Markazda ishlov beruvchi dastgohlarning texnologik
imkoniyatlari.
Markazda ishlov beruvchi dastgoh kesuvchi asbobni avtomatik
ravishda almashtirish uchun asboblarning maxsus magazini bilan
qo`shimcha ravishda ta’minlangan, dastur bilan boshqariladigan,
yukori avtomatlashtirilgan dastgoh tushiniladi.
Bu dastgohlarda dastur bilan boshqarish yordamida zagatovka
uchta koordinata o`qi bo`yicha xarakatlanish va buraluvchi stol vertikal
o`qi atrofida zagatovka aylanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Ayrim xollarda markazda ishlov beruvchi dastgoh faqat vertikal o`q
bo`yicha emas, balki gorizontal o`q bo`yicha xam aylanishga ega
bo`lgan globusli stol bilan jixozlanadi. Bu esa murakkab korpusli
toyyorlamalarga xar tomonidan va xar xil burchak ostida bir urnatishda
ishlab berish imkonini beradi. Shpindel ukini berilgan dastur bo`yicha:
gorizantal, vertikal va qiya o`rnatish imkonini beruvchi markazda
ishlab beruvchi dastgohlar konstruksiyasi xam mavjud (zagatovka
chizmasida ko`rsatilgan xar qanday burchak ostida).
Dastgohni boshqarish dasturi shpindelning aylanishlar tezligini,
ishchi surish va bo`sh xarakatlar tezligini kerakli o`zgartirishni
taminlaydi, xamda moylovchi - sovutuvchi suyuklikni uzatishni va
dastgohning boshqa uskunalarini yoqish va o`chirishni xam taminlaydi.
Dastgohlarda
xarakatlanadigan
organlarini
talab
qilingan
koordinatalarga yaqinlashganda tez xarakatni sekin xarakatga
o`tkazishni avtomatik ravishda boshqarish mavjud bo`ladi. Ishlov
berishning standart sikllarini va dastgoh turli funksiyali ishlashini
avtomatik bajarish xam qo`llanadi. Ko`pgina markazda ishlov beruvchi
dastgohlarda
zagatovkani
o`rnatish
va
maxkamlash
qo`lda
bajariladigan ishning yagona turidir.
Kesuvchi asbob revolverli kallakka yoki xajmli asboblarning
maxsus magaziniga joylashtiriladi, bu topshirilgan dastur bo`yicha
dastgoh shpindeliga xoxlagan asbobni, zagatovkaning tegishli sirtiga
ishlov berish uchun talab qilinganini avtomatik ravishda o`rnatish
imkonini beradi. Asbobni dastgohda bunday almashtirish 2-6 s da
amalga oshiriladi. Ayrim markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda ishchi
shpindeldagi asbobni almashtirish o`rniga asbob joylashtirilgan
shpindelning o`zi almashtiriladi.
Markazda ishlov beruvchi dastgohlarda kesib ishlov berishning
deyarli barcha jarayonlari: parmalash, zenkerlash, razvyortkalash,
yo`nish, rezba kesish, xamda tekisliklarni va murakkab konturlarni
frezalash amalga oshiriladi. Dastgohning barcha xarakatlarini uzluksiz
dastur bilan boshqarish va ko`p sonli kesuvchi asboblarni avtomatik
ravishda almashtirish markazda ishlov beruvchi dastgohlarning ayrim
modellarida ishlov beriladigan maxsulotga nisbatan kesuvchi
asbobning 500000 gacha turli xolatini egallashini taminlaydi. Bu eng
murakkab korpus zagatovkalariga bir o`rnatishda, zagatovka
o`rnatiladigan va maxkamlanadigan bazaviy sirtidan tashqari, turli
tomonlariga ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Buning
barchasi ishlov beriladigan sirtlarning o`zaro joylashishiningeng
yuqori aniqlikda bo`lishiga olib keladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda qo`laniladigan ko`p shpindenli
dastgox - avtomatlar va avtomatik liniyalardan farqli ularoq markazda
ishlov beruvchi dastgoxlarda mexnat unumdorligi tenologik o`tishlarni
qo`shib bajarish va ko`pgina sirtlarga parallel ko`p asbobli ishlov
berish xisobiga emas, balki yordamchi va tayyorlab yakunlash vaqt
sarfini keskin kamaytirish va kesish rejimini jadallashtirish xisobiga
oshiriladi. Ma’lumki seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish
sharoitlarida an’anaviy dastgohlarda mashina vaqti 20-30% dan
oshmaydi.
Dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda mashina vaqti 50-60%
gacha ortadi, markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda esa u 80-90%
gacha etadi. Dastgohni sozlash jarayonida bo`sh turib qolishi o`rtacha
80% ga qisqaradi. Markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda
zagatovkalarga ishlov berishda kesish tezligini 20-100% ga oshirish
mumkin. Ularda olingan tayyormalarning stabil o`lchamlari nazorat
operatsiyalar xajmini 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi.
Ishlov beriladigan tayorlamalarni almashtirish davri yo`ldosh -
moslamaga
almashtiriluvchi
dastgoxdan
tashqarida
avvaldan
o`rnatilish xisobiga markazda ishlov beruvchi daastgoxlarda keskin
kamayadi. Tayorlama o`rnatilgan palet ko`pincha avtomatik ravishda
almashtiriladi, bu esa dastgohning bo`sh qolishini minimumga
kamaytiradi. Buning barchasining natijasida markazda ishlov beruvchi
dastgoxda detal tayorlashni univelsal dastgohda ishlov berishga
nisbatan ishlov berish unumdorligini 4-10 marta oshiradi va bitta
markazda ishlov beruvchi dastgox to`rta - beshta va undan xam ko`proq
an’anaviy konstruksiyadagi dastgoxlarni o`rnini bosishi mumkin.
Markazda ishlov beruvch dastgohlarning boshqa avtomatik
dastgohlar oldida eng asosiy ustunligi markazda ishlov beruvchi
dastgohlarni sozlashning soddaligi, ularni boshqa kanstruksiyali
tayorlamaning ishlab chiqishga qayta sozlashning soddaligi va
murakkab va qimmatbaxo texnologik osnastkalarni (shablon, andoza,
maxsus moslamalar va boshqalar) yaratishga zaruryatning yo`ligi
xisoblanadi. Bu mayda, seryali va yakka tartibda ishlab chiqarish
sharoitlarida markazda ishlab beruvchi dastgoxlarni qo`llanishini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |