MAKTABGACHA TA'LIM TUMAN (SHAHAR)
BO'LIMLARINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar] bo'Iimlari-
ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali
bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar
bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil
etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha ta'lim
sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya
qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
o'quv-metodik
faoliyatni
muvofiqlashtirish va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni
reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilab-
quwatlash va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni
maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiri-
ladigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini
moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti
yuritilishini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga
yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning
rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respub
likasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va
Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
614
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning
sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik
qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro
hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilab-
quwatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil
shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiri-
ladigan maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliya-
lashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni
tashkil etadi;
maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
davlat talablari
bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik
ta'minlashni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va
inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va
muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga
tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-
xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: