdir bo‘laklangan 
gavdasini to‘plab, qabristonga eltishgandir. Ota-onasini, bobosini eslashgandir? «Ota-
onasi, bobosining qabri boshqa yurtlarda qoldi, Xudoga shukr, o‘zi ota yurt tuprog‘iga 
qo‘yildi», deb o‘zlarini ovutishgandir... Hozir shu restoranga Alibek oqsoqol yoki otboqar 
kirib qolsami... 
Zelixon raqsdan to‘xtab, Valyani chetga tortdi. 
— Valyusha, — dedi u, — sen uyga boraver. Men bir tanishimni ko‘rishim kerak. 
Valya unga sinovchan tikildi-da: 
— Birga keldikmi, birga ketamiz, — dedi qat’iy ohangda. 
— Qo‘rqma, qochib ketmayman, — dedi Zelixon hazilomuz tarzda. 
— Qochib qaerga ham borarding, — dedi Valya qoshlarini chimirib. — Tanishingni birga 
ko‘ramiz. 
Zelixon joyiga borib o‘tirdi. U Valyaga so‘zsiz bo‘ysunishi lozimligini bilardi. Valyaning 
atrofida albatta Xongireyning yigitlaridan borligi ham unga ma’lum. Hozir Valyaning 
«tanishingni birga ko‘ramiz», deyishi uning o‘jarligi emas, balki Xongirey ko‘rsatmalariga 
qat’iy amal qilishi edi. Xongirey «bir nafas ham yolg‘iz qoldirma», deganmi, demak, 
yolg‘iz qo‘ymaydi. Suyukli xotinday bo‘yniga osilib yuraveradi. 
— Valya, cholg‘uvchilar tomonga qara, jingalak sochli odam o‘tiribdi. 
Valya Zelixon ko‘rsatgan tomonga diqqat bilan tikildi. 
— Osiyolikmi? Kavkazlikka o‘xshamaydi. 
— Ha, osiyolik. O‘sha odam menga kerak. Nima uchun kerakligini senga uyga borgach 
aytaman. Ungacha sen uni... aylantirib ber. U bilan bu yerda gaplasha olmayman. Sen u 
bilan tanishib Suxumiga taklif qilsang yaxshi bo‘lardi. 
— Nima uchun Suxumiga? 
— Afon g‘origa olib kirish kerak uni. 
— Keyin-chi? 
— Keyin... har ehtimolga qarshi ikkita yigit ham kerak. Agar bu reja ma’qul kelmasa 
uyingga taklif qil. 
— Mumkin emas. 
— Unda Suxumi... Qo‘lingdan kelarmikin? — dedi Zelixon qitmirlik bilan. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish