borib, endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi
bo'g'inlariningish faoliyati, mazmuni, uning vazifalari o'zgacha
qiyofa kasb etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi,
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirli
gi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman
Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqa-
rishning vakolatli organlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muasssasalarini boshqarish xalq
deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq kengashining vazifasiga
kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
kengashi a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim muassasalari
tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U maktabgacha ta'lim
muassasasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
yangi muassasalarni qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar
tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar
bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy
tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alohida olingan maktabgacha ta'lim muassasasining
ishidagi kollegional, demokratik usullarga yordam berish va
qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik
asosida ish olib boradi va kengashida ko'riladi.
Kengash homiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va
manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-onalar jamoatchiligidan,
maktab
vakiilaridan,
maktabgacha
ta'lim
muassasasi
xodimlaridan tibbiy yordam xizmatchilaridan, mahalla
qo'mitasi vakiilaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat
mablag'idan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi
maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli
boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish,
tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik
qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini
612
aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari
maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha
ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik-
dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki
mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni
ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) muassasalar
tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat
rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash,
pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok
etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va
o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash,
uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash,
bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab
chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari
va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha
ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot
masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi
tomonidan tushadigan ariza, xatva shikoyatlarni ko'rib chiqish
vakolatiga ega.
Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish,
pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar
xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar,
tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani
yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish,
maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik
davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari
rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan
boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha
ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga
bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va
o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik
o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: