10.
Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun
olingan detalga ishlov berish orqali) o‘tkazish.
Bosqichlarni mazmuniga asosan to‘liq ko‘rib chiqamiz.
Tannarxni yuqoriligi, detallardagi egri chiziqlarni va shakldor
yuzalarning mavjudligi, ularning shaklini murakkabligi boshqaruvchi
dasturlarni tayyorlashni murakkabligi hisobiga bunday detallar,
universal dastgohlarga nisbatan olinganda, RDB dastgohlarda ishlov
berish maqsadga muvofiq, ya’ni detalning shakli qancha murakkab
bo‘lsa, qoplash davri shuncha kam bo‘ladi. Bu borada zagotovkani
dastgohga o‘rnatish qulay bo‘lishi va bu o‘rnatishda uning bir necha
tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur.
Odatda, RDB dastgohlarda ishlov berish xolatini kamaytirish
uchun bunday yuzalarni oldindan boshqa, universal dastgohda ishlov
berilib, zagotovkani shu ishlov berilgan (
toza
) yuzasi bilan RDB
dastgohiga o‘rnatish qulay va lozim. Detallarga ishlov berishni RDB
dastgohiga o‘tkazish natijasida, universal dastgohlar uchun tuzilgan
texnologik operatsiyalar soni
3-4
va undan ortiq operatsiyalarga
qisqartirilgan bo‘lish kerak. RDB dastgohining aniqligi detal
chizmalarini aniqligiga mos kelishi, ishlov berishda bajariladigan
ishning hajmi,
0,1
soatni tashkil etishi ko‘p dastgohdan foydalanish
imkonini yaratadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan
partiyadagi detallarning soni
30-80
donani tashkil etib ularning bir
yildagi qaytarilishi
8-10
marta bo‘lishi iqtisodchilar tomonidan
hisoblanib qulayligi isbot qilingan.
Detallarning chizmalarini texnologik nazoratdan o‘tkazib, uning
alohida elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan RDB dasturiga kiritish va
uni avtomatik ravishda ishlov berishga moslash uchun quyidagi
o‘zgartirishlar kiritish mumkin:
Tokarlik ishlov berish uchun dumaloq bo‘rtiq (
galtel
) va L×45˚
faska bilan almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga
o‘xshashlar bir ko‘rinishga olib kelinadi;
Parmalash, texnik yo‘nish va frezerlashda (texnik diametri va
chuqurligi, aylanmalar radiusi va ularning konturlarini biriktirish
va sh.o‘.) ishlov beriladigan o‘lchamlar bir ko‘rinishga keltiriladi:
Yo‘niluvchi teshiklarda ariqchalar, ichki toreslarga ishlov berish,
M6
va undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga
to‘g‘ri kelmaydi.
RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan
o‘lchamning aniqligini, kesishlar ma’romini va dastgohlarni tanlashda
hisobga olinadi. Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal
konturi bo‘ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash
asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida
olingan kadrlarga - qayta ulashni (qayta ishga solish) boshqalarini
buyrug‘i, keskichni elementar siljishi, uni almashtirish va sh.k. birin-
ketin imkonga qarab joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan.
Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish harakatga mos keluvchi impulslar
orqali tasvirlanadi. Boshqaruvchi buyruqlarning hamma kadrlar RDB
dastgohini texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Boshqarish dasturiga, dasturchi tomonidan, elektron qurilmani
(
Do'stlaringiz bilan baham: