Lecture №8.
CNC machines.
8-MA’RUZA
MAVZU:
TEXNOLOGIK JIXOZLARNI DASTUR
YORDAMIDA BOSHQARISH.
REJA:
8.1. Dastgohlarni dastur bilan boshqarish tizimlari.
8.2. Kulachokli va kommando apparatli tizimlar.
8.3. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi.
8.4. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning texnologik
imkoniyatlari.
8.5. Raqamli dastur bilan boshqariluvchi (RDB) dastgohlarda
zagotovkalarga ishlov berishni loyihalash.
8.6. Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlarning xususiyatlari.
8.7. Ko‘p operatsiyali RDB dastgohlarni asosiy ko‘rinishlari.
8.1. DASTGOHLARNI DASTUR BILAN BOSHQARISH
TIZIMLARI.
Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar.
Sanoatda programma (dastur) yordamida boshqariladigan
dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan
va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan
ishni bajarishni ta’minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida
berilgan programma bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini
programma yordamida boshqarish deyiladi.
Programma chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya’ni
sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar
va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat.
Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni
dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga
o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.
Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda
berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan
komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.
Sonli
programma
yordamida
boshqarish
sistemasi
bu
komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Programmalarni
yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq
sistemalaridan iborat.
Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta,
perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.
Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan
dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:
odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;
mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq
ta’minlanadi;
jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida
boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;
sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat
liniyalar tuzish oson.
Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i
uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning
malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat
ortadi, brak miqdori kamayadi.
Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan
avtomatik liniyalarni EXM.ga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan
programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash
zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining
ishini o‘zgartiradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi
murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan
dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi,
jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish
lozimligini e’tiborga olish zarur.